1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja


-mavzu: Eneolit davri dehqonchilik manzilgohlari


Download 235.97 Kb.
bet47/61
Sana08.01.2022
Hajmi235.97 Kb.
#239079
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   61
Bog'liq
Arxealogiya )

8-mavzu: Eneolit davri dehqonchilik manzilgohlari.

Reja:

Eneolit davri haqida umumiy tasnif.

Ilk sug’orma dehqonchilik manzilgohlari.

Janubiy Turkmaniston — eneolit davri
Eneolit ko’p mamlakatlarda, shu jumladan, bizda ham neolitdan farq qiladi. Bu g’alati neolit iborasi latin va yunoncha
so’zlardan yasalgan (lotincha aeneus — mis, yunoncha «litos»— tosh demak). Bu ibora ana shunday g’alati bo’lgani uchun ham ba’zilar xalkolit (yunoncha «xalkos» — mis) terminini ishlatishni ma’qul ko’radilar. Avval boshdanoq aytish kerakki, neolit (ilk neolit mustasno) bilan eneolit asosan bir vaqtda bo’lgan. Bu ikki davr eramizdan avvalgi IV va III ming yilliklarga bab-baravar mansub bo’lib, xronologik jihatidan emas, balki madaniy darajalari jihatdan bir-biridan farq qiladi. Eramizdan avvalgi IV va Sh ming yilliklarda Evropa va Osiyodagi ko’p o’lkalarda neolit qabilalari yashagan, ular bu vaqtda metalldan bexabar bo’lib, chorvalik va baliqchilik bilan shug’ullanganlar. Ungacha ibtidoiy odamlar ikki yarim — uch million yillar davomida (paleolit, mezolit va neolit davri) faqat toshdan, yog’ochdan va suyakdan yasalgan qurollardan foydalanganlar.

Misdan ishlangan qurollar tosh qurollarga qaraganda ancha takomillashgan bo’lsa-da, lekin mis kuchli va og’ir qurollar yasash uchun yaroqsiz bo’lgan. Shu sababdan eneolit davri qabilalari tosh qurollardan ham keng foydalanganlar. Mis va tosh qurollarning ishlatilishi qadimgi xo’jalik tarmoqlarining rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’lgan. Mis qurollar, shu tariqa, kam bo’lsa-da, ular kelgusida bu yangiliklar yuz berishining darakchisi bo’lgan. Tosh va yog’och olamiga yangi jism — metall kirib kelgan.

Ikki daryo oralig’ida (Mesopotamiyada) va Old Osiyoda mis-tosh davrining boshlanishi ilk bor davlat-shaharlarning vujudga kelishi bilan xarakterlanadi. Miloddan avvalgi IV mingyillikning ikkinchi yarmiga kelib, Qadimgi Sharqning yuqori madaniyat o’choqlarida va ilk quldorlik davlatlarida misdan ishlangan mehnat qurollari va zeb-ziynatlar keng tarqaladi.

Qabilalarning ijtimoiy va madaniy taraqqiyoti bir xil darajada bo’lmagan. Neolit davri qabilalari orasida vujudga kelgan madaniy notekislik mis-tosh zamonida ancha kuchayadi. Mazkur davrda Evropa va Osiyo aholisi xilma-xil xo’jalik tiplariga bo’linadi.

Madaniy jihatdan orqada qolgan jamiyatlar ovchilik va baliqchilik asosida rivojlanadi. Ularning ijtimoiy munosabatlari, tosh davri tuzumiga xos xususiyatlari saqlanadi. Lekin Qadimgi Sharq yuqori madaniyat o’choqlari chegaralarida yashovchi, dehqonchilikka asoslangan qabilalar sinfiy jarayonlardan ancha uzoqlashganlar va ular ibtidoiy urug’chilik tuzumining ko’pgina xususiyatlarini saqlab qolganlar.

Eneolit davrida O’rta Osiyo aholisining madaniyati bir bosqich yuqori ko’tariladi. Lekin bu erdagi qabilalarning madaniy va ijtimoiy taraqqiyoti bir xil darajada bo’lmagan. Arxeologik tekshiruv ishlari natijalari O’rta Osiyo aholisi orasida notekis rivojlanish bo’lganligidan dalolat beradi. Unumdor xo’jaliklarga asoslangan qabilalar tezroq rivojlangan, qo’shimcha xo’jaliklar bilan mashg’ul bo’lganlari esa madaniy jihatdan bir necha yuz yillar orqada qolgan.

Turkmanistonning janubida mis-tosh davrining boshlanishi miloddan avvalgn IV mingyillikga mansub bo’lsa, xuddi o’sha zamonda O’rta Osiyoning shimoliy dasht va sharqiy tog’lik vohalaridagi qadimiy qabilalar asosan ovchilik, baliqchilik va chorvachilikning ilk shakllari bilan shug’ullanganlar.

Metallchilikning kashf etilishi va xo’jalikda mis qurollarning joriy qilinishi bir necha asrlar davomida sodir bo’lgan. Odamlar o’z mehnat qurollarini yasash uchun har xil toshlar qidirish jarayonida tabiiy misga duch kelganlar. Dastlabki metall qurollar erdan sof holda topilgan misdan yasalgan. Ammo mis rudalarini ishlatish metallurgiya (kuchli olovda rudaning suyuqlikka aylantarilishi) rivojlanishiga sabab bo’lgan. O’rta Osiyoda va Markaziy Qozog’istonda ochiq ruda konlari va ular atrofidagi metall eritish qo’ralari bir necha hududlarda topildi.

Tarixiy va madaniy jarayonlar izchil qismlarga (zamonlarga, bosqichlarga, davrlarga) bo’linadi, bu qismlar muhim voqealar bilan bir-biridan farq qiladi. Ayniqsa o’troq makonlarda har bir bosqichga oid moddiy manbalar topiladi.

Eneolit davri O’rta Osiyo janubida yangi madaniy va tarixiy jarayonlar bilan bog’liqdir; ulardan:

1) xo’jalikda motiga-ketmoncha bilan qilinadigan dehqonchilik va uy chorvachiligining rivojlanishi;



2) sugorma deqqonchilik — irrigastiyaning ravnaq topishi;

3) hunarmandchilikda yangi kasblar — metallchilik, to’qimachilikning vujudga kyolishi;

4) kulolchilikda muhim texnika yutug’i — xumdonlarning ishlatilishi;

5) o’troqlik xo’jaligining mustahkamlanishi, ibtidoiy jamoa birlashmalari uylari va qurilishda xom g’ishtning paydo bo’lishi;



6) rangdor sopol buyumlar va loydan yasalgan bo’lib, onalik urug’iga xos bo’lgan haykalchalarning tarqalishi.

Shu davrga oid muhim arxeologiya yodgorliklari Janubiy Turkmanistonda topib tekshirilgan.

Janubiy Turkmaniston eneoliti uch davrga:


Download 235.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling