1. Materiallarni boshqarish jarayoni. Materiallarni xarid qilish, saqlash va ishlab chiqarishga berish


Download 222.74 Kb.
bet7/14
Sana17.06.2023
Hajmi222.74 Kb.
#1546149
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
9-mavzu. Moddiy, mehnat haqi va ustama xarajatlari hisobi (1)

Ish haqi ikki turga bo’linadi.


29-chizma. Ish haqi turlari


6. Ish haqini to’lashga xarajatlarni tahlil qilish
74-jadval
Sutni qayta ishlash korxonasining 2019 yil uchun umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash (taqsimlash bazasi-asosiy ishlab
chiqarish xodimlarining ish haqi xarajatlari)



Mahsulot turlari

Asosiy ishlab chiqarish 
xodimlarining mehnat haqi 
xarajatlari


Umumishlab 
chiqarish xarajatlari, 
ming so’mda



ming so’mda

% da

1

2

3

4

Sariyog’, kiloli

13786

28,0

129982

Brinza, yog’li

7059

14,0

64914

Pishloq "Turist"

23441

47,0

170612

Sut, 2,5%

2180

5,0

20953

Qatiq

3201

6,0

29748

Jami:

49667

100

416209

Ushbu jadvaldan kelib chiqib, bilvosita xarajatlar taqsimotining asosi sifatida quyidagilardan foydalanish mumkin:


— asosiy ishlab chiqarish xodimlarining mehnat haqi xarajatlari;
— mehnatning me’yoriy bevosita xarajatlari;
— korxonadagi muayyan texnologik jarayonda qatnashuvchi xodimlar soni.


7. Mehnatga haq to’lash shakllari
Mehnatga haq tulashning shakllari quyidagi jadvalda keltirilgan (75-jadval).
75-jadval



Ish haqi to’lash shakllari

Ishbay

Vaqtbay

Oddiy ishbay
Ishbay-mukofot
Ishbay-progressiv
Bilvosita ishbay
Akkord

Oddiy vaqtbay
Vaqtbay-mukofot

Mehnatga haq to’lashning ishbay shaklida ish haqi haqiqatda bajarilgan ishga amaldagi narxlar asosida ish birligi uchun hisoblanadi.
Oddiy ishbay shaklida ishlab chiqarilgan mahsulot sonini ishbay narxiga ko’paytirish yo’li bilan ish haqi miqdori aniqlanadi.
Ishbay-mukofot shaklida bevosita ishbay narxlar bo’yicha ish haqidan tashqari ma’lum ishlab chiqarish yutuqlariga erishilganligi uchun haq oladi. Masalan, ish sifatining yaxshiligi, moddiy boyliklar tejalgani va hokazolar.
Ishbay-progressiv(ilg’or) shaklida ishchilar mehnatiga belgilangan boshlang’ich me’yor doirasida bevosita ishbay narxlar bo’yicha, bu me’yordan ortiqchasiga esa oshirilgan narx bo’yicha haq to’lanadi. Ishbay narxlar oshishi har bir holda maxsus shkala bo’yicha aniklanadi.
Bilvosita ishbay shakli ishbay narxlari bo’yicha belgilanib, xizmat ko’rsatayotgan uchastkadagi o’rtacha ish me’yorining bajarilish foiziga ko’paytirilishi mumkin.
Akkord shakli butun ish hajmi uchun ish haqi miqdorini belgilaydi hamda akkord topshiriqlarni bajarish muddatlarini qisqartirganlik uchun mukofotlapshi o’z ichiga oladi. Bunda ishlarning umumiy qiymati vaqt me’yorlari va narx asosida aniqlanadi. Ishbay akkord shakli asosan mavsumiy ishlarni hamda ayrim buyurtmalarni bajarishda qo’llaniladi. Ish haqining vaqtbay shaklida xodimning malakasiga va ishlagan vaqtiga qarab haq to’lanadi.
Oddiy vaqtbay shaklida xodimlar ishlagan vaqtiga qarab belgilangan maosh asosida haq olishadi.
Vaqtbay-mukofot shaklida tarif stavkalari bo’yicha ish haqidan tashqari muayyan miqdor va sifat ko’rsatkichlariga erishganlik uchun qo’shimcha ravishda mukfot to’lanadi. Korxona va tashkilotlarda xodimlarga ish haqidan tashqari turli xil pul to’lovlari va rag’batlantirish to’lovlari ham beriladi. Ularga quyidagilar kiradi:
-yillik ish yakunlari bo’yicha rag’batlantirish;
-muhim ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarganlik uchun rag’batlantirish;
- korxonalarning o’qishga yuborilgan talabalarga beradigan stipendiyaalari;
-davolanish uchun beriladigan yo’llanmalar qiymati;
-mehnat jamoasi a’zolariga aksiyalar uchun to’lanadigan dividendlar va boshqalar.


T-1 shakli. Ishga qabul qilish haqida buyruq.
T-2 shakli. Shaxsiy varaqa.
T-5 shakli. Boshqa ishga o’tkazish haqida buyruq.
T-6 shakli. Ta’til berish haqida qayd.
T-8 shakli. Mehnat shartnomasini bekor qilish haqida buyruq.
Ish vaqtini hisobga olish uchun T-12 shaklidagi maxsus tabeldan foydalaniladi.
Mehnatga haq to’lashning ishbay shaklida ish haqi hisoblash uchun tabel ma’lumotlari yetarli emas. Buning uchun quyidagi birlamchi hujjatlardai foydalaniladi:
-ishbay ishlash uchun naryadlar;
-raportlar;
-marshrut varaqalari;
-qaydnomalar;
-bichish kartalari va hokazo.



Download 222.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling