1-mavzu: 3-modul mtm da bolalar qobiliyatlarini rivojlantirish. Bolalarda tashabbusni namoyon etish va o‘zaro muloqot jarayoni. Reja


Download 246.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana09.01.2022
Hajmi246.82 Kb.
#263858
  1   2   3
Bog'liq
1 maruza. 3 modul Maktabgacha talim muassasasida bolalar qobiliyatlarini (1)



1-mavzu: 3-modul MTM da bolalar qobiliyatlarini rivojlantirish. Bolalarda 

tashabbusni  namoyon etish va o‘zaro muloqot jarayoni. 

Reja: 

1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bola shaxsining rivojlanishiga 

muloqotning ta’siri.  

2. Oila va muhitning bola shaxsi shakllanishiga ta’siri.  

3. Maktabgacha yoshda o‘yin faoliyatining bola shaxsini 

shakllanishiga ta’siri



Tayanch so‘z va iboralar

:Shaxs, oila, maktab, qobiliyat, muloqot, 

rivojlantirish, pedagog, tarbiyalanuvchi, tarbiyachi, tashabbus. 

1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bola shaxsining rivojlanishiga muloqotning 

ta’siri.  

Maktabgacha ta’lim yoshidagi bola shaxsining rivojlanishiga muloqotning ta’siri. 

Bog‘cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga ko‘ra bu davrni uch qismga 

ajratish mumkin: Birinchi davr–bu 3–4 yosh oralig‘ida bo‘lib, bola emotsional 

jihatdan o‘z–o‘zini boshqarishning mustahkamlanishi bilan bog‘liqdir. Ikkinchi 

davr–bu 4–5 yoshni tashkil qilib axloqiy o‘z – o‘zini boshqarish. Uchinchi davr esa 

shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyatining shakllanishi bilan xarakterlanadi.  

Axloqiy tushunchalar manbai bo‘lib ularning ta’lim – tarbiyasi bilan 

shug‘ullanayotgan kattalar, shuningdek, tengdoshlari ham bo‘lishi mumkin. 

Axloqiy tajribalar asosan muloqot, kuzatish, taqlid qilish jarayonida, shu bilan 

birga kattalarning, ayniqsa onalarning maqtovi va tanqidlari orqali o‘tadi va 

mustahkamlanadi. Bola doimo baho, ayniqsa maqtov olishga harakat qiladi. Bu 

baho va maqtovlarning bola shaxsidagi muvaffakiyatga erishishga harakat 

xususiyatining rivojlanishida, shuningdek, uning shaxsiy hayoti, hamda kasb 

tanlashida ahamiyati juda katta.  

Maktabgacha ta’lim yoshidagi davrda bolalarda muloqotning yangi motivlari 

yuzaga keladi. U shaxsiy va ishbilarmonlik motivlaridir. Shaxsiy muloqot 

motivlari bu –bolaning tashvishga solayotgan ichki muammolari bilan bog‘liq, 

ishbilarmonlik motivlari esa u yoki bu ishni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan 

motivlardir. Bu motivlarga asta – sekinlik bilan bilim, ko‘nikma va malakalarni 

egalash bilan bog‘liq bo‘lgan o‘qish motivlari qo‘yiladi. Bu motivlar ilk bolalik 

davrdan boshlanib yuzaga keladigan bolalarning tabiiy qiziquvchanligi o‘rnida 

paydo bo‘ladi. O‘zini ko‘rsatish motivlari ham bu yoshda yaqqol namoyon bo‘ladi. 

Bu motiv asosan bolalarning syujetli – rolli o‘yinlarda asosiy rolni egallashga 

boshqalar ustidan rahbarlik qilishga, musobaqaga kirishishga qo‘rqmasligida, nima 

bo‘lganida ham yutishga harakat qilishlarida ko‘rinadi. Maktabgacha yosh davri 

bolalari uchun kattalar beradigan baholari juda muhim. Bolalar birinchi navbatda 

maishiy axloq norma va qoidalarni, o‘z majburiyatlariga munosabat, kun tartibiga 




rioya etish, hayvon va narsalar bilan muomala qilish normalarini egallaydilar. 

Bunday normallarni egallash bu yoshdagi bolalar uchun qiyin hisoblanib, ularni 

yaxshi o‘zlashtirish uchun syujetli – rolli o‘yinlar yordam berishi mumkin. 

Bog‘cha yoshining oxirlariga kelib, ko‘pchilik bolalarda aniq bir axloqiy qarashlar 

tarkib topadi, shuningdek, odamlarga munosabat bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy 

sifatlar ham shakllanadi. Kishilarga nisbatan diqqatli, mehribon bo‘lish 

xususiyatidir. Katta yoshdagi bolalar ko‘p hollarda o‘z xatti – harakatlari sababini 

tushuntirib bera oladilar .  

3–3,5 yosh oraligida o‘zlarining muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklariga o‘z 

munosabatlarini bildiradilar va bu munosabat, asosan ularning o‘zlariga beradigan 

baholari asosida bo‘ladi. 4 yoshli bolalar esa o‘z imkoniyatlarini real baholay 

oladilar. Lekin 4 –5 yoshli bolalar hali shaxsiy xususiyatlarini idrok etishga va 

baholashga qodir emaslar, shuningdek o‘zlari haqida ma’lum bir xulosani bera 

olmaydilar. O‘z –o‘zini anglash layoqati katta bog‘cha yoshidan boshlab rivojlanib 

avval u qanday bo‘lganini va kelajakda qanday bo‘lishini fikrlab ko‘rishga harakat 

qiladi. Bu esa bolalar beradigan «Men kichkina paytimda qanday bo‘lgan edim?», 

«Men katta bo‘lganimda qanday bo‘laman?» singari savollarida ko‘rinadi. Kelajak 

haqida fikr yuritib, bolalar kelgusida kuchli, jasur, aqlli va boshqa shu singari 

qimmatli insoniy fazilatlariga ega bo‘lishiga harakat qiladilar.  

Kichik va o‘rta bog‘cha yoshida bola xarakterining shakllanishi davom etadi. U 

asosan bolalarning kattalar xarakterini kuzatishlari asosida tarkib topadi. Shu 

yillardan boshlab bolada ahamiyatli hisoblangan – iroda, mustaqillik va 

tashabbuskorlik kabi ahamiyatli shaxsiy xususiyatlar rivojlana boshlaydi. Katta 

bog‘cha yoshida bola atrofdagi odamlar bilan turli faoliyatlarda muloqot va 

munosabatlarga kirishishga o‘rgana boshlaydi. Bu esa unga kelajakda odamlar 

bilan til topishishda, ish bo‘yicha va shaxsiy munosabatlarni normal ravishda 

o‘rnata olishida foyda keltiradi. Bu yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishida 

ularning ota-onalari haqidagi fikrlari va ularga beradigan baholari nihoyatda 

ahamiyatlidir.  

Muloqot – bu ikki yoki undan ortiq odamlar orasidagi axborot almashinuvi 

jarayoni bo‘lib, bunda o‘zaro munosabatlar shakllanishi, ro‘yobga chiqarilishi va 

namoyon bo‘lishi ifodalanadi. Bola shaxsining shakllanishida muloqotning roli 

benihoya kattadir.  

Muloqot jarayonida muayyan shaxsiy munosabatlar shakllanadi. Bolada qanday 

shaxsiy sifatlarning tarkib tapishi ko‘p jihatdan uning atrofdagilar bilan bo‘lgan 

o‘zaro munosabati xarakteriga bog‘liqdir. Bolaning kattalarga munosabati 

ishonchli yoki ishonchsiz, yokimli yoki yoqimsiz va hokazo bo‘lishi mumkin. 

Xo‘sh, bolalarning kattalarga bo‘lgan munosabati nima bilan belgilanadi? Bu 

munosabat asosida nimalar yotadi? Bunday masalalar hozircha kam tadqiq 

qilingan. Ularga nisbatan yondashuvlar mavjud.  

M.I.Lisina boshchiligidagi eksperimental tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, inson 

ehtiyojining dastlabki yetti yili davomida bolalar va kattalar o‘ptasidagi 




muloqotning bir necha shakli ketma-ket paydo bo‘ladi hamda birbirining o‘rnini 

almashtiradi.  

                Muloqot shakllarining asosiylari quyidagilardir: bevosita emotsional 

muloqot, biror bir ish yuzasidan vujudga keluvchi muloqot (ishchan muloqot), ayni 

paytdagi vaziyatga bog‘liq bo‘lmagan va bilishga yunaltirilgan muloqot (bilish 

muloqot), odam bilan bog‘liq masalalar yuzasidan bo‘ladigan muloqot (shaxsiy 

muloqot).  

Dastlab, bevosita - emotsional muloqot paydo bo‘ladi. Muloqotning bu shakli 

asosida bolaning unga nisbatan diqqat e’tiborli va mehribon bo‘lishlariga ehtiyoj 

his etishi yotadi. Keyinchalik muloqotdagi tashabbusni bola o‘z qo‘liga oladi.  

Yilning ikkinchi yarmidan boshlab, nafaqat mehribonlikka ehtiyoj, balki kattalar 

bilan hamkorlik qilishga bo‘lgan ehtiyoj ham kiritiladi. Bunday ehtiyoj ishchan 

muloqot davomida qondiriladi. Bola ishchan muloqotga kirishganda, kattalardan 

yordam so‘rashi, ularni ma’lum bir faoliyat bilan shug‘ullanishga taklif etishi va 

boshqalarni amalga oshirishi mumkin.  

Bilish muloqotida bola kattalar bilan atrof olamdagi narsa va hodisalarni 

muhokama qiladi. Bunda bola biror bir narsa haqida aytib berishi, savollar bilan 

murojaat qilishi, kattalardan biror narsa aytib berishlarini iltimos qilishi mumkin.  

Bunday turdagi muloqotga kirishishdan maqsad kattalardan zarur bo‘lgan 

axborotni olishdan iborat, shaxsiy muloqotda esa bola kattalar bilan odam xaqida 

suhbatlashadi, bunda u o‘zining emotsional holatini tariflab berishi, kattalarni 

o‘zlari haqida gapirib berishlariga undashi mumkin. Bolaning emotsional qo‘llab 

quvvatlashiga bo‘lgan ehtiyoji atrof olamga bo‘lgan munosabati va unga 

berayotgan bahosi kattalarning munosabat va bahosiga mos kelishiga intilishi 

shaxsiy muloqotning asosini tashkil etadi. M.I.Lisinaning fikricha, aynan shu 

narsalar bolaning ijtimoiy ehtiyojlari tarkibida markaziy o‘rinni egallaydi.  




Download 246.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling