1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja
Download 235.97 Kb.
|
Arxealogiya )
Turkmaniston hududida mashhur arxeolog olim A.P.Okladnikov va uning shogirdlari olib borgan arxeologik qidiruv ishlari natijasida 1947 yilda Turkmanistonning janubidagi Kopetdog’ etaklaridan ilk tosh asriga mansub yodgorliklar topildi va o’rganildi.
Turkmanistonning janubidan topilgan ilk tosh asri yodgorliklari orasida Yangaja va Qora Tanger joy-makonlari alohida o’rinni egallaydi. Bu miloddan avvalgi 200—150 ming yil qadimiy davrga to’g’ri keladi. Markaziy Kopetdog’ning ikki joyidan qadimgi tosh asriga mansub joy-makon topilgan bo’lib, shundan Tomchisuv bulog’i yaqinidagi makon diqqatga sazovordir. Tomchisuv joy-makonidan 20 dan ortiq qadimiy tosh qurollar topildi; V. A. Ranov ularni so’nggi ashel davriga mansub deb faraz qiladi. Bu erga ilk davrda yashovchilar asosan termachilik va ovchilik bilan tirikchilik o’tkazganlar, tabiat oldida juda ojiz bo’lib, unda mavjud bo’lgan tayyor mahsulotlarni o’zlashtirib yashaganlar. Ular na diniy tushunchalarni, na hunarmandchilikni, na dehqonchilikni va na chorvachilikni bilganlar. Xulosa qilganda O’rta Osiyoning ilk tosh asri makonlarida o’zlarining mehnat faoliyati izlarini va qurollarini qoldirgan kishilar eng qadimgi odamlarga — arxantroplarga mansub bo’lganlar. Buxoro vohasining tabiiy sharoitida Zarafshon daryosi hal qiluvchi rol o’ynaydi. Bu xakda Narshaxiyning yozib qoldirgan ma’lumotlari yuqorida qayd qilingan edi. Zarafshon daryosi bundan VI-VII ming yil oldin bir necha tarmoqlarga bo’lynib, Amudaryoga borib qo’shilgan. Uning birinchi tarmog’i Moxondaryo deyilib, Og’ar qishlog’i erlaridan g’arbga tomon oqib, Moxonko’l, Lo’xliko’l, Xo’jako’llarni hosil qilib Nargizkal’a va Oqrabot degan joylardan Amudaryoga qo’yilgan. Amudaryoga ko’shilish joyida «Suvlat» deb ataluvchi 9 ta chuqurlik hosil bo’lgan. Bu joylar ov va baliqlarga boy bo’lib ibtidoiy ajdodlarimizning yashashi, tirikchilik qilishi uchun qulay bo’lgan. Shularni hisobga olib Ya.G’ulomov boshchiligidagi arxeologlar 1950 yillardan boshlab bu joylarda arxeologik tekshirish ishlarini boshlaganlar. Natijada ko’plab neolit davri tosh qurollarini topishga erishganlar. Moxonko’ldan toshgan suv janub tomonga oqib Gardush tarmog’i Zamonbobo ko’lini, undan shimoli — g’arbga burilib, Katta va Kichik Tuz kon ko’llarini hosil qilgan. Bo’yi 18 km, eni 12 km lik kattagina ko’l shundoq ko’rinib turar edi. Ya.G’ulomov ko’l bo’ylarida, qirg’oqlarida aholi manzillari, qadimgi makonlar bo’lishi kerak degan extimol bilan tekshirishlarni boshladi. Natijada qirg’oqlardan 29 maskan, tosh qurollar, o’choq koldiqlari, shamol buzib ulgurmagan chaylaning o’rni aniqlandi. 1959—1966 yillarda O’tkir Islomov tomonidan Katta va Kichik tuz konlardan yana 39 joydan neolit manzillarini topishga muvaffaq bo’lindi. Bundan 3500 yillar oldin Katta Tuz kon atroflarida hayot sekin asta so’nib odamlar bronza davrining ilk dehqonchilik va chorvachilik xayotiga" o’tib tirikchilikni davom ettirganlar. Bu aholining Gurdush quruk o’zani yoqasidagi yog’och va qamishdan yasalgan yarim tuxum shaklidagi uylari yuzaga kelgan. Olimlar tomonidan bunday uylar ochildi. Ulardan o’choq, sopol idishlar, tosh, metall buyumlari, hayvon suyaklari, arpa, bug’doy, tariq kabi don ekin qoldiqlari topilgan. Chayladan 500 metrcha shimoli — g’arbda shu erda yashagan bronza davri aholisining qabristoni ham aniqlandi. Unda marhumlarni g’ujanak qilinib, buyumlari va oziq — ovqatlari bilan dafn qilingan. Bu joyni Zamonbobo deb nomladilar. Zamonbobo hududida mil.avv. X —VIII asrlarda xayot tuxtagan. Buning sababi Zarafshon suvining kamayishidir. Bundan keyingi xayot Buxoro vohasining shimol va g’arbiga suv berib turgan Xitfar — Vobkandaryo atroflariga ko’chgan. Zarafshonning bu irmog’i xozirgi Qiziltepa xududidan, Zarafshonning keng yoyilib oqadigan joyidan tabiiy o’zan tarzida ajralib chiqqan va g’arbga qarab oqqan. Uning atroflarida ko’plab manzillar yuzaga kelgan. Bu manzillarda bronza davridan boshlab hayot gavjumlashgan. Vohaning shimoli — g’arbiga ko’chgan aholi bu joylarda soy, ariq, arna buylarida ilk aholi manzillarini yuzaga keltira boshlagan edilar. Karmana vohasi shimol tomondan Koratog’ tizmalari bilan chegaralangan. Qoratog’ etaklarida aholini turmush kechirishi uchun qulay imkoniyatlar bo’lib, ajdodolarimizning shu erda ko’nim topganligi ehtimoldan holi emas edi. Shu tufayli xam 1958 yilda Qoratog’ tizmalarida tekshirishlar olib borib, shu joydagi Devori Kampirak qoldiqlarini o’rganilishi jarayonida uzbek olimi Xalilullo Muxammedov Vaush tog’ining janubiy yonbag’ridagi Uchtut qishlog’i yaqinidan bir necha tosh qurollarni topishga muvaffaq bo’ldi. Ularni o’rganib, ilmiy jamoatchilikka ma’lum kilgach, bu ashyolar Buxoro va Navoiy viloyatlari hududidagi ibtidoiy ajdodlarimizning eng qadimgi qurollari ekanligi ma’lum bo’ldi. Shundan so’ng Uchtutda arxeologik tekshirishlar kengaytirildi.
Download 235.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling