1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja
-Mavzu: Qadimgi va o’rta asrlar arxeologiyasi. (Buxoro misolida) (2 soat)
Download 235.97 Kb.
|
Arxealogiya )
13-Mavzu: Qadimgi va o’rta asrlar arxeologiyasi. (Buxoro misolida) (2 soat)
Reja: 1. Buxoro vohasining shimoliy qismidagi tadqiqotlar. Romishdagi tekshirishlar. 2. Varaxsha va Paykenddagi arxeologik tekshirishlar. 3. Buxoro shahridagi arxeologik qazishmalar. Buxoro shaxri 2500 yilligining arxeologik asoslari.
Buxoro, Navmichkat, Farobdiz, Buyuk Ipak yuli, ('iyovush, Shishkin, Mag’oki Attori, Zamonbobo, Qumrabodyu Lrabon, Chordora, Romush, Buxoro Arki, Zindon, shahar devori, Parijdagi tantanalar. Buxoro vohasidagi dastlabki ibtidoiy manzillar dare bo’ylari va suvlot erlar atrofida paydo bo’lgan. Bunga Zamonbobo ko’li atrofida, Moxondaryo, Gardush, Gujayli uzanlari buylaridagi va Luxlikul atrofidagi manzillar misol buladi. Mil.avv. 2 ming yillik oxiri 1 — ming yillik boshlaridan boshlab, Urta Osiyoning dashtlik erlarida yashayotgan aholi hayotida sodir bo’lganidek, Quyi Zarafshon vohasi xalqlarida ham chorvachilik xo’jaligining tez rivojlanishi jarayoni kuzatiladi. Daryo adog’larining dehqonchilik uchun qulay erlarida esa yarim ko’chmanchi aholi — chorvadorlarning ma’lum qismi o’troqlashib, yangi —yangi dehqon jamoalari shakllana boshladi. Virok, bu davrda suvi qurib borayotgan Mokandaryo, Gurdush na Gujayli dashtlikka aylanib borayotgan edi. Shuning uchun o’troq hayot nobop bo’lib qoladi. Natijada yarim chorvachilik yarim dehqon jamoalalari bu qadim o’lkani tark etib, hozirgi Buxoro vohasining shimoliy va shimoli — g’arbiga — Qiziltepa va Vobkandare adog’lariga tomon siljib borganlar. Varaxshadan 20 km g’arbdagi Boshtepa guruxi nomi bilan mashhur bo’lgan yodgorliklar atrofida Qiziltepa, Xo’ja Bo’ston Boyazdiy shahar xarobasining ostki qatlamlarida qayd etilgan so’nggi bronza davri yodgorligi bunga misoldir. Shu zamonda Zarafshon vodiysining yuqori va o’rta qismlarida soy etaklari va buloqlaridan hosil bo’lgan sizot suvlari atrofida dehqon jamoalarining qishloqlari paydo bo’lib, ularning atrofidagi chorvador aholi bilan muloqoti kuchayib bormoqda edi. Dehqonchilik va chorvachilikning yuksalib borishi, xunarmandchilikning o’sib borishi, dehqon va chorvador aholi o’rtasida savdo va ayirboshlashning o’sishiga olib keladi. Bu esa urbanizastiya jarayonini tezlashtiradi hamda qadimgi So’g’d' madaniyatining shakllanishiga olib keladi. Bu jarayon ishlab chiqarishda yangi xom — ashyo — temirdan foydalanish bilan bog’liq edi. Qadimgi Sugd madaniyatiga mansub dehqon , v a hunarmand jamoalarining mil.avv.VII —VI asrlarga oid qishloqlari avval o’rta Zarashfonda (hozirgi Samarkand atroflari) qad ko’tarib sedin —asta Zarafshon vodiysining quyi tomoni bo’ylab, Navoiy viloyatining Qalkonota Konimex tumani hamda Varaxshaning g’arbida ham paydo bo’lgan. Mil.avv. VI—V asrlarda Buxoro vohasining shimoliy va shimoli — g’arbiy hdudlar Konimex va Vobkandare atroflaridagi yorlar o’zlashtirilib, o’troq dehqon qishloqlari qad ko’tara boshlagan. Bu qishloqlarning deyarli hammasi daryo tarmoqlarining arnalari yoqasida joylashgan. Suvga yaqin bunday erlarda dehqonchilik qilish ancha qulay bo’lgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida shu zamonga mansub bir qator qishloq xarobalari topib o’rganilgan. Ular Konimex tumanidan 5 km g’arbdagi Qumrabot, Arabon—1, Arabon —2 va Chordara degan joylar qum ostida ancha yaxshi saqlangan ekan. Kumrabod qishloq xarobalarini A.R.Muxammadjonov tekshirgan. Tekshirishlar natijasida qishloq paydo bo’lgan vaqt, imorat tuzilishi, xo’jaligi, ayniqsa hunarmandchilik bilan boglik kup masalalarga oydinlik kiritildi. Mil.avv VI —V asrlarga oid bu yodgorliklar Kumrabod qishlog’idan yarim km cha uzoklikda joylashgan bo’lib, bir qismi buzib yuborilgan. Saqlanib qolingan kiem maydoni 45x50 m, 9 xonali katta binoli uy, hovli va kulolchilik ustaxonalari bor. Atrofi qalin, mustahkam paxsa devor bilan o’ralgan ko’rg’ondan iborat. Qalinligi 1,20 sm dan 2,20 sm gacha, balandligi 60 sm gacha saqlangan. Kulolchilik ustaxonasi ko’rg’onning sharqiy qismida joylashgan ikki kurrali xumdon bo’lib, sapol idishlar pishirilgan. Xumdonda kulolchilik charxida yasalgan labi yupqa, jarangdor quvacha va quvachasimon, tog’orasimon ko’zalar yasalgan. Konimex markazidan 5 km g’arbda joylashgan Chordara tepaligi ham ochib o’rganildi." Tepalik maydoni 40x20 m, balandligi 11 m ga teng. Tepalik ostki, qatlamida qalinligi 7 — 8 sm, eni 28 — 30 sm uzunligi 56 sm li xom g’ishtdan va paxsadan urilgan istehkomli qo’rg’on xarobalari ochildi. Shuningdek,. bu hududlan yana o’trok dehqonlarning mozor qo’rg’onlari ham topib o’rganilgan. Bunday yodgorliklar Shodibek va Qalqonota qishloqlari yaqinidan qazib o’rganilgan. Garchi qabrlarning ko’pchiligi o’sha zamondayoq qazib ochilib, dafn ashyolari o’g’irlab ketilgan bo’lsa —da, go’rxona — qabrlar markazida joylashgan to’rtburchak, tuxumsimon, cho’ziq shaklda-, xajmi .2 — 2,2x0,6 — 0,9 m, chuqurligi, 0,4 — 0,6 m ga teng. Marhumlar chalqancha, boshi shimoli — sharqqa qaratib ko’milgan. Erkak skeletlarining ko’pida bel qismida bir tomoni teshilgan qayroklar uchraydi. Kalla suyaklardan birining ichidan bronzadan yasalgan uch parrakli kamon o’qining paykoni topilgan. Bu ashyolar Konimex vohasidagi axoli manzillarining sanasini belgilash uchun asos bo’ldi. Larmish xarobalarini o’rganish XX asrning 70 yillardan boshlangan edi. Bu yodgorliklar Buxoro vohasidagi ko’p shaharlar madaniyatining shakllanib rivojlashniida muxim rol o’ynagan. Shularni e’tiborga olib bo’lsa kerak, Narshaxiy Buxoro vohasida qad ko’targan eng qadimgi qishloqlar haqida xikoya qilganda, Varaxsha «Katta qishloqlar jumlasidan bo’lib», u Buxoro shahridan qadimiyroqdir deb, asossiz yozmagan bo’lsa kerak. 1975 — 1977 yillarda Varaxshaning ostki qatlamidan topilgan ashyolar bu fikrni ma’lum darajada tasdiklamokda. Buxoro vohasining shimoliy tomonida yana bir qator tekshirishlar amalga oshirilgan. Malikcho’lning shimolidan oqib o’tuvchi Zarafshon daryosi bo’ylarida, uni cho’l bilan chegaralovchi Kampirdevol yoqalib yuzaga kelgan qator qo’rg’onlarda 1960—1961 yillarda moskvalik arxeolog O.V.Obelchenko arxeologik qazish o’tkazdi. Qiziltepa yaqinidagi qabriston, Shahri Vayron, Xazora qishloqlari yaqinidagi 21 ta qo’rg’on qazib o’rganildi. Kabrlarning bir qismi milodning boshlariga oid bo’lib chiqdi. Kabrlardan dudama qilich, Yunon Baqtriya tangalari, kumush 'tangalar singari ashyoviy "buyumlar topildi. VI —VIII asrlarga oid xumlardagi dafn qilingan suyaklar bu qabristonlardagi islomgacha bo’lgan so’nggi dafnlar bo’lsa kerak, degan xulosaga kelindi. Shaxri Vayron yaqinidagi 5 ta joy qazilganda, qabrlardan temir qilich, kamon o’qi paykoni, Xazbra qabristoni tekshirilganda esa bu joyni 500 tacha o’yib kovlab tayyorlangan qabrlar ekani aniqlandi. O’n to’rttasi tekshirilb o’rganildi. Dafn qilingan marhumlarning yog’och tobutlarda ekani o’ziga xosdir. Yuqoridagi joylarda- o’tkazgan arxeologik tekshirishlarda topilgan ashyoviy . dalillar,. ayniqsa, Qiziltepa qabristonidan topilgan marhumlarning suyak qoldiqlari V.Ya.Zezenkova tomonidan o’rganilib, quyidagi xulosalarga kelindi. 37 ta bosh suyagi tekshirilganda, faqatgina ikkitasida o’lchov ishlarini amalga oshirish mumkin bo’ldi. Kolgan suyaklar maydalanib ketdi. Butun kalla suyagi yoshi katta ayolniki ekan. Suyakning tuzilishi dolixotefal — cho’ziq bosh —evropoid irqiga oid bo’lib chikdi. Ossuariylar biridan topilgan bosh suyagi birmuncha maydalangan bo’lsa —da, tekshirish olib borish imkonini berdi. Bu ashyo V —VI asrlarga oid bo’lib evropoid irqiga mansub ekan. Kiziltepa qabristonidan topilgan bosh qopqog’i yumaloq boshniki bo’lib, mil.avv.P —I asrlarga oid ekan. U xam evropoid irqiga mansub. Hazora mozoridan topilgan 2 ta bosh suyagi milodiy I asrga oid, evropoid irqiga mansub. Birtasi voyaga etgan o’smir yigitniki, ikkinchisi yoshi katta kishining bosh suyagi ekan. Bu ashyoviy dalillar milod boshlarida Buxoro vohasi xalqlarining etnik ta’sirga ko’p uchramaganligi, ular Evropa irqiga mansub bo’lib, mo’g’illashish ham keng tue olmaganligini bildiradi. 1977 yilda Kiziltepa tumanida A.R.Muhammadjonov boshchiligidagi arxeologlar 54 ta turli yodgorliklarni tadqiq qilib, ularning ayrimlarida qazish ishlarini amalga oshirdilar. Yodgorliklar Zarafshon irmog’i bo’ylab, cho’l chegarasida joylashgan. Abu muslim va Zarmetan kanallari o’zanida joylashgan ilk o’rta aerlardagi bu tmavzelar odamlar tomonidan yaxshi o’zlashtirilgan va qator aholi manzillariga aylangan. Xozir oddiy balandliklarga aylangan, balandligi 1—3 m, eni 16 — 22 m gacha bo’lgan Kimpirdevol mudofaa tizimiga Abu Muslim kanalining bosh kismini himoya qiluvchi Qiziltepa, Shahrivayron, Abu Muslimtepa singari qo’rg’onlar kirgan. Bu yodgorliklarni 1934 yilda A.Yu.Yakubovskiy boshchiligidagi otryad tekshirgan edi. A.Muxammadjonov boshliq tadqiqotchilar Lavandaktepa qorovullik manzilini ham tekshirib, ko’plab ashyoviy dalillarga ega bo’ldilar. Oqsochtepa, Toshrabot—1, Toshrabot —2, Qorovultepa .singari Kampirdevol bo’ylab qad ko’targan mudofaa inshootlari ham tekshirildi. Kampirdevol Korovultepaning yonidan o’tgan. Qorovultepa minorasi 5,5 — 6,5 kattalikda, balandligi 5 m Kampirdevoldan ichkarida Xo’ja Bo’ston shahar darvozasi joylashgan bo’lib, uning arki olimlar tomonidan qazib o’rganilgan. Ark maydoni — 110x95 m eki 10,5 sotix, Oalapdligi / m. Lrkdap jaiubDA ShaxrISTON KOYLyShGSSh bulib, 170x290 m. (50 sotix), balandligi (> metrli maydondan iborat. Arkning sharq tomonida shurf qazilib tadqikotlar olib borildi. Bu erda chuqurligi 14,5 metrlik madaniy qatlam ochildi: Katlamlar quyidagi davrlarga oid ekan: 1—katlam VII —VIII asrlarga oid, ko’plab sopol buyumlar, kul va yong’in izlari chiqdi; 2 — katlam — III — IV asrlarga oid; 3 — katlam— mil.avv.1 asr — milodiy I asrga; 4 — katlam — mil.avvLU—III asrlarga oid; 5 —katlam— MHA.aBB.VI —V asrlarga oid; 6 — katlam — sunggi bronza davri — Zamonbobo madaniyatiga oid ekan. Xo’ja Bo’stondagi bu katlamlar xronologiyasiga e’tibor qaratsak, yuqoridagi davrlar oralig’ida tushkunlik davri yoki madaniy katlam bo’lmagan davrlarni ham ko’rishimiz mo’mkin. Antik va ilk urta aerlar shahristoni bo’lgan Xo’ja Buston Tavovisga o’xshab, Buxoro vohasining sharq tomondan- himoya qiladigan qorovullik manzili "sifatida paydo bo’lgan. Shunday qilib, Buxoro vohasining shimoli va shimoli — g’arbiy qismlarida vohani dushmanlardan himoya qilishga ^ljallangan Kampirdevol yoqalab himoya manzillari mil.avv. VI —V asrlardan boshlab shakllana boshlagan. Buxoro vohasining qadimgi axoli manzillaridan biri Romishda 1973 yilda Rastam Sulaymonov boshchiligidagi ekspedistiya bir mavsum ishlab, uning g’arbiy tomonida katta tepa urtasida shurf kazib urgangan edi. Buning natijasida Romish haqiqatdan ham-Buxoroning hadimgi qishloqlardan biri sifatida boy madaniy qatlamga egaligi ma’lum bo’ldi. Uning pastki qatlamlari milddan avvalgi IV asrdan boshlab shakllanib, milodiy III —IV asrlarda mustahkam qo’rg’on va katta qishloq sifatida yuzaga kelgan. Buxoroga islom dini kirib kelganidan keyin xam Romishliklar uzok vakt otashparastlik e’tiqodida qolganlar. Bu erda otashparastlar ibodatxonasi islom davrida (VIII —X asr) faoliyat yuritgan. Romushda 3 ta katta tepa bo’lib, rabotlardan iborat bo’lgan. Eng katta rabotda arxeologik tekshirishlar o’tkazilgan. Shimol tomondagi tepalik Shayxi kalon deyiladi. Hajmi 130x90 m. Ikkinchisi Gulistontepa birinchi tepadan g’arbda joylashgan. Shayxikalontepadan pastroq, balandligi — 10 m, maydoni 130x130 metr hajmda. Uchinchi tepa Shayxikalondan 60 — 70 metrgacha janubiy sharqdagi Xo’ja Romush tepaligidir. Balandligi 3 — 4 m, uzunligi 150 — m, eni —50 —70 m. Qalkonsimon shaklidagi tepalik bo’lib, hozir mozorga aylangan. Markaziy tepadan shimolda 50 metrcha uzoqlikda yana bir tepa bo’lib, uzunligi 90— 100, eni 50 m, balandligi— 1,5 m. g’arbdan sharqqa tomon cho’zilgan. Uz vaktida bu to’rt tepalik bir butun kompleksni tashkil qilgan. Markazdagi Xo’ja Romush va Shayxikalon katta —katta imoratlar, turar joylar va ishlab chikarish binolari bilan band bo’lgan. Bularning barchasi yagona tashqi ximoya devori bilan o’ralgani ehtimol. Maydoni 9 gektar — 300x300 metrdan iborat. Antik zamonning katta shaharlaridan biri bo’lgan. Ustki qismidagi ochilib qolgan ashyoviy dalillarda mil.avv I asr sopol-'buyumlari" bilan XVIII asrning past sifatli sirli sopollarigacha uchraydi. 1973 yilgi Gulistontepada o’tkazilgan razvedka xarakterdagi qazish 15x15 m hajmdagi joyda olib borilgan. Ustki qatlamini 30 — 50 sm ochilishi bilan olam tomonlariga qarab yo’naltirib qurilgan ulkan imorat qoldiqlari chikkan. Jami 24 ta madaniy qatlam 12 m chuqurlikkacha qazib ochilgan. Sopol buyumlari mil.avv.IV— III asrlardan milodiy V asrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Tepaning xronologik davri taxminan mil.avv IV asr — milodiy V asrni o’z ichiga oladi. Romushdagi tekshirishlar natijasida ko’plab asheviy dalillar, ayniqsa, osteologik uy va yovvoyi xayvonlarning qoldiqlari, ashyoviy dalillar topilgan. Ular jami 145 zotdan iborat bo’lib, 1442 suyaklardan tashkil topgan. Eng kupi olti xildagi uy hayvonlari bo’lgan. 58% mayda shoxli mollarning suyagi bo’lgan. Chunki bu hayvonlar cho’l etagida biologik moslashgan bo’lib, qadimgi ajdodlarimizpipg asosiy iste’mol mahsuloti edi. Uning go’shti, juni, terisidan foydalanishgan. Mayda xayvonlarning 42,9% i 3 —12 oylikgacha bo’lgan. Romishliklar ovkat uchun 1—2 yoshli hayvon go’shtlaridan eng ko’p foydalanganlar. Qoramollar ko’prok xo’jalik ishlarida ishlatilgan. Bronza davri kishilarning asosiy mashgulot turlarin sanab utingq Bronza davri manzilgoxlari. Bronza davri kashfiyotlari. Bronza davrida xujaligining rivojlanishi xususyatlari. Bronzaning kashf etili kishilik jamiyatida kanday uzgarishlarga olib keldiq Download 235.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling