1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja


Download 235.97 Kb.
bet34/61
Sana08.01.2022
Hajmi235.97 Kb.
#239079
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61
Bog'liq
Arxealogiya )

Shugnov manzilgohi. Bu manzilgohning «O» gorizonti mezolit davriga ta’lluqli ekanligi tadqiqotchilar tomonidan ilmiy asoslangan. Shunga asoslanib, bu gorizont tosh qurollari Oshxona mezolit manzilgohi tosh qurollari bilan aynan o’xshash jihatlari borligini aytishimiz mumkin. (Ranov, 1975, 52-53 betlar).

Ma’lumki, Shugnov makonida V.A.Ranov tomonidan 500 metr kvadrat maydon sathida madaniy qatlam o’rganilib, tadqiqotlar jarayonida 5 ta madaniy qatlam aniqlangan. Shulardan bittasi mezolit davri jamoalari moddiy madaniyatiga, qolgani esa so’nggi paleolit jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli bo’lib chiqdi. Bu tosh qurollarning tosh industriyasi otshepli va paraqali industriya hisoblanadi. Asosiy qurollar katta o’lchamli otsheplardan hamda paraqa va mikroparaqalardan yasalgan. Tosh o’zaklari esa ko’p maydonli bo’lib, prizma shakliga o’xshaydi. Qayroqtosh qurollar, keskichlar, geometrik shakldagi qurollar umuman uchramaydi. Shu jihatlari bilan qaysidir ma’noda Oq-Ko’prik II, 3-a, Ko’kjar, Qorakamar I kabi Shimoliy Afg’oniston epipaleolit makonlariga o’xshaydi. (Vinogradov, 1979, 7-59 betlar). V.A.Ranov Shugnov mezolit kompleksini Oshxona makoni qurollariga o’xshashligini keltirib mil avv 8 ming yil bilan xronologik yoshini belgilagan edi. Lekin, G.F.Korobkova Shugnov mezolit qurollarini Oq-Ko’prik II va III makonlari (Radiouglerod analizi ming yil oldin) qurollariga o’xshashligidan kelib chiqib, Shugnov mezolit kompleksini hyech bo’lmasa mil. avv 11-10 ming yilliklar hronologik yosh bilan belgilash lozim degan fikrni bildiradi. Bu mezolit kompleksning kelib chiqishi, Shugnov yuqori paleolit gorizontlari jamoalari moddiy madaniyati negizidan hisoblanadi. Uning texnikaviy uslubi an’anaviy tarzda Oshxona, Tutqovul II makonlari madaniyatida kuzatiladi. (Korobkova, 1989, 166 bet).




Download 235.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling