1-mavzu: Aholi geografiyasi va demografiya asoslari fanining ob’ekti, predmeti, maqsadi, vazifalari, tadqiqot usullari Reja


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana12.10.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1700542
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-ma`ruza mashg`uloti (1)

Etnik demografiya asoslari – turli xalqlar va etnik guruhlar aholisining 
soni, tarkibi, takror barpo bo‘lishi va demografik jarayonlarini o‘rganadi. 
Iqtisodiy demografiya asoslari . Aholi takror barpo bo‘lishining iqtisodiy 
rivojlanish bilan bog‘liq holda o‘rganadi; demografik jarayonlar hususiyatlarini 
iqtisodiy strukturaga muvofiq va muvozanatga ta’sirini taxlil etadi. 
Hududiy demografiya asoslari – ma’lum hudud, mamlakat, davlatning 
hududiy bo‘linmasidagi aholi soni, yosh – jinsiy, oilaviy tarkibi demografik 
jarayonlarining hususiyatlarini o‘rganadi.


Tavsifiy demografik – demografik xodisalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni, 
ularni ijtimoiy – iqtisodiy omillar bilan bog‘liqligini maxsus demografik va 
matematik uslublar yordamida o‘rganadi. 
Amaliy demografiya asoslari – aholi va demografik jarayonlar haqidagi
ma’lumotlarni shaharlar va qishloqlarni, qurilishni, ishlab chiqarish korxonalarini 
joylashtirishda, umuman inson hayoti uchun zarur bo‘lgan vositalarni 
rejalashtirishda ishlatilishi. 
Demografiya asoslari ning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Aholining 
takror barpo bo‘lishi va unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar insonlar hayotidagi 
kelib chiqishi ijtimoiy xarakterga ega turli munosabatlar ta’sirida kechganligi 
tufayli demografiya asoslari qator ijtimoiy fanlar bilan bog‘liq, jumladan bu tarix, 
iqtisodiy fanlar, sotsiologiya, ijtimoiy psixologik, huquqshunoslik, aholi 
geografiyasi. Biroq demografiya asoslari bu munosabatlarning o‘zini emas, balki 
ularning aholi takror barpo bo‘lishiga bo‘lgan ta’sirini o‘rganadi. Aholi takror 
barpo bo‘lishi qonuniyatlarini tushuntirib berish uchun demografiya asoslari shu 
fanlarning uslublari, ma’lumotlaridan foydalanadi. Aholi takror barpo bo‘lishining 
qonuniyatlari va xarakatlantiruvchi kuchlari tobora chuqur o‘rganib borilish 
demografiya asoslari ning boshqa fanlar bilan aloqasini kuchaytirib beradi. Shu 
asosda ba’zan demografiya asoslari aholi haqidagi yanada kengroq bilimlar 
tizimining elementi sifatida ko‘riladi. 
Ayniqsa demografiya asoslari ning tarix fani bilan aloqadorligi katta, 
chunonchi “tarix, bu alohida avlodlar almashinuvi va ularning har biri oldingi 
avlodlardan meros bo‘lib o‘tgan kapital, ishlab chiqaruvchi kuchlardan 
foydalanadilar.” 
Aholi takror barpo etilishini tarixiy jarayon sifatida ko‘rilishi uning ijtimoiy 
kelib chiqishini to‘laligicha yoritish imkonini beradi. Demografiya asoslari tarix 
fani bilan demografik tarixni o‘rganishda uyg‘unlashadi; mazkur tarix ba’zan tarix 
fanining ob’ekti sifatida ko‘riladi, lekin ayni vaqda demografik tadqiqotlarning bir 
yo‘nalishi ham sanaladi. Etnografiya demografiya asoslari ga turli xalqlar 
madaniyatining ta’sirini yoritishda yordam beradi; demografiya asoslari

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling