1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja


Download 235.97 Kb.
bet36/61
Sana08.01.2022
Hajmi235.97 Kb.
#239079
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61
Bog'liq
Arxealogiya )

Oshxona manzilgohi misolida Markansuy madaniyati tosh qurollari industriyasi otщyeplarga asoslangan ekan, paraqalrdan yasalgan qurollar uchramaydi. Markansuy madaniyati manzilgohlari mezolit davrining so’nggi etaplariga oid. Hozirgi kungacha bu madaniyat ildizi noma’lum.

Xullas, Tojikiston hududi mezolit jamoalari moddiy madaniyatini tadqiqotida 2 ta mustaqil madaniyat Tutqovul va Vaxsh madaniyatlari hamda 2 ta mustaqil madaniy kompleks Obikiyik va Shugnov, ilmiy jihatdan ajratilgan. Bu madaniyat va komplekslar bir-birlaridan kelib chiqish ildizi, tosh industriyasi, texnologik uslublari, tadqiqotlari bilan farq qiladi. Yuqorida zikr etganimizdek, Tutqovul madaniyatiga Tutqovul makoni 3-gorizonti, Oqtanga makoni 6-madaniy qatlami va Chilchor-Chashma makoni kiradi. Vaxsh madaniyatiga Tutqovul makoni 2a-gorizonti, Darai-Sho’r makoni kiradi. Obikiyik kompleksiga - Obikiyik, Quyi-bulon makoni kiradi. Shugnov kompleksiga Shugnov makoni «O» gorizonti kiradi. Tutqovul, Say-Sayyod, Oqtanga, Shugnov makonlari stratigrafik ma’lumotlari hamda Tutqovul 2 gorizontidan (6070 – 6310), Oqtanga makoni 6-madaniy qatlamidan (6830 – 7100), Say-Sayyod pastki gorizontlaridan (6350 – 6600; 8900 – 9170) radiouglerod analizlarini olinishi hamda bu makonlarni Yaqin Sharq makonlari moddiy madaniyati bilan madaniy yaqinligidan kelib, chiqib tadqiqotchilar Tojikistonning Vaxsh, Kafirnigon, Panj vohalari mezolit jamoalari moddiy madaniyatini mil. avv. 11-7 ming yilliklar xronologik ramkasi bilan belgilashdilar.

Tojikiston hududi mezolit davri jamoalari ma’naviy madaniyati, ma’naviy kechinmalarini bilib olishimizda shubhasiz, V.A.Ranov tomonidan 1958 yili Shaxta g’or makonidan topilgan qoyatosh rasmlarining ahamiyati juda katta. Shaxta g’or makoni dengiz sathidan 4200 m balandlikda joylashgan. G’orga kirish qismi eni 7,5 m, g’orning chuqurligi 6 m, lekin balandligi 25 m. Qoyatosh rasmlari 20-25 metr kvadrat maydon sathida o’rganilgan. Bu rasmlar g’orning polidan 1,6-2 m balandlikda g’or devoriga qizil bo’yoq bilan rasmlar ishlangan. G’orda hammasi bo’lib 7 guruh rasmlar manzarasi bor, shundan 4 tasi saqlangan. Rasmlar manzarasida odam gavdasi, cho’chqa, ayiq tasvirlari bor. Odamlarning bosh qismi qush ko’rinishida, huddi Zarautkamar rasmlaridagidek keltirilgan. Ba’zi manzaralarda o’q-yoy bilan yaralangan cho’chqani ovlash jarayoni tasvirlanib xattoki, 3 ta niqoblanib olgan ovchilarning ham tasviri keltirilgan. Manzaralarda yovvoyi hayvonlarni maxsus joylarga qamab ushlash tasvirlari ham bor. Zarautkamar rasmlaridan farqli o’laroq, bu rasmlar kontur uslubida ishlangan. (Ranov, 1961a, b: 1962, 16-bet; 1964, 46-bet; Okladnikov, Ranov, 1963, 79-bet). V.A.Ranov va boshqa tadqiqotchilar Shaxta g’or makoni rasmlarini atroflicha ilmiy tahlil qilar ekan, undagi manzaralar ovchilik bilan bog’liq bo’lgan, sig’inish e’tiqodi yodgorligi deb hisoblaydilar. Bu sig’inish e’tiqodi, ovni o’ngidan kelishi uchun bajariladigan rasm-rusmlardan iborat. Shuningdek, g’or madaniy qatlamidan topilgan tosh qurollarning tipologik tahlili hamda qoyatosh suratlarining mazmuni, ishlov berish uslublari, mezolit yoki mezolit-neolit jamoalari moddiy madaniyatiga tegishli ekanligidan dalolat beradi. (Okladnikov, Ranov, 1963; Formozov, 1969, 72-bet; 1980, 50-bet). Shaxta g’ori qoyatosh suratlari Zarautkamar yodgorliklari bilan birgalikda mazkur mintaqalar mezolit-neolit jamoalari ma’naviy madaniyatini bilishimizda o’ziga xos nodir san’at yodgorliklari hisoblanadi.


Download 235.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling