1 mashqulot. Oziq-ovqat o’simliklarining asosiy turkum va turlari bilan tanishish, ularning umumiy ko’rinishini chizish. Kerakli jihozlar


Download 98.25 Kb.
bet5/7
Sana25.11.2021
Hajmi98.25 Kb.
#177311
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 amaliy mashg'ulot

Gilos –Cerasus. Daraxt va buta o’simlik. Gullari soyabonsimon to’pgullarga yig’ilgan. Mevasi danakli, shirador va nordon. 50 dan ortiq turi mavjud. O’zbekistonda 10 ga yaqin turi mavjud.

Turkum. Cydonia- Behi

Tur. Cydonia oblonga Mill. - Cho’zinchoq behi

Bo’yi 1,5-6 m gacha etadigan daraxt. Tanasi qoramtir-kulrang po’stloqli, sershox. Kesib turilmasa, ildizpoyasidan ko’plab bachki novdalar chiqarib ko’payib ketadi. Dastlab ular ko’z ilhamas mayda tukli bo’ladi, ammo, keyinchalik ular to’kilib ketib, yalanqoch qoladi. Barglari tuxumsimon yoki cho’zik, tuxumsimon, pastki tomoni sertuk, kulrang, usti to’q yashil, qisqa bandi bilan poya va shoxlarida ketma-ket joylashgan. Gullari och pushti, besh bo’lakli, yakka, yirik, gulkosachasi mevasi uchida saqlanib qoladi. Mevasi har xil shaklda, katta-kichikligi ham har xil. Sariq, to’q sariq, ba'zan qizqish. Beshta uyachasida urug’i joylashgan. Behi, suvsiz, shirin burishtiruvchi ta'mga ega bo’lib, qidi yog’imli.

Aprel oyida gullab, oktyabr - noyabrda mevasi pishib etiladi.

Behi O’rta Osiyo, Kavkaz, Krim va boshqa yerlarda mevali daraxt sifatida o’stiriladi. hozirgi vaqtda uning bir qator yangidan-yangi navlari etishtirilib behizorlar tashkil qilingan. Masalan, behi mevasi xalq tabobatida turli kasalliklarni davolash uchun qadimdan ishlatib kelinadi. Behi mevasining damlama va qaynatmasini Abu Ali ibn Sino ich ketish, qon aralash ich ketish kasalliklarini davolashda ishlatgan. Ishtaha ochuvchi, burushtiruvchi va siydik haydovchi dori sifatida ichishga bergan. Meva shirasi bilan qon tupurish, astma va boshqa kasalliklarni, urug’ qaynatmasi bilan o’pka va yuqori nafas yo’llari kasalliklarini davolagan.

Behi mevasi qaynatmasi hamda dimlab pishirilgan beqi jigar, qon tupurish, yo’tal va boshqa ko’krak kasalliklarini davolash, ovqat hazmini yaxshilash, qusish va kon oqishini to’xtatish uchun ishlatiladi. Shu bilan birga undan yana siydik haydovchi va burushtiruvchi vosita sifatida, urug’ qaynatmasidan esa qon tupurish va bachadondan qon oqishini to’xtatish maqsadida foydalaniladi Oziq-ovqat sanoatida behi mevasidan murabbo, kompot va konservalar tayyorlanadi.

Urug’i tarkibida ,20% gacha shilliq modda, 0,58% amigdalin glikozidi, 8,15 % yor va boshqa birikmalar bor. Etilgan mevasi tarkibida 10% gacha kandlar (6,2 % fruktoza), 5% atrofida pektin va 0,6 % oshlovchi moddalar, 3 % dan ortiqroq organik (olma, vino va limon) kislotalar, efir moyi, 10-20 mg % vitamin S, temir, mis tuzlari va boshqa birikmalar bo’ladi.

Urug’ining qaynatmasi o’rab oluvchi vosita sifatida me'da va ichak devorlari ta'sirlanishini kamaytirish hamda dori moddalarning so’rilishini (shimilishini) cho’zishda qo’llaniladi. Bundan tashqari, qabziyatda surgi, nafas yo’llari kasalliklarida (ayniqsa.bolalar kasallanganda) ko’krakni yumshatuvchi va balham ko’chiruvchi dori sifatida ishlatiladi.


Download 98.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling