1-mavzu: Aholi geografiyasi va demografiya asoslari fanining ob’ekti, predmeti, maqsadi, vazifalari, tadqiqot usullari Reja
antropologiya, populyatsion genetika, inson ekologiyasi, odam fiziologiyasi
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
1-ma`ruza mashg`uloti (1)
antropologiya, populyatsion genetika, inson ekologiyasi, odam fiziologiyasi,
tibbiy genetika va ruhshunoslik kabi odamni biologik evolyusiyasining maxsuli va ob’ekti sifatida ko‘rib o‘rganuvchi tabiiy fanlar bilan bog‘liqligi demografik jarayonlarning ijtimoiy xarakteri bilan bog‘liq. O‘z navbatida boshqa fanlar, birinchi o‘rinda ijtimoiy fanlar, demografik omil va qonuniyatlardan o‘z voqelik muhitlarini chuqurroq tushunish maqsadida foydalanadi, ayni vaqtda bir xil demografik statistika ma’lumotlari turli fanlar uchun dastlabki baza sifatida xizmat qilishi mumkin. Masalan, tug‘ilish va o‘lim qonuniyatlari shuningdek ularning aholining yosh – jinsiy tarkibiga bo‘lagn ta’siri iqtisodiyotda mehnat resurslarini taqsimlash uchun zarur, etnografiyada – etnik birliklar dinamikasini o‘rganish uchun, sotsiolgiyada – ayolning jamiyat va oiladagi ijtimoiy rolini tahlil qilish uchun zarur. Shunday qilib, aholi takror barpo bo‘lishining xususiyatlari demografiya asoslari uchun tadqiqotlarining asosiy ob’ekti sanalsa – da, boshqa fanlarda ma’lum jarayonlarning omillari sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday chegaralanish demografiya asoslari va boshqa fanlar predmetlari o‘rtasida chegaralar belgilash imkonini beradi. Shu bilan birga mazkur chegaralanish aniq tadqiqot faoliyatida shu kabi cheklanish bo‘lishini anglatmaydi. Alohida yirik ijtimoiy – demografik muammolarni ishlab chiqarish zarurati, masalan, aholi o‘sishi va atrof – muhit holatining o‘zaro bog‘likligi, etnik va demografik jarayonlarning aloqasi, sog‘liqni saqlashning samaradorligi kabi va boshqa turli fanlar to‘qnashuvida olib boriladigan fanlararo tadqiqotlarlarning salmog‘ini oshiradi. Mazkur chegaradagi bilimlarni nisbatan mustaqil ilmiy fanlarga ajratish tendensiyasi ham sezilarli darajada (jumladan, bu holat demografiya asoslari ning iqtisodiyot, tarix, etnografiya, ijtimoiy gigiena bilan chegaralarida yuz bermoqda); shuningdek turli bilim sohalari mutaxassislarining kompleks ilmiy ishlar olib borish maqsadida birlashishlari ham tez – tez uchraydigan holat bo‘lmoqda. Shuningdek demografiya asoslari falsafa, ekologiya, iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanlari bilan ham bog‘liqdir. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling