1-mavzu: 2soat


Download 440 Kb.
bet5/13
Sana04.02.2023
Hajmi440 Kb.
#1160159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
kreativ fikrlash 1-mavzu (1)

Yusuf Xos Hojib(1015—1070) o’z davrining yetuk mutafakkiri, chuqur bilimli, donishmand kishisi edi. U ―Qutadg’u bilig‖ (―Saodatga boshlovchi bilim‖) asari muallifidir.―Qutadg’u bilig‖ -baxt va saodatga eltuvchi bilim,
ta’lim degan ma’noni bildiradi. Demak, asar nomidan ham uning pand-
nasixatlari, ta’lim-tarbiyaga oid, har tomonlama komil insonni
tarbiyalaydigan yetuk ma’rifiy asar ekanligi yaqqol ko’rinib turibdi.
―Qutadg’u bilig‖ — XI asr so’z san’atining nodir namunasi bo’lib, unda o’z
davrining ilg’or ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy masalalari badiiy
talqin qilingan, turkiy xalqlar tarixi, madaniyati, ilm-fani, urf-odat va
an’analari, turmush tarzi, qadriyatlari xususida batafsil ma’lumot
berilgan.Asarda ilgari surilgan axloqiy xislatlarni sanab o’tish
olimning ta’lim-tarbiya, axloq masalalarini qay darajada chuqur bilganligi adolat, ishonch, sadoqat, xushmuomalalik, shirin so’zlik, saxovat, mardlik, xurmat va ehtirom, tadbirkorlik, aql-zakovat, xalollik, ezgulik kabi,
xislatlar ulug’lanadi.
―Qutadg’u bilig‖da bosh masalalardan biri komil insonni tarbiyalashdir.
Yusuf Xos Hojib bu asari orqali o’z tasavvurida eng komil, jamiyatning o’sha
davrdagi talablariga javob bera oladigan insonni qanday qo’rgan bo’lsa, shu
asosda o’z printsiplarini bayon etadi. Mana shunday axloqiy masalalardan biri
oila va farzand tarbiyasi masalasidir. Bu umuminsoniy axloqiy normaga
SHarq etikasiga ahamiyat berib kelgan. SHarq xalqining ulug’ an’anasini,
oilaviy hayotini, turmush tarzi va tarbiya usullarini chuqur bilgan shoir
mazkur muhim axloqiy muammoni o’ziga xos falsafiy talqin qiladi.


Yusuf Xos Xojibning uqtirishicha, har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib


kamol topmog’i kerak. Buning uchun, u tug’ilgan kundan boshlab zarur tarbiyani
olmog’i lozim. Farzandlar tarbiyasi nihoyatda erta boshlanmog’i shart.
SHundagina ularning noo’rin xatti – harakatlariga berilishining oldi
olinadi.
Yusuf Xos Hojibning mazkur asari insonni har tomonlama kamolga
etkazishning barcha masalalari o’zining badiiy ifodasini topgan yirik
ta’limiy-axloqiy dostondir. Olim insonni kamolga yetishi uchun
quyidagilarni nazarda tutadi:
1. Aqliy kamolot-bilim va zakovat. O’quvga bo’lish.
2. Axloqiy kamolot.
3. Jismoniy kamolot.
Yusuf Xos Hojib insonning kamolga yetishining yo’l-yo’riqlari, usullari,
chora-tadbirlarini yuksak badiiy mahorat bilan yoritib beradi. SHuning uchun
ham bu asar o’zining ilmiy, ma’rifiy, tarbiyaviy ahamiyati bilan beqiyosdir.

Download 440 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling