Olma –Malus. Shox - shabbasi ancha qalin bo’lib o’sadigan, bo’yi 3-12 m ga etadigan daraxt. Ildizlari yerga chuqur kirib borgan. Tanasining po’stloqi qo’n’g’irroq tusda, goho yoriqlari bo’ladi. Barglari navbatma - navbat joylashgan, bandli, tuxumsimon shaklda. Gullari oq yoki sal pushtiroq, mevasi yupqa po’st bilan qoplangan, soxta meva (olma) naviga qarab, katta - kichikligi va rangi - tusi har- xil bo’ladi. *♀♂Са(5)Со5А~G(5)
Behi -Cydonia. O’rta Osiyoning hamma hudlarida o’stiriladi. 1,5 - 2 m dan ham balandroq bo’lib o’sadigan daraxt barglari navbat bilan joylashgan. Gullari yakka - yakka, gul bandlari kalta, gul barglari och pushti rangda. Mevasi uzunchoq, ba'zan dumaloq, sariq yoki to’q sariq rangda.
Do’lana –Crataegus. Bo’yi 10 m gacha o’sadigan daraxt yoki buta o’simlik. Barglari oddiy o’yilgan, poyaga ketma - ket joylashgan. To’pguli shoda, mevalari har qaysi turining o’ziga xos to’q qizil, sariq, qoramtir-qizil bo’ladi. O’zbekistonda bir necha turlari bor. Sovuqqa chidamli.
Do'stlaringiz bilan baham: |