1-Mavzu: Arxeologiya fani va uning vazifalari Reja
Download 0.9 Mb.
|
Ўзбекистон республикаси хал таълими вазирлиги
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markaziy Farg‘ona neolit yodgorliklari
Sazag‘on makoni Zarafshon daryosining o‘rta xavzasida Samarqanddan 30 km janubi–g‘arbda joylashgan qishlog‘i joylashgan. Sazag‘on makonidan neolit davriga oid ko‘plab tosh qurollari va hayvon suyaklari topilgan. Sazog‘on tosh qurollari Darvozaqir materiallariga o‘xshab ketsa–da, ularning o‘ziga xos mahalliy xususiyatlari bor. Jumladan, Kaltaminor madaniyatini yaratgan axoli ko‘l va daryo bo‘ylarida yashab, baliqchilik bilan shug‘ullanib, shunga xos mehnat qurollari yaratgan bo‘lsalar, sazog‘on madaniyati axolisi tog‘li xududlarda yashab, asosan ovchilik bilan shug‘ullanganlar. Shu sabab makonni qazish vaqtida ovchilikkka moslashgan mehnat qurollari bilan birgalikda yovvoiy va uy hayvonlarining suyak qoldiqlari ham topilgan. Demak, Sazog‘on madaniyati aholisi yirik shoxli hayvonlarni qo‘lga o‘rgatib, ilk chorvachilik xo‘jaligiga asos solganlar. Mehnat qurollari asosan tosh parchalari va qo‘pol paraqalar asosida yasalgan.Uning tosh qurollarining ishlanish texnikasi Markaziy Farg‘onaning mehnat qurollariga o‘xshaydi. Turli qurol aslahalar tarkibida silliqlangan tosh boltalar, qadama toshlar, yog‘uchoqlar, kamon poykonlari bor. Sopol idishlari naqshlangan. Shuningdek, makonnni qazish vaqtida neolit davrining so‘nggi bosqichiga oid bir necha qabrlar topib o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, bu odamlar evropoid irqiga mansub bo‘lgan. Shunday tipdagi odamlar odam qoldiqlari va dafn marosimlari Tojikistondagi Tutkovul makonida kuzatilgan. Makondan topilgan tosh industriyasi va boshqa topilmalarning umumiy xususiyati uning ilk neolit davriga taalluqli ekanligini asoslash bilan birgalikda Markaziy Farg‘onadagi shu tipdagi yodgorliklarga o‘xshashligini ko‘rsatdi.
Markaziy Farg‘ona neolit yodgorliklari ilk neolit bosqichiga oid yodgorlik bo‘lib, u 50 yillarda tadqiq qilingan. Ular markaziy Farg‘onaning cho‘lllarida topilgan bo‘lib, bugungi kungacha 80 dan ortiq makon aniqlangan. Ular umumiy tarzda Markaziy Farg‘ona madaniyati deb nomlanadi. Neolit makonlari Qoraqalpoq dashtida, Mingbuloq, Sariqsuv, Oqqum, Damko‘l va Qiziltepa massivlaridan topilgan. Ular jumlasiga Zambar 1,2, Yangiqadam 12,14, 16,19, 35, Mingbuloq, Sariqsuv, Uzunko‘l, Dorozko‘l, Madyor va boshqalarini kiritish mumkin. Makonlarda madaniy qatlamlar saqlanmagan. Topilmalar tarkibida prizma, qalam shaklidagi tosh o‘zaklar, qirg‘ichchalar, randa burg‘u, keskich qurollari ko‘pchilikni tashkil etadi. Muxim qurollardan paykonlar topilgan. Ular asosan bargsimon shaklda bo‘lib, ikkala tomoni ezish texnikasi asosida ishlangan. Qurollarning ko‘pchiligi paraqa va tosh siniqlari asosida yasalgan. Qurol yasashda asosiy xom ashyo sifatida tabiiy silliqlangan qayroq chaqmoqtosh qo‘llanilgan. Demak, neolit davrida Farg‘onananing markaziy tekisligida inson yashashi uchun ma’lum shart–sharoitlar mavjud bo‘lgan. Ular ko‘l, daryo va buloqlar atrofida o‘z makonlarini tiklab, ovchilik, baliqchilik va terimchilik bilan shug‘ullangan. bularda geometrik shakldagi qurollarning mavjud emasligi Joytun va Kaltaminor madaniyatidan farq qilishini ko‘rsatadi. Lekin tosh qurollarni yasash texnikasi ularning qo‘shni qabilalar bilan aloqasi bo‘lganligidan dalolat beradi. Tadqiqotlar natijasida uning mil.avv. VI –IV ming yilliklarning boshiga, ya’ni ilk neolit davriga oidligi aniqlandi. Faqatgina Markaziy Farg‘onaning shimoliy qismida joylashgan Madyor 3,4 va boshqa makonlaridan topilgan qurollarning aksariyati so‘nggi neolit davriga, ya’ni mil.avv. IV – III ming yilliklarga oiddir. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling