1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja
Download 235.97 Kb.
|
Arxealogiya )
Uruk madaniyati (mil.av. IV ming yillikning ikkinchi yarmi). Bu davrda manzilgohlarning tabaqalashish jarayoni kechadi. O’troq dehqon jamoasining kichik hajmdagi qishloqlaridan tortib, bir necha o’n gektardan ortiq maydonni egallagan yirik shahar toifasi qaror topadi. Masalan Uruk shao’rining bu davrdagi maydoni 45 gektarni tashkil etgan. Shahar markazlari me’morchiligida ibodatxonalar markaziy o’rinni egallagan. Uruk shahrida shumerlar tilida E-anna nomi bilan yuritilgan ibodatxonaning o’rni aniqlangan. Ibodatxona 16 metr balandlikdagi tagkursi ustiga qurilib, atrofida mudofaza devorlari bilan o’rab olingan. Ibodatxona o’rtasida bosh xudo sharafiga yasalgan haykal joylashgan. Ibodatxona bir necha marotaba qayta qurilgan. Boshqa turdagi ibodatxona Inan xudosi sharafiga barpo qilinib, tomonlari 75x25 metrni tashkil etadi. “Oq ibodatxona” (tomonlari 83x53 metr) devorining sirti tashqi tomondan ohaktoshlar bilan qoplangan. Mahobatli ibodatxona majmualari Mespotamiyaning barcha shahar-davlatlarida mavjud bo’lib, ular ibodatxona tashkiloti va xo’jaligining ramzi sifatida namoyon bo’lgan. Unda shahar davlatning asosiy moddiy boyliklari jamlangan. Arxeologik tadqiqot ishlari natijasida qimmatbaho va rangli metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zeb-ziynat, san’at va boshqa turdagi buyumlar majmuasi topib o’rganilgan. Bu davrda shaharlar hunarmandchilik ishlab chiqarishi va savdo markazlariga aylanadi. Hunarmandchilik ixtisoslashuvi kengayib boradi. Kulolchilikda tez aylantiradigan charxlarda keng foydalanila boshlaydi. Irrigastiya tizimining takomillashuvi sug’orma dehqonchilikning taraqqiyotiga asos bo’ldi. Mesopotamiya yodgorliklarining janubdan shimolga tomon ma’lum bir chiziqda joylashishiga ko’ra ular yagona sug’orish inshooti asosida suv bilan ta’minlanganligini ko’rsatadi.
Download 235.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling