1. Materiallarni boshqarish jarayoni. Materiallarni xarid qilish, saqlash va ishlab chiqarishga berish


Ustama xarajatlarni taqsimlash zarurati


Download 222.74 Kb.
bet8/14
Sana17.06.2023
Hajmi222.74 Kb.
#1546149
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
9-mavzu. Moddiy, mehnat haqi va ustama xarajatlari hisobi (1)

8. Ustama xarajatlarni taqsimlash zarurati
Boshqaruv hisobining muhim vazifalaridan biri — bu korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) birligining ishlab chiqarish tannarxini aniqlash hisoblanadi.
Aynan ishlab chiqarilayotgan (ko’rsatilayotgan xizmat yoki bajarilayotgan ish) mahsulot birligi tannarxi boshqaruv qarorlarini qabul qilishda asos bo’lib xizmat qiladi. Xususan, shu mahsulotning bahosini belgilash, baho bilan tannarxni solishtirib ko’rib, foyda miqdorini aniqlash, rentabellik darajasini hisoblash va hokazo. Buning uchun boshqaruv hisobi quyidaga vazifalarni ham bajarishi lozim bo’ladi:
- tegishli xarajat moddalari bo’yicha sodir etilayotgan xarajatlarni o’z vaqtida va to’g’ri aks etgirish;
-mavjud resurslardan samarali foydalanish, ularning tegishli me’yor, me’yor ko’rsatkichlari va smetalarga mos kelishi borasidagi axborotlar bazasini shakllantirish;
- xarajatlarni kamaytirish, ioishlab chiqarish xarajat­lari va turli xil yo’qotishlarni kamaytirish borasida asosli takliflarni tayyorlash va sh.k.
Moliyaviy hisobni yuritishda hisobot tuzish uchun sotilgan mahsulot tannarxining umumiy hajmi va omborda mavjud bo’lgan tayyor mahsulotning umumiy qoldiq qiymati haqidagi ma’lumotga ega bo’lish zarur. Boshqaruv hisobida mahsulot birligining ishlab chiqarish tannarxiga ko’proq urg’u beriladi. Korxotining muvaffaqiyatli tannarxini shakllanishi bilan bog’liq ma’lumotlar bir qancha sabablarga ko’ra bog’liq:
- ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar, mahsulotning sotuv bahosini o’rnatish, foydani hisoblash va rentabellik ko’rsatkichlarini aniqlash uchun asos hisoblanadi;
- mahsulot tannarxi borasidagi ma’lumot ishlab chiqarishni boshqarish va istiqbolni belgilashda asos bo’lib xizmat qiladi;
-boshqaruvning juda ko’p miqdordagi joriy vazifalarini hal qilishda foydalaniladi.
Ushbu mavzu doirasida mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlarni taqsimlash tizimining boshqaruv hisobini tashkil qilish va yuritish uchun juda samarali bo’lgan ikki asosiy turi mohiyana yoritiladi:
1. Mahsulot tannarxini hisoblashning buyurtma usuli;

Download 222.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling