1-Mavzu: Auditga kirish fanining predmeti va usullari reja


-rasm. Auditorlik faoliyatining maqsad va vazifalari tavsifidan


Download 141.5 Kb.
bet4/9
Sana25.01.2023
Hajmi141.5 Kb.
#1121812
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu

1.1-rasm. Auditorlik faoliyatining maqsad va vazifalari tavsifidan

hisobotlarni tuzishda ko‘plab chalkashliklar, noaniq-liklar, joriy hisob ma’lumotlari va hisobot ko‘rsatkichla-ridagi nomuvofiqliklar yuzaga keladi. Agar buxgalterlik hisobini tashkil etish va yuritishga talab darajasida e’tibor qilinganida, bunday chalkashliklar paydo bo‘lmas edi.


Shuning uchun buxgalterlik hisobining qay darajada tashkil etilganligi va yuritilayotganligini, buxgalterlarning malakasi va intizomini, dastlabki hujjatlarga ishlov berilish sifati va korxona moliya-xo‘jalik faoliyati hamda uning natijalarini aks ettiruvchi buxgalterlik yozuvlarining to‘g‘riligini aniqlamasdan, yuqorida qayd etilgan asosiy vazifani hal etish mumkin emas.
Auditorlik tekshiruvlari ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish, korxonadagi tartib, mehnat va texnologik intizomni, tovar-moddiy zahiralarning omborlar va boshqa saqlash joylaridagi hisobi, mulklarning saqlanishi, hisob-kitoblar holati va korxona moliya-xo‘jalik faoliyati hamda uning natijalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan boshqa ko‘plab holatlarni qamrab oladi. Shuning uchun auditorlik hisobotida korxona moliya-xo‘jalik faoliyati va uning natijalariga bevosita ta’sir-ko‘rsatadigan, hamda hisob ma’lumotlari va hisobot ko‘rsatkichlari ishonchliligini pasaytirishiga olib keladigan, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etishdagi katta kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalar berilishi lozim.
Shuningdek, O‘zbekistondagi auditorlik faoliyati oldida turgan muhim vazifalardan biri – xorijlik hamkorlar tan oladigan auditorlik xulosasi berish qobiliyatiga ega, sertarmoq va professional darajadagi umummilliy auditorlik kompaniyalari tashkil etish hisoblanadi.


1.3. Auditning rivojlanish bosqichlari
Keyingi 25 yil mobaynida auditorlik faoliyati 3 xil rivojlanish bosqichidan o‘tdi:

  1. Tasdiqlovchi audit – bunda asosan hisob registrlari va hujjatlar tekshirildi.


  2. Download 141.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling