1-Mavzu Armatura tayyorlash
Download 0.67 Mb.
|
Armatura 1
AFZALLIKLARO’zining zamonaviy po’lat eritish majmuasi va liniyada suv va havoli sovutish tizimlari o’rnatilgan eng yangi nav prokatlash stanining mavjudligi turli xil markadagi po’latdan termomexanik mustahkamlangan armaturali prokatlarni turli xil qo’llash uchun ishlab chiqarish imkonini beradi. Deformatsiyalash va issiqlik bilan ishlov berishning oqilona usullarini avtomatlashtirilgan holda tanlash – Ст3сп va Ст3пс markali po’latdan Ат400С; – Ст5сп va Ст5пс markali po’latdan Ат500С; – 20ГС yoki 35ГС markali po’latdan Ат600 и А800 klassdagi armaturali prokatni ishlab chiqarishni ta`minlash imkonini beradi. Shu bilan birga, ko’pgina metallurgiya korxonalari oldingi avlod navlarni prokatlash stanlarida Ст3сп va Ст3пс marka po’latlaridan A240ni, Ст5сп va Ст5пс marka po’latlaridan A300 ni ishlab chiqarishadi, A400 armaturalarini ishlab chiqarish uchun esa 35ГС toifadagi po’lat talab qilinadi. Shunday qilib, bizning zavod bir xil po’latdan GOST 5781-82 bo’yicha oddiy armatura po’latini ham, GOST 10884-94 bo’yicha termomexanik mustahkamlashtirilgan po‘latni yoki GOST 34028 bo’yicha prokat stani oqimida boshqariladigan sovutishga asoslangan po‘latni ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Ammo bu po‘lat boshqa korxonalar mahsulotlariga qaraganda ancha yuqori darajadagi mustahkamlikka ega. Ma’lumki, armaturaning tasnifi oquvchanlik nuqtasining minimal qiymatini belgilaydi. Shunga ko’ra, tasnifning o’sishi bilan armaturaning mustahkamlik ko’rsatkichlari ham o’sib boradi va texnik jihatdan kichikroq diametrli sterjenlardan foydalanish yoki karkasdagi sterjenlar sonini kamaytirish yoki ikkala usulni ham qo’llash imkoni paydo bo‘ladi. Bunda, armatura vaznini tejash 26% gacha bo’lishi mumkin, bu esa yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda moliyaviy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Korxonada mavjud sertifikatlangan “Zavod markaziy laboratoriyasi” zamonaviy nazorat-o‘lchov asbob-uskunalari, sinov uskunalari va spektral tahlillar bilan jihozlangan bo‘lib, bu armaturali po‘latning texnologik reglament va me’yoriy hujjatlar talablariga javob berishini ta’minlaydi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling