1-mavzu: avesta naturfalsafasi va afsonalar uyg‘unligining dualistik konsepsiyasi reja
Download 450.6 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
1-mavzu: AVESTA NATURFALSAFASI VA AFSONALAR UYG‘UNLIGINING DUALISTIK KONSEPSIYASI Reja: 1. Zardushtiylik diniy-falsafiy taʼlimoti madaniyat fenomeni sifatida. 2. Avesta naturfalsafasi va poklanish imperativi. 3. Zardushtiylik dualizmining falsafiy mohiyati. Kalit so‘zlar: Ahura Mazda, Axriman, zardushtiylik, dualizm, poklanish, axloqiy imperativ, bunyodkorlik, yovuzlik. Avvalgi mavzuyimizni davom ettirgan holda, endi mazkur masalaga doir mamlakatimiz hududida shakllangan zardushtiylik Avesta diniy-falsafiy taʼlimoti haqida biroz fikr yuritsak. Prezident Sh.Mirziyoev taʼkidlaganidek: “Yangi O‘zbekiston orzusi ham, jahondagi milliy taraqqiyot g‘oyalarini o‘zida jamlagan boshqa favqulodda hodisalar kabi, asrlar davomida shakllanib va sayqallanib kelmoqda. ... U dastlab, ko‘hna davrlarda “Avesto”da o‘z talqinini topgan hayotiy g‘oyada mujassam edi, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Ayni shu orzu “Ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal” tamoyilining xalq tafakkuri va turmush tarzidan mustahkam o‘rin olishiga sabab bo‘ldi. Shu tariqa ezgulik va insonparvarlikni himoyalash xalqimiz mentaliteti va maʼnaviyatining muhim tarkibiy qismiga, hayotiy faoliyatining asosiy yo‘nalishiga aylandi” 1 . Zero, mifologiyaning sehrgarlik, animizm va tetimizm bilan bog‘liq bo‘lgan va xalq o‘rtasida hozirgi davrda ham tarqalgan marosimlar, kultlar va rivoyatlar bilan birga mavjud bo‘lishi bevosita zardushtiylikka tegishli hodisa hisoblanadi, vaholanki ular yanada qadimiy, arxaik, zardushtiylikdan oldingi davrni ham o‘z ichiga oladi. Zardushtiylik esa ularni o‘z vaqtida qonuniylashtirgan 2 . Zardushtiylik dini O‘rta Osiyoda paydo bo‘lib, Markaziy Osiyo, Eron va Ozarbayjonga tarqalgan. U I ming yillikning boshlarida davlat diniga aylangan. Zardushtiylik yoki zoroastrizm nomi bu dinga asos solgan afsonaviy payg‘ambar 1 Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. Тошкент: О‘ZBEKISTON, 2021. Б.15 2 Маҳмудова Г., Исҳоқов М., Жалолов Б. Зардуштийлик Хрестоматияси. Тошкент: MUMTOZ SО‘Z, 2017. Б.333-334. Zardusht (Zoroastr) ismi bilan bog‘liq. Bu dinning asosiy asari – Avesta O‘rta Osiyo va qo‘shni mamlakatlarning (miloddan avvalgi II ming yillikning oxirlaridan I ming yillikning keyingi asrlarigacha bo‘lgan davrni qamrab olgan) tarixi va madaniyatini o‘rganishda muhim yozma manba bo‘lib xizmat qiladi. Avesta afsonalari qadimgi yunon mifologiyasidan ham boyroq va mukammalroqdir degan fikrlar allaqachon fanda obyektiv haqiqatga aylangan. Avesta rivoyatlaridan birida afsonaviy birinchi odam va eroniylarning birinchi podshosi Yima, osmon xudosi Ahura Mazda unga bergan yerlarni kengaytirganligi to‘g‘risida hikoya qilinadi. Yima uch yuz qish hukmronlik qilgan. Shu davr ichida uning yerida o‘simliklar, qushlar, hayvonlar, chorva va odamlar shunchalik ko‘payib ketganki, turarjoy ham qolmagan, yerga ham og‘irlik tushgan. Keyin Yima o‘z odamlarini yangi makon izlab, quyosh yo‘li bilan janubga boshlagan va u yerda 600 yil hukmronlik qilgan. Yana aholi ko‘payib zich bo‘lganligidan, Yima o‘z kishilarini 900 yil davomida asta-sekin janub tomon ko‘chirib olib ketadi va oxirida orzu qilgan o‘lkasi Arianam Vaejoga yetadi. Bu yerda ular farovon, to‘q hayot kechira boshlaydilar. Yilning yetti oyi iliq, besh oyi fayzli go‘zal yoz bilan o‘tgan. Ammo yovuz Anxra Maynyu (Axriman) kelib, bu serunum saxiy o‘lkani suv bilan taʼmin qilib turgan daryoni “qirg‘in keltiradigan ulug‘ ilon – qahraton qish bilan to‘ldirgan”. Endi o‘n oy qish va faqat ikki oy yoz bo‘lib qolgan. Eramizning X asriga qadar hukmronlik qilgan mazkur afsonaviy Siyovushlar sulolasining asoschisi Avestada Siyovarshon nomi bilan tilga olinadi, uning obrazi xalq eposida, afsonalarda yarim xudo qiyofasida gavdalanadi. Yima esa buyuk Firdavsiyning o‘lmas eposi “Shohnoma”da Jamshid obrazida namoyon bo‘ladi. Jam (yim) kishi ismi, shid – nuroniy degan maʼnoni anglatadi. “Nuroniy”ning podsholik qilgan davri yorug‘lik zulmat ustidan, adolat yovuzlik ustidan, insonlar devlar ustidan uzil-kesil g‘alaba qilgan, hatto o‘lim yengilgan, har bir dardga davo topilgan zamon sifatida taʼriflanadi va eroniylarning afsonaviy tarixida “oltin davr” hisoblanadi. “Shohnoma”dagi bir afsonaga ko‘ra, Jamshid avlodi Hushang Prometey singari olovni kashf etib, sada bayramida kishilarga o‘rgatib, uni muqaddaslashtiradi. Mazkur afsonada zardushtiylik dinining asosiy eʼtiqodi olovga sig‘inishning paydo bo‘lishi hikoya qilinadi 3 . Jonbosqalʼa va boshqa yodgorliklarda ham juda ko‘p uchraydigan haykalchalar (arxeologlar tilida terrakotalar), idishlarga solingan otning rasmlari qadimgi xorazmliklarda zardushtiylik dinidan tashqari tabiat kuchlariga, hayvonlar, chunonchi, otga sig‘inish eʼtiqodi ham bo‘lganligini ko‘rsatadi. Tarixiy manbalarda 3 Марказий Осиё фалсафий тафаккурида “Авесто”нинг ўрни // Тўплам. Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси И.Мўминов номидаги фалсафа ва ҳуқуқ институти. – Тошкент, 2012. – Б. 21-22. ham massagetlarning otga sig‘inganligi to‘g‘risida fikr bor. Serhasham kiyimli aslzoda kishini tasvirlovchi juda ko‘p haykalchalar unumdorlik xudosi, suv va sug‘orish inshootlarining homiysi Anaxita obrazi bilan bog‘liqligiga hech shubha yo‘q. Narshahiyning yozishicha, zardushtiylik dinidagi buxoroliklar har yili navro‘z bayramida bozordan loydan yasalgan xudo haykalchalarini olib, eskisini sindirar ekanlar. Yodgorliklarda topilgan haykalchalarning deyarli hammasi sindirilganligi bu fikrni isbotlaydi. Beruniy asarlarida ham Narshahiy hikoyasiga o‘xshash maʼlumotlar, rivoyatlar mavjud 4 . Juda ko‘p olimlarning taʼkidlashlaricha, sehr-jodu qadimgi va zamonaviy odamlar ongini birlashtiruvchi va bir vaqtning o‘zida ajratuvchi hodisadir. Qadimgi sehr-jodu kabi uning zamonaviy ko‘rinishlari ham g‘ayritabiiy kuchlarga nisbatan xayoliy taʼsir ko‘rsatish, g‘ayritabiiy hodisalarni amalga oshirishdir. Zamonaviy sharoitlarda sehr-jodu, tabiblar, dam soluvchi, duoxonlar faoliyatida keng tarqalgan. Masalan, o‘zbeklar duoxonlarga ko‘z tegishdan xalos bo‘lish uchun boradilar, insonga zarar yetkazgan “kinna”ning sehr kuchidan dam soluvchi xalos etishiga ishonadilar. Marosim shundan iboratki, dam soluvchilar kul solingan piyola ustida duolar o‘qiydilar va “chiq”, “chiq” so‘zlarini ishlatadilar. “Yomon ko‘zli” odam yugurayotgan otni to‘xtatishi, toshni bo‘lib tashlashi, boshqa odamni jinni qilib qo‘yishi mumkin degan gaplarga ishonuvchilar topiladi. XXI asrda ham bunday udumlar va sig‘inish marosimlari O‘zbekistonning baʼzi qishloqlarida uchraydi. Masalan, Xumson qishlog‘ida hozirgi vaqtda ham qo‘y yoki echkini muqaddas joylarda qurbonlik qiladilar. O‘lganlar ruhi tanasiz shaklda mavjud bo‘lishda davom etadi va vaqti-vaqti bilan tiriklarni kapalak ko‘rinishida yoki tushlarida yo‘qlab turadilar, degan animistik tasavvurlar Xumson qishlog‘i aholisiga ham xos. Tushlarida vafot etgan otasi yoki onasini, eri yoki xotinini, farzandi yoki boshqa yaqinlarini ko‘rgan odamlar, o‘z ko‘ngli va vafot etganlar ruhini xotirjam qilish uchun qo‘y, echki, tovuqni qurbonlik qilish marosimini amalga oshiradilar. Zardushtiylik va uning muqaddas kitobi Avestaning kelib chiqishini tadqiq etish shundan dalolat beradiki, yangi diniy tizimning roli va ahamiyati mustahkamlangan sari ilgarigi sig‘inishlar nafaqat orqaga surildi, balki odamlar ongida irim-sirimlar ko‘rinishida saqlangan holda mazkur tizim elementlariga aylandi. Shunday qilib, ilk diniy-falsafiy tasavvurlar o‘zgartirildi va o‘zida yangilik va eskilikni, anʼanaviylik va zamonaviylikni birlashtirgan diniy ongning yangi tizimiga kiritildi. 4 Марказий Осиё фалсафий тафаккурида “Авесто”нинг ўрни // Тўплам. Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси И.Мўминов номидаги фалсафа ва ҳуқуқ институти. – Тошкент, 2012. – Б. 24. Zardushtiylik – politeistik eʼtiqoddan monoteizmga o‘tish davri, politeizm xudolari ibodatxonasida yerdagi va narigi dunyodagi yagona ijodkorni ilgari surgan, dinning totemizm, animizm, shamanizm va inson hayoti hamda mavjudligini sehr- jodu bilan talqin qilish kabi ibtidoiy ko‘rinishlarini ham o‘z ichiga olgan ko‘pqatlamli dindir. Zardushtiylikning oliy ilohi Ahura Mazdadir. Ahura Mazdaga oid turli fikrlar mavjud: baʼzi olimlar (E. Meyer) taxminiga ko‘ra ilohning nomi Zardushtning o‘zi tomonidan o‘ylab topilgan; boshqa bir olimlar u Eron qabilalarining oliy xudolari qatorida ilgari ham bo‘lgan va “Ahura”, yaʼni “hukmron” deb nomlangan. Bunday “Hukmron”lar – ahuralar Mitra va boshqa ilohlar edi. Oliy ahurani Mazda deb ataganlar. Bundan xulosa kelib chiqadiki, “Ahura Mazda”ning etimologik maʼnosi — “Donishmandlik hukmroni”, "Donishmand Xudo”. Zardushtiylikni Eron xalqlarining qadimgi dini, deb hisoblagan E.A. Grantovskiy ham Ahura Mazda etimologiyasida “Donishmand Hukmron”ni ko‘radi 5 . Zardushtiylikda dualistik tafakkur o‘zining tabiatda ham, inson hayoti va jamiyatda ham yorug‘lik va zulmat, yaxshilik va yomonlik, go‘zallik va majruhlik, hayot va o‘lim va h.k. qarama-qarshiligida ifodalangan eng yuqori rivojlangan ko‘rinishiga ega. Tabiatda qarama-qarshi kurash olib boruvchi ibtidolar mavjudligi tushunchasi zardushtiylikda Ahura Mazda va Anhra Maynyu boshchiligidagi ikki qarama-qarshi kuchlarning qonunlashtirilgan tizimi sifatida o‘z aksini topadi. Barcha ezgulik Ahura Mazdadan chiqadi, buzg‘unchilik esa Anhra Maynyu bilan bog‘liq. Ahura Mazda qarorgohida tinch hayot barq uradi, haqiqat g‘alaba qozonadi, quyosh porlaydi, tiniq suv oqadi, muqaddas olov yonadi, Anhra Maynyu bilan esa baxtsizliklar, o‘lim, qish, yolg‘on, odamlar va mollarga zarar keltiruvchi har qanday zararkunanda qumursqalar va hayvonlar bilan bog‘liq. Ahura Mazda Zardusht tasavvurida yangi taʼlimotni ifodalovchi sifatida unga yangi eʼtiqodni targ‘ib etishni topshiradi. Avestada diniy va falsafiy g‘oyalar uyg‘unlashib ketgan. Bir tomondan biz mifologik obrazlar va fikrlarning sodda shakllarini ko‘ramiz. Umumiy tushunchalar, g‘oyalar insoniylashtiriladi, alohida mavjudotlarga aylantiriladi, ikkinchi tomondan, umumlashgan, abstrakt g‘oyalar, diniy-axloqiy va falsafiy tushunchalar erkak va ayol mavjudotlar qiyofasida gavdalanadi. 5 Грантовский Э.А. Зороастризм. //Философская энциклопедия. Т. 2.- М.: Советская энциклопедия, 1962.- Б. 185 Insoniylashtirilgan yaxshi axloqiy sifatlar Ahura Mazdaning Anhra Maynyu jinlariga qarshi kurashuvchi sofdil targ‘ibotchilar va yordamchilar siymosida gavdalantiriladi. Anhra Maynyuning yomon va zararkunanda jinlari salbiy axloqiy ishlarni aks ettiradi. Ahura Mazdaning yorqin va mehribon yordamchilari samolarda yashaydilar, Anhra Maynyuning qorong‘u va yovuz jinlari esa yer ostini afzal ko‘radilar. Zardushtiylikda “Yaxshi fikr” dastlab Ahura Mazdaning atributi sifatida talqin etiladi. Lekin o‘sha zahotiyoq u odamlarga yordamga keluvchi mustaqil ilohga aylanadi. Insoniylashtirilgan Yaxshi fikr Ahura Mazdaning yaqin atrofi hisoblanmish “o‘lmas avliyolar” (amesha spenta) kengashida birinchi o‘rinni egallaydi. “Yaxshi fikr” ilohi foydali hayvonlar himoyachisidir. Minglab quyi ilohlar – g‘alabalar, tinchlik, haqiqat, qudrat kabi abstrakt g‘oyalarning insoniylashgan ko‘rinishidir. Shuningdek, quyosh, oy, yer, havo, olov va suv ruhlari ham yazatlarga taalluqlidir 6 . Xuddi shunday tarzda Anhra Maynyu atributlari ham insoniylashtirilgan: devlar, parilar, ajdaho, ilonlar va boshqa yovuz ruhlar ham gunoh, yolg‘onchilik, jaholat, yovuzlik timsollari hisoblanadi. Shu bilan birga, zardushtiylik dualizmi doktrinasi (ikki qarama-qarshi kuchlar kurashi) maʼlum turg‘unligi bilan ajralib turadi. Ahura Mazda faoliyati sohasiga qora kuchlar kirib bormaguncha, dunyoda harakat sodir bo‘lmaydi. Anhra Maynyu o‘zining qora kuchlari bilan Ahura Mazda dunyosiga hujum qilganidan so‘ng, dunyoda harakat boshlanadi. Fazoviy jismlar harakat qila boshlaydi, quyosh dunyoga yanada issiqroq nur sochadi, yomg‘irlar yog‘adi, tog‘lar paydo bo‘ladi, daraxtlar o‘sadi, yulduzlar koinotni bezaydi va yo‘lovchilarga yo‘l ko‘rsatadi. Oy dunyoga xotirjamlikni yoyadi va h.k. Lekin Ahura Mazda yulduzlar yordamida har bir sayyorada Anhra Manyu kuchlarini bartaraf etadigan jismlarni paydo qiladi. Bular — Tir (Merkuriy), Tishtriya, Baxrom (Mars) – Veretragn, Ormuzd (Yupiter) – Ahura Mazda, Naxid (Venera) – Anaxita 7 . Vaqtning mangu davom etishi Ahura Mazda buyrug‘iga binoan chegaralangan doiraga ega bo‘ladi va 12 ming yilni o‘z ichiga oladi, mana shu vaqt davomida dunyoda har uch ming yilda to‘rt marotaba o‘zgarish yuz beradi. Birinchi davrda Ahura Mazda g‘oyalar dunyosini yaratadi. Mazkur ideal dunyoda Ahura 6 Маковельский А.О. Авеста.- Баку.: Издательство Академии наук Азербайджанской ССР, 1960.- Б. 97. 7 Соколов С.Н. Зороастризм. Авеста в русских переводах (1861—1996).- СПб.: “Журнал “Нева”, “Летний Сад”, 1998. Б. 17. Mazda tomonidan keyinchalik moddiy dunyoda yaratiladigan barcha narsa obrazlari mavjud bo‘ladi. Ikkinchi davrda Ahura Mazda osmon, yulduzlar, oy va quyoshni yaratadi. Aynan shu davrda Anhra Maynyu osmoni falakka kirib boradi, u yerda osmon jismlari bir xilda harakatlanishiga xalaqit beruvchi yovuz sayyoralarni, kometalarni va meteorlarni yaratadi. Ikki qarama-qarshi kuchlarning ochiq kurashi yuz beradi. Har ikkala taraflar ular yaratgan narsalarni qo‘llab-quvvatlovchi kuchlarni to‘playdilar. Bu kurash natijasida butun dunyo harakatga keladi, Ezgulik va Yovuzlik dunyosi paydo bo‘ladi. Ahura Mazda har bir sayyoraga Anhra Maynyudan himoya qiluvchi o‘zining ezgu ruhlaridan birini qo‘yib chiqadi. Bu davr ham uch ming yil davom etadi. Dunyoni yaratish bu bilan tugallanmaydi. Rivoyatlardan biriga ko‘ra, Ahura Mazda yana uch ming yil ichida “butun dunyoni o‘zining tanasida yaratadi, keyin boshidan osmonni, oyog‘idan – yerni, ko‘z yoshlaridan – suvni, sochlaridan – o‘simliklarni, ruhdan – olovni” yaratdi” 8 . Zardushtiylik rivoyatlariga binoan harakat zardushtiylikda nihoyatda qadrlangan eʼtiqodlardan biri — suvning mavjudlik manbai hisoblanadi. Yomg‘irlar va yerda suvning tarqalishi yulduzlarga bog‘liq. Suv tabiatda tirik mavjudotlar tanasidagi qon harakatlanishini eslatadi. Xuddi hayvon tanasida qon mangu aylanishda bo‘lganidek, suv ham dastlab yerga quyiladi va odamlar, hayvonlar hamda o‘simliklar tomonidan qo‘llaniladi va bunda o‘zining birlamchi tozaligini yo‘qotib boradi. Yer yuzida ifloslangan suv dengizda tozalanadi, keyinchalik esa Vorukash ko‘liga quyiladi, u yerdan dunyo charxpalagi sababli o‘zining dastlabki holatiga qaytadi. Bu bilan suvning odamlar, hayvonlar, o‘simliklar hayot manbai sifatidagi mangu to‘kinligi taʼminlanadi. Anhra Maynyu ham qo‘l qovushtirib o‘tirmaydi, balki qarshilik ko‘rsatish usullari va vositalarini izlaydi. U suvni ifloslantiradi, quyoshni tuman bilan o‘raydi, turli kasalliklarni tarqatadi, bog‘larni quritadi, yaylovlarni bo‘shatadi va oxir- oqibatda buqani hamda birinchi odam Gayomartni o‘ldirishga muvaffaq bo‘ladi. Biroq u hayot va rivojlanish manbalarini batamom yo‘q qilishga ojiz edi. Buqa va odam urug‘idan yana hayvonlar, erkaklar va ayollar paydo bo‘ladi, ulardan inson qavmi yuzaga keladi. 8 История таджикского народа. Т. I.- М., 1963.Б. 181. G. Ritter o‘zining “Falsafa tarixi” kitobida Avesta matnlarida diniy o‘gitlar, afsonaviy xurofotlardan tashqari falsafiy ong elementlarini ham ko‘radi 9 . Gegel boshqa faylasuflardan farqli ravishda zardushtiylik falsafasini anglab yetadi. Din falsafasi bo‘yicha maʼruzalarida Gegel xudo – bu ruh, barcha dinlar xudosi ham ruh, degan fikrni ilgari suradi. Uning fikricha, din subyektiv ongga asoslangan bo‘lib, maʼnaviyat empirik ybo‘lishi mumkin, keyinchalik esa u empirik ong sifatida tabiat tomonidan yaratilgan narsani o‘zining xudosi deb hisoblashi mumkin. Shuning uchun maʼnaviyat ongning tarkibiy qismi, xudo esa tabiat mavjudoti sifatida ham ana shu ong predmeti bo‘lishi mumkin. Bundan kelib chiqib Gegel "Xudo tabiiy mavjudot, u o‘z mohiyatiga ko‘ra ruhdir” 10 degan xulosaga kelgan. Bu taʼrifni Gegel har qanday dinning asosi deb hisoblaydi, unda tabiat hodisalari inson obrazi, shaxs, ruh, ong ko‘rinishida taqdim etilgan. Tabiat predmetlari – quyosh, daraxtlar va h.k.larni insoniylashtirish yuz beradi. Binobarin, inson — bu xudo yoki xudo bu inson, xudo empirik ko‘rinishda, inson obrazida mavjud 11 . Gegel fikricha, yaxshilik tabiatning barcha ko‘rinishlari va insonda substansiya sifatida mavjud, ikkinchi tomondan, u boshqada mutlaq qarama-qarshi sifatda namoyon bo‘ladi, ana shu boshqa narsa yomonlikdir. Ana shunday dialektik ziddiyatlarga asoslangan Gegel sharqona dualizmning ikki qarama-qarshi tomonlarini ko‘rsatib o‘tadi: yaxshilik saltanati va yomonlik saltanati. Diniy ongda mazkur ulug‘ qarama-qarshilikka umumiy abstraksiya orqali erishiladi. Gegel fikricha, bu intiho va cheksizlik, yorug‘lik va zulmat, Ariman va Ormuzd qarama-qarshiligi bo‘lib, ular doimiy kurashda bo‘ladilar va oxir-oqibatda ezgulik yovuzlik ustidan g‘alaba qozonishi kerak. “Yorug‘lik, — deb yozadi Gegel, — cheksiz tarqaluvchi bo‘lib, uning tezligi fikr tezligiga tengdir; biroq uning namoyonligi haqqoniy bo‘lishi uchun u qandaydir zulmat ustiga tushishi kerak. Toza yorug‘lik hech nimadan darak bermaydi. Aynan mana shu boshqa bir narsaning mavjudligida u maʼlum bir ko‘rinishga ega bo‘ladi va shu bilan yovuzlik bilan qarama-qarshilikka kirishadi” 12 . Gegel fikricha, umumiy din falsafasidan keyin Zardusht asos solgan “qadimgi eronliklar” dini bevosita yorug‘lik va ezgulik diniga o‘tadi. Uning taʼkidlashicha, hatto XIX asrda ham ana shu dinni eʼtirof etuvchi bir qator jamoalar bo‘lib, ular 9 Авеста в русских переводах. (1861-1996), СПб.: “Журнал “Нева”, “Летний Сад”, 1998. Б.34. 10 Гегель. Асарлар тўпл. Т.2.- М., 1977. Б.7. 11 Ўша ерда. 12 Ўша ерда. Б.14. Bombeyda, juda ko‘p neft manbalari bo‘lgan Qora dengiz bo‘ylarida, Bakuda joylashgan. Mana shu tasodifiy holat bilan baʼzida eronliklarda olov qadriyat predmeti hisoblanganligini tushuntirib berishga intilganlar. E.A.Taylor taxminiga ko‘ra, Avestaning dualistik taʼlimoti koinotda ikki qarama-qarshi hodisa, hayot va o‘limni yaratgan egizak aka-ukalar haqidagi afsonaga asoslangan qadimgi ibtidoiy-dualistik dunyoqarashni aks ettiradi. Bizningcha, ikkinchi taxmin to‘liq bo‘lmasa-da, qisman turli mifologik tasavvurlar, udumlar, marosimlar tabiatni ilohiylashtirish yuzaga kelishiga asos bo‘lgan politeizm bosqichidagi dualistik dunyoqarash ildizlari va mohiyatini ochib berishga olib keladi. E.A.Taylor shuni isbotlaydiki, insoniyat ibtidoiy-jamoa tuzumining ilk bosqichlaridayoq tabiat va inson hayotida mavjud va doimo chambarchas bog‘liq birlik va qarama-qarshilikni, yaʼni tug‘ilish va o‘lim, bolalik va keksalik, yorug‘lik va zulmat, issiq va sovuq, havo va suv va h.k.lar o‘rtasidagi ziddiyatlarni anglay boshlaganlar. Tabiat, jamiyat va insonning bunday tabiiy-tarixiy evolyusiyasi vaqt o‘tishi bilan odamlar ongida oxir-oqibatda dualistik dunyoqarashni tashkil etgan holda o‘z aksini topadi. Avestaning juda ko‘p joylari va qismlarida keyinroq paydo bo‘lgan dunyoqarash tasavvurlari (qabilachilik va quldorlik davrlariga xos bo‘lgan) bilan bir qatorda totemistik hamda animistik tasavvurlar bilan bog‘liq ibtidoiy-jamoa madaniyatiga mansub tasavvur va obrazlar mavjudligi shundan dalolat beradiki, dualizm faqatgina qabilalarni o‘rab turgan tabiatning emas, balki umuman inson abstrakt tafakkuri shakllanish va rivojlanishidagi maʼlum bosqichni ham aks ettiradi. Dualizm – bu odamlar va jamiyatning chegaralangan ijtimoiy-tarixiy amaliyoti natijasi, inson va jamiyatdagi ko‘p qirrali ruhiy holatlarni mifologik obrazlar orqali anglashga intilishdir; ikkinchidan, dualizm ildizlarini qabilalar antogonizmi, yaʼni o‘troq dehqonchilik bilan shug‘ullangan (eronliklar) hamda chorvachilik bilan mashg‘ul ko‘chmanchilar (O‘rta Osiyoliklar)ning antagonizmidan izlash unchalik to‘g‘ri bo‘lmagan fikrdir. Ibtidoiy dualizmga to‘xtalar ekan, L.YA. Shternberg shuni qatʼiy isbotladiki, zardushtiylik dualizmi favqulodda yuzaga kelmagan va bir davr, hattoki payg‘ambar bo‘lsa ham bir shaxsning dunyoqarashi emas, balki inson va uning ongi tarixiy evolyusiyasining mahsulidir. “Yovvoyilarda”gi va forslarning ulkan Ormuzd hamda Ariman konsepsiyalarida ezgu va yovuz ruhlarga ishonish o‘rtasidagi tafovut faqat darajasi bilan farq qiladi” 13 , deb yozadi L.YA. Shternberg. XX asrning 30-yillarida S.P.Tolstov, zardushtiylik dunyoqarashidagi ibtidoiy kosmogonik dualizm manbalari haqida fikr yuritib, shunday qiziqarli xulosaga keladiki, unga ko‘ra zardushtiylik dualizmi o‘z ildizlariga ko‘ra fratriyalar dualizmiga borib taqaladigan 13 Штернберг Л.Я. Первобытная религия.- Л., 1936. Б. 525. ibtidoiy dual mifologiyadir 14 . E.A.Taylor taxminiga yaqin mazkur faraz yorug‘ va qorong‘u kuchlar, tabiat, inson va jamiyatdagi yaratuvchi va buzg‘unchi ibtidolarni tasdiqlash uchun bir-biri bilan kurashgan egizak aka-ukalar haqidagi ibtidoiy afsonaga asoslanadi. “Varvarlik” davrining aynan shunday rivoyatlari turli xalqlarda bo‘lganidek, Avestaning eng qadimgi qismlaridan topish mumkin. “Ikki ruh, ikki egizak dastlab o‘zlaridan toza va toza bo‘lmagan fikrlar, nutqlar va ishlarni chiqardilar” (Yasht, XXX, 3) 15 . Mana shu nuqtai nazardan kelib chiqib, S.P.Tolstov zardushtiylik dualizmi qadimgi ariy politeizmining o‘zgartirilgani emas, balki ibtidoiy ong taraqqiyotining politeizmdan ham qadimroq animistik bosqichini aks ettirishini ko‘rsatib, zardushtiylik dualizmini hind Vedalaridan keltirib chiqarishning ham behudaligini qatʼiy man etadi. S.P.Tolstov hind-eron dualizmini Avesta dualizmiga nisbatan ancha sodda, deb hisoblaydi. Uning taʼkidlashicha, “Avesta dini hali xudolarni bilmaydi. U butunlay animistik xarakterga ega va unga xos bo‘lgan axloqiy dualizm bo‘yog‘i unda Veda politeizmiga nisbatan oliy darajadagi hodisani ko‘rish huquqini bermaydi. Vedalarning buyuk ilohlari bo‘lgan devlar Avestada endi paydo bo‘la boshlaydi. Unda hamon ruhlar – agurlar va ibtidoiy odamlar sig‘inadigan qahramonlar hukmrondir” 16 . Tarixiy vaziyatlar va sharoitlar o‘z ishini ko‘rsatadi. Zardushtiylik va Avestaning yuzaga kelishi misolida shunday metamorfozani kuzatish mumkinki, agar Ahura Mazda va Anhra Maynyu o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki dushman — aka- uka egizaklar haqidagi ibtidoiy rivoyatni ifodalagan bo‘lsalar, Avesta va paxlaviy adabiyotida ular o‘zgartiriladi, yo ezgulik yoki yovuzlik qiluvchi buyuk ilohlarga aylantiriladi. Mana shuning uchun ham zardushtiylik eʼtiqodida dualizm ongning yanada aniqroq va tizimlashtirilgan shaklida qatnashadi. Zardushtiylikning boshqa bir ajratib turuvchi xususiyati “Teologiya, (Xudo haqidagi taʼlimot) yaʼni ibtidoning oxirgi intihosini oldindan ko‘ra olish asosida yaratish jarayonining maqsadga muvofiq ilohiy dasturlashtirilishi haqidagi tushunchadir. Zardushtiylikda jismoniy dunyo ilohlar ongida avval mavjud bo‘lgan moddiy bo‘lmagan arxetiplarning namunalari asosida yaratilgan. Ana shu o‘tib keta boshlagan dunyoga ezgulik va yovuzlik kurashi maydoni bo‘lish belgilangan edi, aks holda u mangu davom etgan bo‘lar edi. Boshqa hech qaysi bir dinda oliy ilohni o‘zi yoki vositachi – demiurglari, “dastlabki ruhlari” orqali uning uchun unchalik muvofiq bo‘lmagan hunarmandchilik ishlab chiqarish mehnatiga kirishishga 14 Қаранг: Толстов С.П. Черты общественного строя восточного Ирана и Средней Азии по Авесте.// История СССР. Ч. I-II. - М.-Л., 1939. Б.186-187. 15 Толстов С.П. Древний Хорезм. Опыт историко-археологического исследования.- М.: Наука, 1948. Б.290. 16 Ўша ерда. undovchi sabablar, yaratish maqsadlari haqidagi masala qo‘yilmagan edi, faqatgina ko‘hna mehnat bundan mustasno bo‘lib, uning motivlari baribir o‘ta sodda va individual psixikaning axloqiy prinsiplari bilan bog‘lanmagan” 17 . Chindan ham asotiriy tafakkur borliqning mohiyatini xayolot orqali jonlantiradi, turli timsoliy qiyofalar yaratadi. Ularning o‘zaro munosabatini esa yerdagi kundalik real manzaralar qolipi orqali idrok etishga urinadi. Shu kabi yondashuv tamoyili Avesta uchun ham begona emas. Jumladan, Avestada kosmogonik tasavvurlar bir turkumni tashkil etadi. Masalan, osmon “Ahura Mazdaning ustidagi libosning etagi” 18 , kurrai zaminning yumaloqligi, borliqning “old” va “orqa” tomoni – janub va shimol timsollari. Bu tushunchalarning axloqiy- falsafiy asosda ezgulik va yovuzlik, yorug‘lik va zulmat tushunchalariga bog‘liqligining ko‘zda tutilishi – bularning barchasi diniy tizim yuzaga kelgunga qadar asotiriy tafakkur mevasi ekanligi muhim va eʼtiborga loyiq holatlardir. Avestani tushunishda ayni shu mifologik qatlamning din tizimi doirasiga olib kirilishi muhim tarixiy yechim bo‘lgan deyish mumkin 19 . Download 450.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling