1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja


-Mavzu: Eneolit va bronza davri arxeologiyasi (Mesopotamiya misolida)


Download 235.97 Kb.
bet51/61
Sana08.01.2022
Hajmi235.97 Kb.
#239079
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   61
Bog'liq
Arxealogiya )

9-Mavzu: Eneolit va bronza davri arxeologiyasi (Mesopotamiya misolida)

(2 soat)

Reja:

Mesopotamiyaning eneolit-bronza davri haqida umumiy tavsif.

Aliqush madaniyatining arxeologik asoslari.

Xassun madaniyati.

Samar (Samariya) madaniyati.

Xalaf madaniyati.

Uruk madaniyati.

Jamdet Nasr madaniyati.
Dehqonchilik va chorvachilik xo’jalik shakllariga o’tish Old Osiyoning tog’ va tog’ oldi hududlarida sodir bo’ladi. Ammo mazkur hududlar keyingi davr taraqqiyotida asosiy markazlariga aylanmay qoladi. Bu hududlarda hosildorlik yuqori va barqaror bo’lmagan. Qadimgi dehqonlar Osiyo va Afrikaning serhosil va subtropik daryo vohalariga o’tish bilan ularning ishlab chiqaruvchi kuchlarning tezlik bilan va jamiyatning stivilizastiya ostonasida bo’lgan keyingi taraqqiyot bosqichiga o’sib o’tishiga olib keldi. Yog’ingarchilik mig’dori etarli bo’lmagan yangi iqlim sharoiti kishilarning agrar ishlab chiqarishining yangi shakli-sug’orma dehqonchilikga o’tishlariga turtki bo’ldi. Sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik nafafaqat barqaror hosil olish imkoniyatini yaratdi, balki, boshoqli ekinlarning hosildor navlarini vujudga kelishiga sabab bo’ladi.

Mil.av.VII ming yilliklarda Zagrosning dehqon-chorvador qabilalari yangi ekin maydonlari va chorva yaylovlarini izlab yangi hududlarni ishg’ol qila boshladi. Bu birinchi navbatda Mesopotamiya pasttekisliklari bo’lib, ilk qishloqlari paydo bo’la boshladi.

Qadimgi dehqonlarning ilk qishloqlaridan biri Aliqush yodgorligi hisoblanib, u Mesopotamiya pasttekisligining sharqida hozirgi Eron hududida joylashgan. Yodgorlik madaniy qatlami 7,5 metrni tashkil etib, tadqiqotchi olimlar tomonidan ikki bosqichi: Bas Mordex (mil.av. 7500-6750 yillar) va Aliqo’sh. Ilk bosqichidagi uy-joylar qo’pol xom g’ishtlardan barpo qilingan. Ularda xo’jalikning asosini chorvachilik shakli tashkil etgan. Asosan echki va qisman qo’y boqishgan. Ovchilik ahamiyatini yo’qotmagan. Shuningdek, termachilik ham asosiy oziq-ovqat etkazib beruvchi tarmoq sifatida saqlanib qolgan. Aholi dehqonchilikka o’ta boshlaganligini topib o’rganilgan boshoqli o’simliklar bir qatorli arpa va bug’doylarning atigi uydan bir qismini tashkil etganligidan ko’rish mumkin. Tadqiqotchi olimlarning fikrlariga ko’ra mazkur bosqichga oid manzilgohlar Zagrosdan qish mavsumida yashagan chorvador-ovchi qabilalarga tegishli bo’lib, ular dehqonchilik bilan tanish bo’lishgan. Aynan magiya gid qabilalarning vohaga siljishi o’troq dehqonchilik madaniyatining qaror topishiga sabab bo’lgan.


Download 235.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling