1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja


Download 235.97 Kb.
bet50/61
Sana08.01.2022
Hajmi235.97 Kb.
#239079
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61
Bog'liq
Arxealogiya )

So’nggi eneolit davri (Nomozgoh III) moddiy topilmalari, shu jumladan, rangdor sopol buyumlar, ayol va erkak haykalchalari, mis pichoqlar, tosh qurollar va boshqa uy-ro’zg’or buyumlaridir. Nomozgoh III davri radiokarbon xronologiyasi miloddan avvalgi 2860±100, 2490±100 yilga oiddir.

So’nggi mis-tosh zamoni qurilishida rejalashtirishga amal qilingan ko’chalar, maydonlar va katta jamoa binolari tartib bilan qurilgan. Qoratepaning markaziy qismida 130 dan ortiq xonalar tekshirildi. Ular katta jamoa uylariga aylangan. Mulalitepada 20 ta eneolit davri uylari topilgan Ular to’rtburchakli qurilishlar bo’lib, uy-joy, oshxona, xo’jalik xonalariga bo’lingan (maydonlari 8—15, 12—17 m2).

Turkmaniston qadimgi jamiyatining ijtimoiy, xo’jalik va madaniy rivojlanishida katta o’zgarishlar sodir bo’lgan. So’nggi eneolit ona urug’i — matriarxat tuzumidan patriarxat — ota urug’iga o’tuvchi davr deb hisoblanadi, lekin ota urug’i hukmronligi faqat bronza asrida o’rnatilib, qadimgi qabilalar orasida keng yoyiladi. Geoksyur vohasida so’nggi eneolit davriga oid qadimgi qabriston qazib ochildi. Qabrlar dumaloq shaklda bo’lib, xom g’ishtdan terilgan sag’analardan iborat.

Go’rlarda 10—12 sklet uchraydi; demak, sag’analar urug’ a’zolarining jamoa qabrlari vazifasini bajargan. Qabrlardan chaqmoqtosh qurollar, sopol idishlar, mis buyumlar va toshdan ishlangan marjonlar topildi. Ular eneolit davri madaniyatidan dalolat beradi.

So’nggi mis-tosh davrida kulolchilik yuksak darajada rivojlanib, u shakli xilma-xil sopol idishlar bilan xarakterlanadi. Naqshlar orasida qora va jigar rangda ishlangan odam, qushlar va hayvonlar rasmlari uchraydi. Ayniqsa turli xildagi geometrik naqshlarga e’tibor berish lozim. Ular zamonaviy gilamlarda ishlangan naqshlarga o’xshab ketadi.

Janubiy Turkmaniston hududida hozirgi kunlargacha eneolit zamoniga mansub 32 ta qadimgi makon-tepa ma’lum. Ularning asosiy qismi Ashxobodga yaqin joyda va Geoksyur vohasidan (Quyi Murg’ob va Tajon daryolari orasida) topib tekshirildi. Geoksyur vohasi 8 ta qadimgi qishloqdan iborat. Eneolit davrida ular o’troqlik vodiysiga aylangan va Geoksyurtepa I markaziy makoni atrofida joylashgan. Arxeologlar fikricha, Geoksyur vohasi ayrim o’troq dehqonchilik vohalarining aholisi 4000—5000 kishilik umumiy qabila a’zolaridan iborat bo’lgan.

Geoksyurtepa I atrofidagi qadimgi sug’orish maydonlari 50— 75 gektar bo’lib, kanallarning uzunligi o’rtacha 3 km, chuqurligi 1,2 m, eni 2,4—5,5 m ni tashkil etgan. Dehqonchilikda arpa va bug’doy ekish asosiy rol o’ynagan. Qabilalar hayotida mayda chorvachilik ham katta ahamiyatga ega bo’lgan. Ular bilan birga yovvoyi qushlar va hayvonlar ovi qo’shimcha xo’jalik vazifasini bajargan.

Dehqonchilik rivojlanganligidan o’troqlik makonlari, qadimgi kanallar, mehnat qurollari, toshdan ishlangan yorg’uchoqlar va o’roqlar, don qoldiqlari ham dalolat beradi. Arpa va bug’doy sopol idishlarda saqlangan. Makonlardan katta xo’jalik xonalari ham qazib ochilgan.

Bir necha makonda 15—20 ta uy-joy topildi. Qazishlar natijasida uylar xom g’ishtdan qurilganligi ma’lum bo’ldi. Uylarning pollari va devorlari somonli qorishma bilan suvalgan. Eshiklar uchun yog’och ishlatilmay, ular hayvon terilari bilan to’silgan, lekin so’nggi eneolit davrida yog’och eshiklar paydo bo’lgan, deyish mumkin.

Qurilish texnikasi ancha rivojlangan. Uylar ichida to’rt burchakli yoki halqa shaklidagi o’choqlar o’rnatilgan. Turar joylar yonida don saqlash uchun xonalar va maxsus molxonalar qurilgan. Binolar to’rt burchak va dumaloq shaklida bo’lgan.

Janubiy Turkmaniston eneolit zamoni sopol buyumlari qadimgi hunarmandchilik kasbini o’rganishda g’oyat qimmatli moddiy manba hisoblanadi. Ilk eneolit — Anov I davriga mansub idishlarning 30 % ida naqshlar uchraydi. Anov II davriga mansub idishlarga solingan rangli naqshlar ham ancha ko’p. Ular bilan birga odamlar qurollar, loydan odam va hayvonlarning haykalchalarini yasaganlar.

Qazishmalar natijasida topilgan manbalar ibtidoiy dinlar va ibodatlardan ham dalolat beradi. Eneolit ibodatxonalarida rangli devor nashqlari topilgan. Inshootlar o’rtasidagi markaziy o’choq diniy marosimlar o’tkazishga xizmat qilgan. Bu o’tga sig’inishning dastlabki formalari bo’lishi ham ehtimol, chunki odamlar ibodatxonadagi markaziy o’choqni ovqat pishirish uchun emas, balki tabiiy kuchlarga sig’inish maqsadida qurganlar. Dehqonchilik qabilalari orasida olovdan tashqari, quyoshga, erga, suvga, hosildorlikka sig’inish keng tarqalgan.

Geoksyurtepa va Qoratepadan topilgan jamoa qabristonlari yoki urug’ a’zolarining sag’analari odamlar murdani ko’mishda ma’lum marosimga rioya qilganliklaridan darak beradi. Murdalar yoniga sopol idishlar, mehnat qurollari va zeb-ziynatlar qo’yilgan

Eneolit zamoni tarixiy-madaniy munosabatlarini o’rganishda O’rta Osiyo, Eron va Mesopotamiya aholisining madaniy aloqalariga e’tibor berish lozim O’rta Osiyo janubidagi mis-tosh davri qurilishida va tasviriy san’atida Qadimgi Sharq davlat shaharining madaniy ta’sirini ko’rish mumkin. Tashqi savdo va ayirboshlash asosida O’rta Osiyo janubida misdan ishlangan idishlar, qurollar va zeb-ziynatlar ko’payib boradi.

Eneolit davrida hayot kechirish vohalari kengayib borgan. So’nggi mis-tosh davrida dehqonchilik bilan mashg’ul bo’lgan qabilalar Quyi Murg’obda ham garqaladi Murg’ob vodiy-sida kanal-ariqlar qazib, suv chiqarish imkoni bo’lgan joy-larda (muqim o’troq vodiylarda) sug’orib ekiladigan dehqonchilikning turli formalari vujudga keladi.

Janubiy Turkmanistondagi eneolit davri jamiyati oldingi neolit zamoni jamiyatidan ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari taraqqiyoti darajasi yuqori bo’lishi bilan ajralib turadi Sug’orma dehqonchilik va chorvachilik tirikchilikning asosiy manbalari deb hisoblangan. Eneolit davri odamning eng katta ishlab chiqarish g’alabasi — irrigastiya, sug’orish texnikasi rivoj topgan davr bo’ldi.

Qabilalar mahsulotlari umumiy mulkka aylantirilar, mahsulotlar jamoa ayrim oilalari a’zolari o’rtasida baravar taqsimlanar edi. Uy jamoasining a’zolari umumiy turar joyda yashaganlar, birgalashib ishlaganlar, qurollarga, ro’zg’or buyumlariga va xo’jalik mahsulotlariga ham birgalikda egalik qilganlar.

Janubiy Turkmanistonda tabiat kuchlariga sig’inish vujudga keladi, odamlar ular bilan birga uy oloviga xam izzat-hurmat izhor qilganlar. Muqaddas olovga topinish keyingi tarixiy davrlarda katta ahamiyatga ega bo’ladi. Janubiy Turkmanistonda o’tkazilgan qazishlar vaqtida ayrim qurilishlarning markaziy qismlarida katta o’choqlar topilgan Ularni «olovxonlar»ga mansub deyish mumkin. Ibodatxonalarning devorlariga solingan rangli rasmlar muhim tarixiy ahamiyatga ega. Ibodatxonalar eneolit davri ijtimoiy hayotining diniy markazlari hisoblangan bo’lishi mumkin

Qadimgi diniy qarashlarda ibtidoiy sig’inishlar ham saqlangan. Loydan ishlangan hayvon haykalchalari va rangli sopol idishlardagi hayvon rasmlari totemizm (hayvonlarga sig’inish) ko’rinishlari bilan bog’liq bo’lishi mumkin.

Miloddan avvalgi IV—III mingyillik boshlarida Amudaryo va Zarafshon quyi oqimlarida Kaltaminor madaniyati tosh qurollari, sopol idishlari va uy-joylari keng tarqaladi. O’rta Osiyoning shimoli-sharq dashtlarida va Orol dengizi sohillarida ibtidoiy ovchilik, baliqchilik va ilk chorvachilik xo’jaliklariga asoslangan qabilalar yashagan.

Arxeologlar fikricha, Buxoro viloyatining Lavlakon, Beshbuloq mavzelarida va Zamonbobo 1 qabristonida topib tekshirilgan moddiy manbalar eneolit davriga oiddir. Bu yodgorliklardan so’nggi Kaltaminor madaniyati topilmalariga o’xshash sopol idishlar bo’laklari va chaqmoqtosh qurollar bilan birga misdan yasalgan ignalar va munchoqlar topildi.


Download 235.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling