Mikrometr. Mikrometr bilan detallarning togri chiziqli sirtlari va tashqi diametrlarini 0,01 mm gacha aniqlik bilan olchash mumkin.
Mikrometr.
Mikrometr (6.6-rasm) tovon 1 ga joylashgan skoba 8, shkalali tana 4, baraban 5, baraban kallagi 6, mikrometrik vintli shpindel 2, shaqildoq, 7 va mahkamlovchi halqa 3 dan tuzilgan.
Mikrometrning tanasi trubka shaklida yasalgan bolib, sirtqi yuzasiga oq boylab chiziq, chizilgan. Bu chiziqning pastki va ustki tomoni shtrixlar bilan millimetrlarga bolingan. Ustki shtrixlar pastki shtrixlar orasini teng ikki bolakka boladi. Tananing pastki shtrixlaridan millimetrlar, ustki shtrixlaridan esa yarim millimetrlar hisoblab olinadi.
Millimetrning yuzdan bir hissalarini hisoblash uchun noniusdan foidalaniladi. Nonius barabanning konus qismi bolib, teng 50 bolakka bolingan. Bolish intervali barabanning konus qismining diametriga bog‘liq. Mikrometrning barabani bir vaqtda ikki xil harakat, ya’ni oz oqi boyicha aylanma va ilgarilama harakat qiladi. Baraban bir marta tola aylanganda oq boylab 0,5 mm ga suriladi.
Demak, baraban noniusning bir bolinmasiga burilganda 0,5 mm ning 1 : 50 qismiga yoki 0,01 mm ga suriladi. Bu miqdor mikrometrning olchash aniqligini bildiradi.
Detalning olchamlarini olchash oldidan mikrometrik tekshirib korish zarur. Buning uchun shpindel tovonga taqaladi. Bunda noniusning nolinchi shtrixi bilan tana shkalasining nolinchi shtrixi bir-biriga togri kelishi kerak. Agar togri kelmasa, bu hol mikrometrning aniq emasligini korsatadi. Detallarni bunday mikrometrlar bilan olchashda olingan olchamga ma’lum tuzatish kiritiladi.
Mikrometrlar quyidagicha ishlatiladi. Mikrometr bilan detalning biror olchamini olchash uchun detal tovon bilan shpindel orasiga qo‘yilib, shpindel detalga yaqinlashguncha baraban bilan buriladi. Songra baraban bilan detalni ortiqcha qisib yubormaslik uchun shaqildoqdan foydalanamiz. Buning uchun shaqildoqning qalpog‘ini aylantirib, detal tovon bilan shpindel orasiga qisiladi. Detal keragicha qisilgandan keyin shaqildoq shpindelni aylantirishdan toxtaydi va qalpoq, ozi aylanib qarsillagan ovoz chiqaradi. Mikrometr shpindelini shu vaziyatda saqlab qolish uchun mahkamlovchi halqa ishlatiladi.
Mikrometrning korsatishlari quyidagicha hisoblanadi. Butun va yarim millimetrlar mikrometrlar tanasidagi bolinmalarga qarab hisoblanadi. Millimetrning yuzdan bir hissalarini hisoblash uchun tanadagi chiziqda noniusning qaysi bir bolinmasi togri kelganligi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |