1-mavzu: “Adabiyotshunoslik asoslari” fan sifatida. Badiiy asarda syujet va kompozitsiya Reja


Download 26.93 Kb.
bet2/2
Sana09.04.2023
Hajmi26.93 Kb.
#1344828
1   2
Bog'liq
“Adabiyotshunoslik asoslari” fan sifatida. Badiiy asarda syujet va kompozitsiya

Konflikt, avvalo, yon-verimizdagi mavjud hayotning aynan o‘zidir. Hayot esa misoli to‘xtovsiz oqib turgan daryodir. Daryoda suvlar to‘lqin otib oqadi. To‘lqinlar bir-birini quvadi. Kishilarning umri ham xuddi shunday manzaradan iborat. Hayot bir-birini inkor qiladigan, ayni choqda taqozo etadigan hodisalar majmuasidir.
Konflikt lotincha conflictus degan so‘z bo‘lib, “to‘qnashish” degan ma'noni bildiradi. Ziddiyat, to‘qnashuv hayot taraqqiyotini ta'minlovchi asos bo‘lgani singari badiiy konflikt ham asarning qiziqarli bo‘lishining yetakchi vositasidir. Badiiy konflikt roman, qissa, hikoya, doston qahramonlari o‘rtasidagi qarama-qarshilikdir. Qahramonlar bir-birlaridan fe'l-atvori, tabiati, maqsad, intilishlariga ko‘ra farq qiladi va shunga ko‘ra, ular o‘rtasida ziddiyat vujudga keladi. Obrazlar o‘rtasidagi ziddiyat ham, qahramonlarning o‘z ichidagi to‘qnashuvlari ham biror-bir voqea tufayli namoyon bo‘ladi. Voqyealarning qay tarzda kechishi asar mavzusi va g‘oyasining ahamiyatini namoyon etgani singari qahramonlarning qiyofasini ham aniq tasavvur etish imkonini beradi.
Hayotda ziddiyatlar keskin va sokin bo‘lgani singari badiiy konfliktning ham turli ko‘rinishlari mavjud. Ular qahramonlar o‘rtasidagi oshkora kurash tarzida ham (“Qutlug‘ qon” romani qahramonlari orasida bo‘lganidek), personajlarning o‘z ko‘nglidagi olishuvlar (A. Qahhorning “Sarob” romani) tarzida ham namoyon bo‘ladi.
Shuningdek, badiiy konflikt har bir adabiy tur va janrda o‘ziga xos tarzda ifodalangan bo‘ladi. She'riy (g‘azal, ruboiy, tuyuq kabi) asarlardagi konflikt ko‘rinishi nasriy (roman, qissa, hikoya) asarlardagidan farq qilganidek, u drama (komediya, tragediya, pesa) asarlarida tamoman boshqacha holda ko‘rinadi.
Umuman, har bir barkamol badiiy asar konflikt, shakl va mazmun, mavzu va g‘oya singari o‘z unusurlarini qay tarzda namoyon etishidan qat'i nazar, u hayotning muayyan bir ko‘rinishini ta'sirchan akslantirgan, ijodkor yaratgan go‘zallikdir.


Adabiyotlar ro‘yxati
1.Karimov I. “Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch”. T. “Ma'naviyat”. 2008.
2.Karimov I. “Adabiyotga e'tibor - ma'naviyatga, kelajakka e'tibor”. “O‘zAS” gaz. 2009 yil, 3 iyul.
3.Karimov I. “Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir”. –T., “O‘zbekiston”, 2010.
4.Sulton I. Adabiyot nazariyasi. -T., O‘qituvchi. 2005. – 3 – 19-betlar.
5.Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. –T.:, “Fan”, 2007. – 9- 22-betlar.
6.Terri Iglton. Teoriya literaturo’. – M: Territoriya buduhego. 2010. – 3- 8-betlar.
Qo‘shimcha adabiyotlar
1.Arastu. Poetika. Axloqi kabir. -T., Yangi asr avlodi. 2004. – 5 – 25-betlar.
Mustaqil ta’lim
1.Arastuning “Poetika” asarining I – IV qismlarini o‘qib, amaliy va seminar mashg‘ulotiga tayyorgarlik ko‘radi. Mavzu bo‘yicha ma'ruzada tavsiya etilgan adabiyotlardan foydalanadi.
Savol va topshiriqlar
1.Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari nima?
2.Adabiyot nazariyasi nimani o‘rganadi?
3.San'at turlarining farqlanishi tamoyillari qanday?
4.Adabiyot va estetik kotegoriyalar o‘rtasidagi uzviylik nimada?
Download 26.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling