1-mavzu: Aholi geografiyasi va demografiya asoslari fanining ob’ekti, predmeti, maqsadi, vazifalari, tadqiqot usullari Reja
arxiologiya bilan paleodemografiya asoslari
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
1-ma`ruza mashg`uloti (1)
arxiologiya bilan paleodemografiya asoslari orqali bilvosita bog‘liq bo‘lib, bu fan
uzoq o‘tmishdagi demografik jarayonlarni yoritib beradi. Demografiya asoslari ning iqtisodiy fanlar bilan bog‘liqligi demografik jarayonlarga ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqarish munosabatlari, ayniqsa bandlik kabilar ta’sirining xarakteri orqali ifodalanadi. Aholi takror barpo bo‘lishining jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichidagi ijtimoiy institut, ijtimoiy aloqalar va me’yorlar bilan bog‘liqligi demografiya asoslari ning sotsiologiya, jumladan nikoh va oila sotsiologisi bilan o‘zaro aloqadorligini ifodalaydi. Ijtimoiy psixolgiya demografiya asoslari bilan demografik mayl, uning demografik jarayonlarni ijtimoiy boshqarish mexanizmidagi rolini o‘rganish borasida to‘qnashadi. Insonlarining xulq – atvori (masalan, nikohga kirish yoki uni bekor qilish) huquqiy me’yorlar bilan ham tartibga solinganligi, demografik siyosat esa qonunchilik bilan mustahkamlangani bois demografiya asoslari da huquqshunoslik bilan uyg‘unlashuvchi tarmoqlar mavjud. Inson populyatsiyasida individlarning biologik xususiyatlari mavjudligi demografiya asoslari ni ijtimoiy va tabiiy fanlar chegarasida bo‘lgan ba’zi fanlar bilan bog‘laydi. Ijtimoiy gigienada inson salomatligi, mehnat sharoitlari, turmush tarzi kabilarning kasallanish va o‘lim sabablariga o‘tkazgan ta’sirlari borasida olib boriladigan tadqiqotlar demografiya asoslari ga o‘lim omillarini aniqlashda yordam beradi. Tug‘ilish dinamikasi va omillarini o‘rganishda ayollar sog‘ligining tahlili, jinsiy hayot, saqlanish uslublari, farzandlar tug‘ilishining miqdori kabilar muhim. Tibbiy – biologik tadqiqotlar natijalari aholining turli guruhlarida va xarakterini tushuntirish uchun xizmat qiladi; ayni vaqda demografik jarayonlarining tibbiy – bioligik omillari ijtimoiy gigiena tadqiqotlarining muhim yo‘nalishi sanaladi. O‘limni o‘rganish borasida demografiya asoslari gerontologiya bilan aloqada bo‘ladi. Mazkur fan inson qarishining qonuniyatlarini o‘rganadi, lekin demografikqarish jarayonini – qariyalar salmog‘ining oshishi, buning sabablari to‘laligicha demografik tadqiqotlar doirasiga kiradi. Demografiya asoslari ning Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling