1-Mavzu: Arxeologiya faninig maqsad va vazifalari. Reja
-Mavzu: Temir davri manzilgohlari
Download 235,97 Kb.
|
Arxealogiya )
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chust madaniyati rivojlanadi
12-Mavzu: Temir davri manzilgohlari.
Reja: Temir davri haqida umumiy tasnif Ilk temir davri manzilgohlari Ikkinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti
O’rta Osiyoda ilk temir davrining boshlanishi va temir metallurgiyasi—metallchilik kashf etilishi haqida arxeologlar orasida ilmiy bahslar boradi. Olimlarning bir guruhi O’rta Osiyodagi ilk temir davri Eron va Hindistonga zamondosh bo’lib, miloddan avvalgi X—VIII asrlarda boshlangan, deb hisoblaydi. Ammo Anov va Dalvarzinda topilgan eng qadimgi temir o’roq va pichoq miloddan avvalgi VIII—VII asrlar bilan sanalanadi. Miloddan avvalgi VII—VI asrlarga mansub temir pichoqlar Xorazmdagi Quyisoy. Qashqadaryodagi Daratepada topildi va yuqorida ko’rsatib o’tilgan O’rta Osiyo madaniyati uchun xarakterlidir. Qadimgi temir qurollar asosan miloddan avvalgi VI—IV asrlar bilan sanalanadi. Ushbu ma’lumotlarga ko’ra, miloddan avvalgi X—VIII asrlarni O’rta Osiyo tarixida bronza davridan ilk temir asriga o’tish davri deb hisoblash mumkin, (ilk temir asri miloddan avvalgi VII—IV asrlarga mansub deb faraz qilinadi). Miloddan avvalgi I mingyillikning boshlariga oid yodgorliklardan Janubiy Turkmanistonda 46 ta qadimgi qishloq xarobasi ma’lum, bunday xaroba Surxondaryoda 8 ta, Qashqadaryoda 7 ta topilgan. Quyi Murg’obdagi Yoztepa, Arvalitepa, Ko’hnatepa, Uchtepa, Surxondaryodagi Kuchuktepa, Bandixon I va Qiziltepa, Qashqadaryodagi Erqo’rg’on, Chiroqchitepa va Sangirtepa ham shunday xarobalar jumlasiga kiradi. Yodgorliklarning eng qadimgi madaniy qatlamlari temir asriga o’tish davriga xosdir.
Qadimgi aholining turmushida metallchilik, kulolchilik va to’quvchilik katta rol o’ynagan Chustliklar yasagan bronza o’roq, kamon o’qlarining paykonlari, tosh o’roq, pichoq va ranglch sopol idishlar. Yoz I va Kuchuk I buyumlariga ancha o’xshaydi Bronza davridan temir asriga o’tishda Urta Osie qabilalari o’rtasida mustahkam madaniy, ayirboshlash va savdo aloqalari bo’lgan. Arxeologik topilmalar orasida keng tarqalgan sopol idishlar umumiy madaniy jarayonlardan dalolat beradi. Chust madaniyatiga mansub pldor sopol buyumlar topilgan. Sopol idishlar uy xo’jaligida ishlatilgan qozon, xumcha, tuvak, ko’za va tovoqlardan iborat. Ular asosan qo’lda ishlangan va rangli geometrik chiziqlar bilan naqshlangan. Mutaxassislar Yoz I davri madaniyati O’rta Osiyoda Sharqiy Eron qabilalari yoyilishi bilan bog’liq bo’lnshi mumkin, deb faraz qiladilar. Lekin yozma manbalarsiz ushbu masalani aniqlash juda og’ir, chunki arleologik topilmalar asosan madaniy o’zgarishlardan dalolat beradi. Ilk temir davrida O’rta Osiyoning janubiy vohalarida Yoz II, Qizil II va Afrosiyob I tipidagi madaniyat rivojlangan. O’rta Osiyoning qadimiy viloyatlaridagi jamiyat to’g’risida muhim yozma manbalar—Avesto, Axmoniylar davri yozma yodgorliklari va yunon tarixshunoslari hikoya qiladilar. Avesto boblari sharq-eroniy tillarda tuzilgan va manbaning eng qadimgi hujjatlari zamonamizgacha etib kelmagan. Bu to’plam eramizning II—III asrlarida tahrir qilingan va undan foydalanishda juda ehtiyot bo’lmoq kerak. Avesto (sharq-eroniy tillardan «Asos» deb tarjima qilinadi) Zardusht (Zaratushtra) dinidagi xalqlarning shariat qonunlari majmuidir. Paygambar Zaratushtra (yunoncha Zoroastr, eroncha «Oltintuyali») nomi bilan atalgan zaratushtrizm (zoroastrizm) O’rta Osiyoda ham tarqalgan. Avestoning ayrim eng qadimgi qismlari (masalan, «Gotalar»—«muqaddas qo’shiqlar») axmoniylar davridan oldinroq zamonlarga oid bo’lgan. Avesto ma’lumotlariga ko’ra, ushbu davr qabilalari birlashmasi viloyat — «daxiyu» bo’lgan, urug’ jamoasi — «vis» ayrim oilalardan —"nmana" dan tashkil topgan, bo’lak qabila esa «zantu» nomi bilan mashhurdir. Aholi kohinlar, jangchilar, dehqonlar va chorvadorlar toifasiga bo’lingan. Axmoniylar davridagi (miloddan avvalgi VI—IV asrlar) mixatsimon yozuvlar Bexistun va Naqshi Rustam qoyatoshlarida, Suza, Xamadon va Persepol shaharlarida topib tekshirilgan. Ular qadimgi fors tilidagi turli ijtimoiy, siyosiy va diniy masalalarga doir podsho buyruqlaridan va nutqlaridan iborat. Axmoniylar yozma manbalarida O’rta Osiyo xalqlari va viloyatlari to’g’risida ma’lumotlar bor. Qadimgi yunon tarixchilari Gekatey, Gerodot va Ktesiy asarlari O’rta Osiyo xalqlarining tarixiy va geografik qiyofasini ko’rsatib beradi Saklarning mozor-qo’rg’onlarida ot anjomlari topildi. Gerodotning aytishicha, O’rta Osiyo ko’chmanchilari (massagetlar) yilqichilik bilan shug’ullanganlar. Miloddan avvalgi VII—VI asrlar O’rta Osiyoning dasht va tog’lik hududlarida ko’chmanchi chorvachilikka o’tish vaqtiga to’g’ri keladi. Quyi Sirdaryoning qadimgi irmog’i bo’lgan Inkardaryo bo’yida Uygarak qabristoni topilgan. Yodgorlik halqa shaklida bo’lib, balandligi 1,5—2,0 m, diametri 27—40 m keladi. Kichik mozor-qo’rg’onlardagi oddiy qabrlarda sopol idishlar va bronza.o’q uchlari uchraydi. Katta mozor-qo’rg’onlardagi saklar urur va qabila boshliqlarining qabrlarida yarog’-aslaha, ot anjomlari va zeb-ziynat buyumlari topilgan. Pomirdagi Alichur, Tomdi va boshma yodgorliklarda temirdan yasalgan qilichlar topilgan. Qurol dastasining boshi yoysimon qayirib qo’yilgan. Ko’chmanchilarning mozor-qo’rg’onlarida harbiy boltalar, hanjarlar va bronza o’qlari juda ko’p uchraydi. Saklarning o’qlari bargsimon, ikki yoki uch qirrali bo’lgan. Miloddan avalgi V —IV asrlarda bronza o’qlar bilan birga temir o’qlar ham tarqalgan. Saklarning ot anjomlari, o’qlari va xanjarlari skif yarog’-aslahalariga o’xshaydi, Sharqiy Evropa va Osiyo dashtlaridagi ko’chmanchi qabilalar madaniyatini eslatadi. Bronzadai ishlangan san’at buyumlarida ham yaqin xususiyatlar va katta o’xshashlik bor. Ilk temir davri ko’chmanchilarini mustahkam madaniy aloqalar bir-biri bilan bog’lab turgan. Saklarning shahar xarobalari topilmagan. Kuchmanchilarning uy-joylarn erto’la va chaylasimon uylardan iborat bo’lgan. Ularning turar joylari uncha yaxshi tekshirilgan emas. Yillar davomida chorvadorlar yangi em-xashak maydoni topish uchun harakat kilganlar, o’troq hayot ular uchun muhim rol o’ynamagan. Qadimgi yunon mualliflarining ma’lumotlariga qaraganda, chorvadorlar ko’chib yurganda ularning oilalari va anjomlari aravalarga ortilgan. Saklar mozor-qo’rg’onlarida mulkiy tengsizlik ko’zga tashlanadi, lekin ularda sinfiy jamiyat qachon paydo bo’lganligi noaniq. Arxeologlar fikricha, miloddan avvalgi VII—VI asrlarda ko’chmanchilar orasida harbiy-siyosiy qabila uyushma-lari vujudga kelgan. Dastlabki ko’chmanchilar tarixini o’rganishda Tagisken maqbaralariga e’tibor berish lozim (miloddan avvalgya IX—VII asrlar, Quyi Sirdaryo). Ular xom g’ishtdan bino qilingan, to’rt burchak, halqasimon maqbaralardir. Olimlar fikricha, Tagisken qabrlariga ko’chmanchilarning ja-moa boshliqlari ko’milgan. Ayrim maqbaralarda juda ko’p buyumlar bo’lgan. Arxeologlar keyingi yillarda o’tkazgan qazishlargina O’rta Osiyoda yashagan ilk temir davri qabilalarining moddiy madaniyatini aniqlashga bir qadar imkon berdi. Faqat Baqtriya, Marg’iyona va So’g’diyona erlarida topib tekshirilgan arxeologik yodgorliklarning o’zi 350 tadir. Miloddan avvalgi VII—IV asrlarga mansub madaniy qatlamlar Yoztepa, Kuchukgepa, Qiziltepa va Tillatepada keng o’rganilgan (Yoz II miloddan avvalgi 650—450 yillar, Yoz III 450—350 yillar, Qizil II 700—550 yillar, Qizil III 550—400 yillar bilan sanalanadi). Qiziltepa shahar xarobasining maydoni 22 gektar keladi (Surxondaryo, Sho’rchi hududi). Tepaning shimoli-g’arbiy qismida qo’rg’on qoldiqlari joylashgan. Qo’rg’onning balandligi 10 metr keladi. Paxsa bilan o’ralgan shahar devorlari qalin va mustahkam. Mudofaa devorlarining o’rtasida askarlar yurishi uchun eni 1,5 metrlik maxsus yo’lak bo’lgan. Shahar devorlari ustiga o’q otish uchun har 3—5 metrda harbiy minora — mudofaa burji qurilgan. Devorlarda har 2 metrda shinaklar qoldirilgan. Arxeologik qazilmalarda bronza o’q uchlari va o’q sifatida ishlatilgan tosh yadrolar topildi. Arxeologik manbalar Qadimgi Baqtriyada dastlabki shaharlar vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonini aniqlash imkonini beradi. Ktesiyning ta’kidlashicha, Baqtriyaning markazi Baqtro shahri bo’lgan (hozirgi Balx). Baqtro qalin va mustahkam mudofaa devorlari bilan o’ralgan bo’lgan. Baqtriyaning boshqa markazlari asrlar davomida xarobalarga aylanib, er ostida qolib ketgan. Yuqorida aytib o’tilgan Qiziltepa, Oltindilyor va Bandixontepa shu markazlar jumlasidandir. Bu markazlar asosan ayrim viloyatlarda harbiy ahamiyatga, hunarmandchilik va savdo-sotiq ahamiyatiga ega bo’lgan. O’rta Osiyoning ilk temir davri tarixini aniqlashga olimlardan V. V. Struve, S. P. Tolstov, M. M. Dyakonov, V. M. Masson, I. M. Dyakonov, B. G’. G’ofurov, B. A. Litvinskiy, A. A. Asqarov, V. I. Sarianidi muvaffaq bo’ldilar. Olimlar fikricha, miloddan avvalgi IX—VIII asrlarda (Baqtriya podsholigidan oldingi davr) O’rta Osiyo janubida sharqiy eroniy qabilalarning siyosiy birlashmasi tarkib topgan. Bu birlashma harbiy ahamiyatga ega bo’lib, Avestoda «Aryoshayyona» yoki «Aryonamvayjo» nomi bilan mashhurdir. Ayrim tadqiqotchilar ilk temir asriga o’tish davrida O’rta Osiyo tuprog’ida yirik davlat birlashmalari bo’lmagan, lekin dastlabki kichik davlatlar paydo bo’lgan, deb faraz qiladilar (Murg’ob etagida Mouru-Marg’iyona). Ular Axmoniylardan oldingi davrda qadimgi Xorazmda kuchli quldorlik davlati ham vujudga kelgan, deb aytish mumkin deydilar. O’rta Osiyo dastlabki davlatlari taraqqiyotining yangi ijtimoiy va iqtisodiy bosqichi miloddan avvalgi VI—IV asrlardagi Axmoniylar siyosati bilan bog’liqdir. Miloddan avvalgi 330 yilda Makedoniyalik Iskandar Eron podshosi Doro III qo’shinlarini tor-mor qiladi Miloddan avvalgi 329—327 yillarda Parfiya va Marg’iyona, Baqtriya va So’g’diyona Iskandar hukmronligi ostiga tushib, Xorazm, Farg’ona va Sirdaryoning shimoliy hududlari mustaqil bo’lib qoladi. Makedoniyalik Iskandar Salavka davlatini, O’rta Osiyo tarixida qadimgi dunyo—antik yoki ellinistik davrni vujudga keltiradi Miloddan avvalgi III asrning o’rtalarida Parfiya bilan Baqtriya Salavka davlatidan ajralib chiqib, Baqtriya erlarida Yunon-Baqtriya davlati tashkil topgan. Antik (ellinistik) davrda O’rta Osiyo xalqlarining iqtisodiy, siyosiy va madaniy xaetida katta o’zgarishlar ro’y bergan. O’lka viloyatlari Qadimgi Sharq va Grestiya, Makedoniya davlatlari bilan keng madaniy va savdo-sotiq aloqalarida bo’lgan. O’rta Osiyoda haykaltaroshlik, zargarlik, kulolchilik va boshqa hunarmandchilik maktablari vujudga keladi, muhim san’at va madaniyat yodgorliklari ko’zga ko’rinarli o’rinni egallaydi. Download 235,97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling