1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja


Download 235.97 Kb.
bet35/61
Sana08.01.2022
Hajmi235.97 Kb.
#239079
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61
Bog'liq
Arxealogiya )

Oq tanga manzilgohi 1951 yildan 1953 yilgacha V.A.Ranov tomonidan o’rganilgan. (Litvinskiy, Ranov, 1961, 30-49 betlar; Litvinskiy, Ranov, 1964, 3-24 betlar). Hozirgi kunda bu ko’p madaniy qatlamli hamda juda qiziqarli arxeologik manbalar bergan yodgorlik hisoblanadi. Hozircha bu manzilgoh to’laligicha chop etilgani yo’q. V.A.Ranov bu manzilgoh materiallarini qisman o’rganib 6-madaniy qatlamini mezolit davriga oid degan xulosaga kelgan.

Shuningdek, Tojikiston hududi mezolit davrini o’rganishimizda, Beshkent vohasidagi qator manzilgohlar ilmiy ahamiyati qattadir. Bu yerlarda 50-yillarda birinchi bo’lib A.P.Okladnikov tomonidan Chilchor-Chashma, ya’ni madaniy qatlami buzilgan manzilgoh topilgan. (Okladnikov, 1958, 50-58 betlar). Tojikiston hududi mezolit davri jamoalari moddiy madaniyatini o’rganishda Obi Kiyik madaniy kompleksining ham o’rni bor. (Okladnikov, 1966, 66 bet). Bu makon tosh industriyasi paraqali va mikroparaqali hisoblanib, tosh qurollari faqat chaqmoqtoshlardan yasalgan. Asosiy, tosh qurollari paraqadan va mikroparaqadan yasalgan. Shuningdek, paraqa qurollar ichida past bo’yli cho’zinchoq segmentlar, asimmetrik uchburchaksimon geometrik qurollar, Shatelperron tipidagi teshgich qurollar uchraydiki, bu turdagi qurollar o’z jihatlari bilan Shimoliy Afg’oniston Zodian guruhi makonlari qurollariga juda o’xshash. (Vinogradov, 1979). Obikiyik madaniy kompleksi o’ziga xos xususiyatlari bilan O’rta Osiyo miqyosida faqatgina Dam-dam-chashma-II makoni 4-madaniy qatlami «yuqori» (Markov, 1966, A,V) qismi va Ali-tappex makoni tosh qurollariga yaqin.

Sharqiy Pomir hududida mezolit davriga oid yana bir madaniyatning borligi aniqlandi. Bu madaniyat «Istiq» g’or makoni arxeologik materiallari asosida ajratilgan. Jumladan, Istiq g’or makonidan topilgan arxeologik materiallar, bir qarashdan o’z tipologiyasi bo’yicha Oshxona madaniyatidan keskin ajralib turadi. Jumladan, Istiq g’or makonidan dastlabki tekshirish uchun transhey qazib ko’rilgan (1975 yilda qazilgan) va bu transheydan qimmatli arxeologik materiallar olingan. Istiq g’or makonida bundan keyin 1976-78 yillar mobaynida uch arxeologik dala mavsumida tadqiqotlar olib borilgan. Istiq g’or makoni Istiqsoyning chap qirg’og’ida joylashgan. Bu makon dengiz sathidan 460 km balandlikda joylashgan. Istiq g’or makoni og’iz qismi janubga tomon, ya’ni quyosh nuri bemalol tushadigan tomonga qaragan bo’lib, uning og’iz qismida supa maydoni mavjud. Ana shu supada 16 metr kvadrat sathida madaniy qatlam o’rganildi. Qazish ishlari transheya uslubida o’tkazilib 4 ta madaniy qatlam borligi aniqlandi. Bu madaniy qatlamlarning ustki 2 ta gorizonti odamzodning keyingi faoliyati natijasida buzilib ketgan


Download 235.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling