V.M.Severgin (1765-1826 yillar, rus) eritma rangi intensivligini modda konsentrasiyasiga bog`liqligini ifodalovchi kolorimetrik analizni metodini yaratdi. Bu olimning analitik kimyoni rivojlantirishdagi yirik hissasi, kimyoviy analiz metodlari to`јrisidagi bir necha o`quv qo'llanmalarini yaratganligidir. - XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida shved kimyogarlari T.U.Bergman (1735-1784), Berselius (1779-1848), rus kimyogari K.K.Klaus (1796-1864) va boshqalar mehnatlari asosida sistematik sifat analizi yaratildi.
- Nemis kimyogari K.R.Frezenius (1818-1871) tomonidan sifat va miqdor analizidan darslik yaratildi, birinchi bo`lib, analitik kimyo jurnaliga asos soldi.
- 1824-1848 yillarda fransuz olimi Gey-Lyussak (1778-1850) fanga titrimetrik analiz metodini ishlab chiqdi va hozirgi vaqtga qadar bu metod o`z mohiyatini saqlab kelmoqda.
- 1859-1860 yillarda nemis olimlari R.V.Bunzen (1811-1899) va G.R.Kirhgof (1824-1887) sifat analizining fizikaviy metodlaridan eng muhimi spektral analizni ishlab chiqdilar. Bu analiz hozirgi zamonda uzluksiz rivojlanmoqda.
- Rus kimyogari D.I.Mendeleev (1834-1907) tomonidan kashf qilingan davriy qonun va elementlarning davriy sistemasi analitik kimyoni metodlarining nazariy poydevori bo`ldi va analitik kimyo rivojlanishining asosiy yo`nalishlarini belgilab berdi.
Organik moddalarni analitik kimyoda cho`ktiruvchi sifatida birinchi marta M.A.Ilьinskiy (1856-1941) va L.A.Chugaev (1873-1922) lar qo'lladilar. Organik reaktivlarning qo'llanilishi analitik kimyo imkoniyatlarini ancha kengaytirdi. - Adabiyotlar
- 1871 -yilda N.A.Menshutkin (1842-1907) tomonidan nashr qilingan «Analitik kimyo» kitobida kationlarning analitik klassifikatsiyasi va elementlarning davriy sistemasi orasidagi bog'liqlik birinchi marta ko'rsatib berilgan edi. Menshutkinning bu kitobi 16 marta nashr qilindi.
- 1894-yilda V.Ostvald analitik kimyoning nazariy asoslariga bag'ishlangan kitob yozib, unda elektrolitik dissotsatsiya va kimyoviy muvozanatning eritmalarda qo'llanilishini mukammal bayon qildi.
- 1923-yilda analilik kimyo bo'yicha birinchi bo'lib organik analiz sohasini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun F.Pregl. keyinroq polyarografiyani fanga kiritganligi uchun Ya.Geyrovskiy Nobel mukofotiga sazovor boldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |