1-mavzu: an’anaviy syujet, obraz va motivlarning mumtoz poetikadagi o‘rni reja


Download 31.94 Kb.
bet1/4
Sana26.10.2023
Hajmi31.94 Kb.
#1725591
  1   2   3   4
Bog'liq
1-MA\'RUZA


1-MAVZU: AN’ANAVIY SYUJET, OBRAZ VA MOTIVLARNING MUMTOZ POETIKADAGI O‘RNI
REJA:

  1. Xalq og‘zaki ijodida epik an’analar

  2. Dostonlarda an’anaviy obraz va syujetlar

  3. “Layli” va “Majnun” an’anaviy obraz sifatida

  4. An’anaviy syujet va an’anaviy motivlar

Tayanch so‘z va iboralar: an’anaviy syujet, obraz, motiv, epik qolip, doston, an’anaviylik, syujetlar, epik an’analar, xalq eposlari o‘rtasidagi o‘xshashlik, umumiylik, poetik qolip, poetik o‘zlashtirish.
Xalq og‘zaki ijodida epik an’analar. An’anaviylik xalq og‘zaki ijodida og‘zakilik asosida yashaydi va saqlanadi. An’ana qandaydir noma’lum turg‘unlik emas, balki ketma-ketlik va izchillik natijasida rivojlanadigan taraqqiyot bosqichi va bu bosqichda namoyon bo‘ladigan ma’lum darajadagi barqarorlikdir. Putilov ta’kidlaganidek, “An’anaviylik mana shu murakkab hayotda doimo o‘sish va harakatda bo‘lgan og‘zaki tarixiy-adabiy jarayonning maxsus shaklidir, xalq tarixi, jumladan, folklordagi barcha hodisalar yig‘indisining harakat shaklidir” [3.183].
Xalq orasidan yetishib chiqqan baxshilar epik an’analarni saqlovchi, katta avlod vakillaridan, ustoz baxshilardan epik merosni qabul qilib, dostonlarni kuylab yangi avlod vakillariga yetkazuvchi va ijodiy sayqal beruvchi ijodkorlar sanaladi. Ular xalq og‘zaki ijodi namunalarini an’anaviy yo‘lda kuylovchi epik bilim va epik xotira egalaridir. Barcha xalqlarda og‘zaki ijodni saqlovchilar ularning ijrochilari sanaladi.
“Xalq baxshilarining epik repertuari” asarida xalq og‘zaki ijodi kuychilarini xalq orasida turli nomlar bilan atalishini va baxshilar bilan birga o‘tmishda epik asarlarni xalqqa yetkazishda xalq dostonlarining qayta ishlangan nusxalarini, klassik adabiyot namunalaridan “folklorlashtirilgan” variantlarni turli yig‘inlarda, xalq to‘plangan joylarda, maxsus uyushtirilgan qissaxonlik kechalarida yoddan yoki yozma matn asosida o‘zlariga xos ohangda o‘qiydigan qissaxonlar ham ma’lum rol o‘ynaganliklarini haqida ma’lumotlar berilgan. [2.12]. Bundan tashqari Xorazmda epik asarlar yoki ularning parchalarini garmonda ijro etuvchilar ham mavjud bo‘lib, ular baxshi emas, balki sozchi deb yuritiladi. Sozchilar ko‘p hollarda o‘zlari yaratgan asarlarni, parchalar, termalarni kuylaydilar.
Hozirgi kunda baxshilarni uch tipga ajratish mumkin: havaskor baxshilar, professional baxshilar va ijodkor-professional baxshilar.
Havaskor baxshilar – xalq ijodiga qiziqib, eshitib, so‘nggi davrda kitob va yozma manbalardan o‘rganib kuylovchilar. 
Profesional baxshilar ustoz baxshilardan ta’lim olib, dostonlarni va kuylarni o‘zlashtirib, xalq dostonlarini maromiga yetkazib kuylovchi baxshilardir.
Ijodkor-professional baxshilar xalq dostonlarni maromiga yetkazib kuylash bilan birga ustoz-shogird baxshichilik an’analarini saqlagan holda xalqdan olib, yangi dostonlar yaratadi. “Uztozlardan o‘rgangan bitta “yo‘l” bo‘ladi, ijodkor baxshilar xalqdan eshitib shu “yo‘l”da yangi-yangi doston, termalar aytadi”. [5] Xalq orasida o‘ta iste’dodli, improvizatsiya qobiliyati yuqori va epik an’analarni saqlagan holda o‘zlarining yangi dostonlarini ham yarata oladigan baxshilarni shoir deb ham atashadi.
Xalq og‘zaki ijodi namunalarini saqlab, kuylab, keyingi avlodga yetkazuvchi “xalq donishmandlari”ning ijtimoiy va adabiy jarayondagi o‘rni haqida Jirmunskiy: “Turli xalq eposlari o‘rtasidagi o‘xshashlik u yoki bu ijro elementlarining tashqi tasodifiyligi bilan chegaralanmaydi, u chuqurroq va kengroq xarakterga ega bo‘lib, mohiyatan epik ijodni adabiyot rivojlanishining ma’lum bir bosqichi sifatida tavsiflovchi tashqi va ichki belgilarning butun kompleksi, ya’ni eposning umumiy g‘oyaviy mazmuni, xalq qahramonlarini idealizatsiya qiluvchi epik motiv va syujetlar doirasi, obraz tiplari va harakat vaziyatlari, janr tarkibi va evolyutsiyasi, epik uslubning o‘ziga xos xususiyatlari, formulalar – takrorlar, doimiy “bezak beruvchi” epitet va o‘xshatishlar, nihoyat epik asarlarning yashash tarzi, ijro etilishi va yetkazilishi, xalq kuychisi, professional yoki yarim professional ijrochi (aeda yoki rapsoda, jongler yoki shpilman, ashuga yoki baxshi)ning ijtimoiy mavqei bilan belgilanadi” deydi.
Baxshilarning ijodiy laboratoriyasi bilan tanishish, xalq dostonlarini yodlash, xotirada saqlash va keyingi avlodga uzatish jarayoni folklorshunoslarning doimiy diqqatidagi mavzu sanaladi. Qanday qilib doston kuylovchilar o‘nlab va yuzlab satrlarni yodlashga muvaffaq bo‘lishdi. “Nima uchun bitta aytuvchidan turli vaqtlarda yozib olingan bitta epos turli xil variantlarda ijro etilgan? Ular qaysi elementlarni deyarli so‘zma-so‘z takrorlaganlar va qaysi birini o‘zgarish bilan qo‘llashgan?” kabi savollar nafaqat folklorshunoslarni, balki xalq og‘zaki ijodi ixlosmandlarini ham qiziqtiradi.
Baxshichilik ustoz – shogird an’analari zamirida shakllanib boruvchi san’atdir. T. Mirzayev “Xalq baxshilarining epik repertuari” asarida baxshilarning o‘qitish-o‘rganish ishlari og‘zaki ravishda olib borilgani, xatto baxshilarning savodliligi ham bunga monelik qilmaganini aytib, “xalq dostonlarini eshitish va kuylash orqali og‘zaki o‘rganish professional ta’limning eng birinchi va asosiy shartidir” deb ta’kidlaydi. [2.35]
Barchamizga ma’lumki, xalq dostonlari hajm jihatdan o‘zbek xalq og‘zaki ijodi janrlari ichida yetakchi o‘rin egallaydi. Ularni o‘zlashtirish murakkab va muddat talab qiladigan jarayon. Shuning uchun u ma’lum bosqichlarning ketma-ketligidan tashkil topadi.
Janubiy slavyan epik an’analarini o‘rgangan Albert Lord, epik asar kuylash ta’limining uchta bosqichini ko‘rsatadi. [4.20] Dastavval, boshqalar kuylayotganda yosh ijrochi chetda o‘tirib tinglaydi. Bu tinglash jarayonida yosh ijrochi epik bilim asoslari bilan tanishadi: u syujet, qahramonlar, ularning ismlari va xarakter xususiyatlari, epos mavzusi, toponimik fond va hokazolarni bilib oladi. U qo‘shiq ritmini o‘ziga singdiradi, shuningdek, “asardagi g‘oyalar ritmini ham o‘zlashtiradi” aynan shu bosqichda tez-tez takrorlanib keluvchi formulalar xotirada chuqur o‘rnashadi. Ikkinchi bosqichda eng muhimi “shaklning asosiy elementlari – ritm va qo‘shiq ohangini o‘rganib olish”dir. Ijroga o‘rganishi uchun yosh ijrochi formulalar fondiga ega bo‘lishi lozim. Bunga esa ijro davomida takrorlarga murojaat qilish orqali erishiladi. Bu o‘rinda shogird so‘zlar yoki o‘zga tilni o‘rganayotgan yosh bolaga monand bo‘ladi. Bu o‘rinda, ayniqsa, ustozning ahamiyati nihoyatda katta. O‘quvchi ustozining texnikasiga taqlid qiladi, ustozining she’rlarini emas, uning poetikasini o‘rganadi. Ikkinchi bosqich yosh ijrochi ushbu soha mutaxassilari oldida hech bo‘lmasa bitta ashulani oxirigacha ijro eta olishi bilan yakunlanadi. Ijrochi boshqa ashulalarni ham qisman ijro etishi mumkin, biroq asosiysi – bitta ashula oxirigacha ijro etilishi shart. Tabiiyki, yosh ijrochi ashulaga “zeb” bera olmas, unga o‘z so‘zlarini qo‘shib, kengaytira olmaydi. Mavzu tanlashda ham hali ikkilanishda bo‘ladi. Poetik tilning aslini to‘liq o‘zlashtirmagan bo‘lishiga qaramasdan bu bosqichda yosh ijrochi o‘zi eshitgan bir nechta matnni qo‘llay oladi, asosiysi “an’ana bardavom” ekanligini anglaydi. Ijrochining repertuari va malakasi ortgani sari birinchi ijrolari o‘zgarib, mukammallashib, yangi qiyofa kasb etib boradi. Bu o‘rganishning uchinchi bosqichidir. Bu bosqichga o‘tar ekan ijrochi boshqa asarlarni ham to‘liq ijro eta boshlaydi, ularni boyitib, “kengaytirib” boraveradi. O‘rganish yakuniga yetganini uch omilda ko‘rish mumkin: birinchidan, auditoriya diqqatini bir nechta kecha davomida jalb qilib turish mumkin bo‘lgan repertuar bilan boyitilgani; ikkinchidan, o‘zi eshitgan istalgan asarni qayta ijro eta olishi darajadagi formulali texnikani egallagani, tematik materialni istalgancha kengaytira va qisqartira olish darajada mukammal bilish bilan; uchinchidan, yangi asarlar yarata olishi bilan. Ushbu belgilar turli ijrochilarda har xil namoyon bo‘lishi mumkin: ayrim ijrochilar uchinchi bosqichda qolib, hech qachon “mahoratli ijrochi” darajasiga yeta olmaydilar, ular “formulalarni qo‘llash” va “tematik tarkib”da kuchsiz bo‘lib, asarni yetarli darajada mahorat bilan ijro eta olmaydilar.
Demak, baxshilar xalq og‘zaki ijodining go‘zal namunalarini epik an’ana doirasida o‘zlari ustoz baxshilardan o‘rgangan doston kuylash san’ati bilan, epik qonuniyatlarning asosi bo‘lgan epik formulalar va epik xotiraga suyanib, o‘zlaridagi so‘z qudrati – ijodiy qobiliyat asosida muxtasham yangi durdonalarni yaratadilar.

Download 31.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling