1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja


Download 235.97 Kb.
bet10/61
Sana08.01.2022
Hajmi235.97 Kb.
#239079
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61
Bog'liq
Arxealogiya )

Takali joy-makonlari. Bu makonlar kompleksi Qoratog’ tizmasi yonbag’ridagi Takali degan joyda bo’lib, u Ko’ktol daryosi yoki Takali buloq chashmasidan 5 km sharqdadir.

Takali I, II, III deb atalmish joylardan esa 300 dan ortiq tosh buyum va tosh qurollar topilgan. Tosh buyum va qurollar mayda zarrachalik qora va kulrang-qoramtir chaqmoqtoshdan yasalgan. Chaqmoqtoshning bu turlari alohida qoyalar, harsang toshlar va shag’al toshlar shaklida Kichik Qoratog’ning shimoli-g’arbiy va shimoli-sharqiy, shuningdek, Aristandi va Chayan daryolari darasida ko’p uchraydi; tosh asri kishilari esa tosh qurol uchun xom ashyoni ana shu joydan olgan bo’lsalar kerak.

Takalidan topilgan tosh qurollar o’zining soddaligi, kattaligi, qo’polligi bilan qadimiy ko’rinishga ega bo’lib, Abxaziyaning (Gruziya) Yashtuxa, Satanidar degan joylaridan, Shimoliy Osetiya va Palastindan topilgan so’ngi ashel davri qurollariga o’xshab ketadi. Shuning uchun Takali tosh qurollari ilk tosh asrining so’nggi bosqichi — ashel-muste davriga, ya’ni miloddan avvalgi 300 — 200 mingyilliklarga mansub bo’lishi mumkin.


Download 235.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling