Jabal g’or makoni 1949-1950 yillar mobaynida A.P.Okladnikov tomonidan o’rganilgan (Okladnikov, 1956). Bu makonda 10 ta madaniy qatlam borligi aniqlangan. Shu madaniy qatlamlardan A.P.Okladnikov tomonidan 8, 7 qatlamlari mezolit davriga oid deb topilgan. A.V.Vinogradov bu madaniy qatlamdan topilgan tosh qurollarining tipologik tahliliga tayanib, pastki madaniy qatlamlarning hammasi neolit davriga oid degan xulosa kelgan (Vinogradov, 1981)
Dam-Dam-Chashma 1- A.P.Okladnikov tomonidan kashf etilgan (Okladnikov, 1951). Lekin, bu yodgorlikning asosiy tadqiqotchisi G.Ye.Markov hisoblanadi (Markov 1975,1981). A.P.Okladnikov bu makonda 6 ta madaniy qatlam borligini aniqladi. G.Ye.Markov esa manzilgohda 6 ta emas, balki 5 ta madaniy qatlam bor degan xulosaga keldi.
Sharqiy Kaspiy bo’yi hududi mezolit davri jamoalariga oid yodgorliklar soha tadqiqotchilari tomonidan 2 gruppaga ajratilmoqda: 1- gruppa Balxanbo’yi yodgorliklari (Dam-Dam-Chashma 2 manzilgohi 8-4 madaniy qatlamlari, Jebal makoni 8,7 madaniy qatlamlari, Qashqirbuloq makoni va h.k), 2-gruppa Zarzi madaniyati xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan manzilgohlar (Qaylu makonining pastki qatlamlar, Dam-Dam-Chashma 1 manzilgohining 4-qatlami, Xo’ja-Su 1 manzilgohi va hakozalar).
Xususan, A.P. Okladnikov Turkmaniston hududi Krasnovodsk yaqinidagi yuqori paleolit chaqmoqtosh ustaxonasi, Jabal g’or makoni 5a,7,8- madaniy qatlamlarida bu turdagi qirg’ich qurollarning borligini e’tirof etib, ularni «yon qismi bo’rtib chiqqan tik ish maydoniga ega bo’lgan otщyepdan yasalgan qirg’ich qurollari» deb atagan.
G.Ye.Markov ham o’z tadqiqotlarida Dam-Dam-Chashma 1 makoni 3,5 madaniy qatlamlari, Dam-Dam-Chashma 2 makoni 4(yuqori) madaniy qatlamida ushbu qurollar uchrashi to’g’risida ma’lumot keltiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |