Materiallarni kirim qilish va ularning hisobi
Korxonaga tegishli bo’lgan xom-ashyo, materiallar, yoqilg’i, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, konstruktsiyalar, detallar, idishbob materiallar, inventarlar, xo’jalik jihozlari va sh.k. qiymatliklarning mavjudligi va harakati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
1010 "Xom-ashyo va materiallar";
1020 "Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar";
1030 "Yoqilg’ilar";
1040 "Ehtiyot qismlar";
1050 "Qurilish materiallari";
1060 "Idish va idishbob materiallar";
1070 "Schyotga qayta ishlash uchun berilgan materiallar";
1080 "Inventar va xo’jalik jihozlari";
1090 "Boshqa materiallar".
72-jadval
Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni hisobga oluvchi schyotlarning bog’lanishi
№
|
Xo’jalik muomalalarining mazmuni
|
Schyotlarning bog’lanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Tovar moddiy qiymatliklarini tayyorlash va yetkazib berish jarayonida yordamchi ishlab chiqarish tomonidan ko’rsatilgan xizmatlarning hisobdan chiqarilishi
|
1510
|
2310
|
2
|
Mol yetkazib beruvchilardan materiallar olindi
|
1510
|
6010
|
3
|
Mol yetkazib beruvchilarga materiallarning kamomad summasi bo’yicha da’vo bildirildi
|
4860
|
1510
|
4
|
Materiallarni xarid qilishdagi turli tashkilotlarning xizmatlari summasi
|
1510
|
6990
|
5
|
Omborga kelib tushgan moddiy qiymatliklarning kirim qilinishi
|
1010-1090, 2910-2990
|
1510
|
6
|
O’stirishga va boquvga kelib tushgan hayvonlarning kirim qilinishi
|
1110, 1120
|
1510
|
7
|
Farq summasining hisobdan chiqarilishi:
a) kelib tushgan moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi hisob bahosidan past bo’lganda;
b) kelib tushgan moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi hisob baholaridan yuqori bo’lganda;
|
1510
1610
|
1610
1510
|
Do'stlaringiz bilan baham: |