1. Mashtabli chizig'ich Krontsirkul, Nutrometr
MEXANIKA-MASHINASOZLIK FAKULTETI 35-20_TVM guruh talabasi Dehqonov Istiqbolning Materialshunoslik fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi
Mavzu:Kontrol o’lchov asboblari va ularni turlari.
Reja :
1.Mashtabli chizig'ich
2.Krontsirkul, Nutrometr
3.Shtangensirkul
4. Mikrometr
O’lchash vositalarining turiga qarab, olchash usullari ikki xil boladi. Absolyut olchash usullari va nisbiy olchash usullari.
Quyida ayrim universal olchash asboblari ustida toxtab otamiz.
Masshtabli chizgich. Detallarning togri chiziqli olchamlarini, ikki teshik orasidagi masofa va boshqa uzunliklarni olchash uchun ishlatiladi (1- shakl).
Masshtabli chizgich.
Masshtabli chizgich chiziqlar bilan millimetrlarga bolingan boladi. Ba’zan bu chizgichning dyuymli shkalasi ham boladi. Masshtabli chizgich bilan 0,5 mm gacha aniqlik bilan olchash mumkin. Sanoatda bu chizgichning uzunligi 150, 300, 500 va 1000 mm qilib ishlab chiqariladi. Masshtabli chizgichlar polatdan tayyerlanadi. Shuning uchun u polat chizgichdeb ham ataladi.
Krontsirkul va nutromerlar. Bu olchash asboblari detallarning togri chiziqli olchamlari, tashqi va ichki diametri va boshqa olchamlarini olish uchun ishlatiladi.
Krontsirkul bilan detallarning tashqi olchamlari, nutromer bilan esa ichki olchamlari olchanadi. Krontsirkul va nutromer bitta oqda biriktirilgan ikkita oyoqchadan iborat bolib, polatdan yasaladi. Detal olchangandan keyin uning olchamini hisoblash uchun krontsirkul yoki nutromerning bir oyogi masshtab chizgichining chetiga tiralib qoyiladi. Krontsirkul va nutromer bilan 0,5 mm gacha aniqlikda olchash mumkin.
Shtangentsirkul. Shtangentsirkul detallarning tashqi va ichki togri chiziqli olchamlarini, diametrlarini chuqurliklarini olchash uchun ishlatiladi. Sanoatda shtangentsirkullar G 16551 ga muvofiq olchash aniqligi 0, 0,05 va 0,02 mm gacha qilib ishlab chiqariladi. Shtangentsirkul.
0,1 mm gacha aniqlik bilan olchash mumkin bolgan shtangentsirkul korsatilgan. Bu shtangentsirkulda bolinmalarga bolingan shtanga 3 ramka 1 ning ichiga joylashtirilgan. Ramka shtangada erkin yurishi mumkin va xohlagan vaziyatda mahkamlovchi vint 2 bilan mahkamlab qoyiladi. Shtanganing orqa tomonidan ariqcha bilan ichiga detallarning chuqurligini olchaydigan chuqurlik olchash chizgich 4, 5 joylashtirilgan.
Shtanga bilan ramkaning chap tomonida ikkitadan yuqorigi va pastki jaglar qilingan: yuqorigi jaglar detalning ichki olchamlari, pastki jaglar bilan tashqi olchamlarini olchashga moljallangan.
Shtangentsirkul bilan olingan olchamning butun sonlari shtanga bolinmalariga qarab hisoblanadi. Olchamdagi millimetr hissalarini hisoblash uchun nonius 4 xizmat qiladi. Nonius ramkada joylashgan bolib, teng qismlarga bolingan shkaladan iborat.
Shtangentsirkullarda olchash aniqligi asosan noniusga borlik va shkala olchov birligining noniusi bolinish soniga nisbatan 1 : p bilan aniqlanadi. Shtanga shkalasining olchov birligi shtangentsirkullarning hamma konstruksiyalarida 1 mm ga teng, noniusdagi bolinmalar qiymati esa turlicha boladi. Masalan, 6.3- rasmdagi shtangentsirkulning noniusida 10 bolinma bor. Demak, olchash aniqligi 1 : 10, ya’ni 0,1 mm boladi. Noniusning (6.4-rasm) uzunligi 19 mm ga teng bolib, 10 ta teng qismga bolingan. Demak, noniusning har bir bolimi 1,90 mm ga teng, ya’ni shtanganing ikki millimetrli bolinmasidan 0,1 mm ga kichik shtangentsirkul jaglari bir-biriga zich tegib turganda noniusning nol bolinmasi bilan shtanganing O bolinmasi, noniusning oxirgi bolinmasi bilan shtanganing 19-bolinmasi bir-biriga togri keladi va noniusning qolgan bolinmalari bu shaklda shtanganing hech bir bolinmasiga togri kelmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |