1. Materiallarni boshqarish jarayoni. Materiallarni xarid qilish, saqlash va ishlab chiqarishga berish


Download 222.74 Kb.
bet12/14
Sana17.06.2023
Hajmi222.74 Kb.
#1546149
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
9-mavzu. Moddiy, mehnat haqi va ustama xarajatlari hisobi (1)

Ishlab chiqarish tannarxi
MBT = ----------------------------------------------
Tayyor mahsulot soni


10. Ustama xarajatlarni taqsimlashning reja va to’g’ri (bevosita) usuli
Umum ishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash bazasini tanlash. Buning uchun ishlab chiqarish faoliyatini o’lchaydigan ma’lum ko’rsatkichdan foydalanilib, umum ish­lab chiqarish xarajatlari va tayyor mahsulot hajmi o’rtasidagi bog’liqlik aniqlanadi.
Masalan, bajarilgan ishlar­ning kishi-soat ko’rsatkichidagi soni, ishlab chiqarish ishchilari uchun hisoblangan ish haqi summasi, mashina-soatlar soni. Tanlangan baza umum ishlab chiqarish xarajatlarini mahsulot ishlab chiqarish hajmi bilan chambarchas bog’lashi lozim. Yuqorida qayd qilingan uchta ko’rsatkichdan u yoki bu Holatda samarali foydalanish, ya’ni ularni to’g’ri qo’llash juda muhimdir.
Kelgusi davr uchun ko’tilayotgan umumishlab chiqarish xarajatlari hajmini taqsimlashning tanlangan bazasi ko’rsatkichida (soatlar, pul birligida) ifodalangan, ko’tilayotgan ishlab chiqarish hajmiga bo’linadi. Bu jarayoining iatijasida umum ishlab chiqarish xarajatlarining normativ koeffisienti aniqlanadi.
Shundan so’ng, umum ishlab chiqarish xarajatlari bu koeffisientini qo’llagan holda, ya’ni normativ koeffitsientni taqsimlash bazasi ko’rsatkichining amaldagi holatiga ko’paytirish orqali har bir mahsulot turiga olib boriladi. Bu summa moddiy xarajatlarga va ishlab chiqarish ishchilari uchun hisoblangan ish haqi xarajatlariga qo’shiladi. Natijada shu tariqa hisoblashlar asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi aniqlanadi.
Ana shu ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini hisoblashda xarajatlarning faqatgina ikkita elementini to’g’ridan-to’g’ri (to’g’ri moddiy va to’g’ri mehnat xarajatlari) ishlab chiqarish tannarxiga olib borish mumkin, ya’ni ortiqcha hisob- kitoblarni amaga oshirmasdan. Umum ishlab chiqarish xarajatlari esa normativ koeffitsient asosida hisobdan chiqariladi. Aynan mana shu tartibda ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash buxgalteriya hisobining barcha schyotlari bo’yicha mahsulot harakatani ifoda etadi.



Download 222.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling