Mikrometrda olchamni aniqlash.
Olchash natijalarini hisoblab chiqarish misolini korib chiqaylik. Noniusli baraban mikrometr tanasidagi 15 mm dan biroz utgan va noniusning 37-bolinmasi (6.7-rasm) tanadagi chiziq togrisida turibdi, deb faraz qilaylik. Demak, olcham 15,37 mm boladi.
Mikrometrlar sanoatda GOST 6507 60 boyicha 025 mm dan 500600 gacha olchash chegarasi bilan ishlab chiqariladi. Mikrometrlarda GOST 6507-60 boyicha olchash chegarasiga qarab 0,004 mm dan 0,01 mm gacha xatolikka yol qoyiladi. Ayrim hollarda mikrometrlardan tekshirish skobalari sifatida ham foydalaniladi. Mikrometrik nutromer. Mikrometrik nutromer detallarning ichki olchamlari va teshiklarning diametrlarini olchash va tekshirish uchun ishlatiladi.
Mikrometrik nutromer.
Mikrometrik nutromer (6.8-rasm) olchaydigan uchlik 1, gilza 2, tana 3, baraban 5, mahkamlaydigan vint 4, mikrometrik vint 7 va mahkamlaydigan gayka 6 lardan iborat. Tananing tashqi oqi boylab chiziq chizilgan bolib, unga tik bolgan yuqori va pastki tomonida shtrixlar bor. Bu shtrixlar yordami bilan bir va yarim millimetrlar aniqlanadi. Olchamning yuzdan bir hissalari barabandagi noniusdan hisoblab olinadi. Mikrometrik nutromer noniusi mikrometr noniusining tuzilish prinsipiga asoslangan. Mikrometrik nutromerlar sanoatda GOST 1058 ga muvofiq 5075 dan 4 00010.000 mm gacha olchash imkoniyati beradigan qilib ishlab chiqariladi.
Olchash uchun asosiy kallak uzunligi yetarli bolmasa, bunday hollarda uzaytirgichlar ishlatiladi. Bu uzaytirgichlar nabor bilan ishlab chiqariladi va mikrometrik nutromerning olchash chegarasini kengaytiradi.
Mikrometrik glubinomer (chuqurlik olchagich). Mikrometrik glubinomer (6.9-rasm) bilan detallarning ichki qismlaridagi chuqurliklari, teshiklari va boshqa elementlarining olchamlari olinadi. Bu asbsbning tuzilishi va ishlash prinsipi xamda olingan olchamlarni hisoblash mikrometrdan hech qanday farq qilmaydi.
Mikrometrik glubinomer poperechina 5, baraban 3, tana 4, baraban kallagi 2, olchash sterjeni 6 va shaqildoq 1 dan tuzilgan.
Mikrometrik glubinomer bilan detalning olchamini olish uchun uning poperechinasining olchash tekisligi detalga taqalib turishi kerak. Mikrometrik glubinomer sanoatda GOST 7470-58 ga muvofiq 0 dan 100 mm gacha olchash chegarasik bilan ishlab chiqariladi.
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |