1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja


Download 4.7 Mb.
bet15/44
Sana04.11.2023
Hajmi4.7 Mb.
#1746956
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44
Bog'liq
etika,estetika,mantiq

Axloqiy madaniyat tuzilmasi muayyan tarkibiy qismlardan iborat bo’lib, bular quyidagilar: 1)muomala odobi: 2)etiket; 3)kasbiy odob.
Ijtimoiy munosabatlar–bu kishilar o’rtasidagi kundalik, turmush, ishlab chiqarish jarayonida shakllanadigan jarayonki, bunda axloqiy me’yorlarga rioya qilish–muomala odobi muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga ko’ra muomala odobi ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, u mohiyatan shaxs axloqiy madaniyati shakllanishining dastlabki bosqichi hisoblanadi.
Muomala odobi kishining xushmuomalalik, rostgo’ylik, kamtarlik, halolik kabi axloqiy me’yorlarga qay darajada rioya qilishi, ularning talablarini turmush tarzida qo’llay bilishida namoyon bo’ladi. Xalqimiz orasida keng tarqalgan hikmatu naqllarda muomala odobining ana shu jihatlari o’z ifodasini topgan. Masalan: “Shirin so’z- jon ozig’i, yomon so’z-bosh qozig’i”, “Yaxshi topib gapiradi, yomon-qopib”, “Tig’ yarasi bitadi, so’z yarasi bitmaydi”, “Do’st achitib gapiradi, dushman-kuldirib” va boshq.
Bunday hikmatlarning har birida mujassamlashgan fikrlar ming yillar davomida kishilarning hayotiy tajribasida yuzaga kelgan haqiqatlardirki, bunga ko’pincha tarbiya amaliyotida e’tibor berilmaydi. Vaholanki, kishining axloqiy-ma’naviy xislatlari eng avvalo muomala madaniyati odobida namoyon bo’ladi. Bu o’rinda birgina misol keltirish bilan cheklanishimiz mumkin. Deylik, bir kishi bergan va’da bo’yicha o’z tanishi bilan kelishilgan uchrashuvga ataylab bormadi. Bir qarashda oddiy bir hol bo’lib ko’ringan va’daga vafo qilmaslik aslida rostgo’ylik axloqiy me’yorining buzilishidirki, bunda kishi o’ziga nisbatan ishonchini yo’qotadi.
Etiket–bu kishilarning o’zaro munosabatiga tegishli umumiy tarzda qabul qilingan va rioya qilinishi talab etiladigan axloqiy qoidalardir. Shunga ko’ra u muomala odobining rasmiylashgan shaklidirki, u har bir xalqning urf-odati, xulq-atvori bilan bevosita bog’liq odob qoidalari hisoblanadi. Masalan, bizning xalqimizdagi mehmondorchilik, dasturxon ustida o’tirish – ovqatlanishning odob qoidalari–etiketlardan (dasturxon to’rida eng kattalarning o’tirishi, ovqat yeyishni ularning boshlab berishi va boshq.)dan G’arb – Ovro’pa xalqlarning bu boradagi etiketlari farq qiladi.Etiket- odab qoidalariga rioya qilish axloqiy madaniyatning muhim jihati hisoblanadi. Shu bois ko’pincha ana shu jihat kishilarda baho berishda mezon qilib olinadi.(Bu o’rinda Maxtumqulining: “Har yigitning aslini bilay desangiz, marakada o’tirib, turishing ko’ring” degan so’zlarini eslash kifoya).
Bugungi globallashuv davrida, dunyo xalqlari madaniy aloqalarining kengayib borishida kishilarimizda, ayniqsa yoshlarimizda milliy qadriyatlarimizga sodiqlik ruhida tarbiyalash masalasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shunga ko’ra yoshlarimiz milliy etiket ko’nikmalarini shakllantirish bugungi tarbiya tizimining muhim vazifasi hisoblanadiki, oila buni amalga oshuruvchi asosiy subyekt sanaladi. Darhaqiqat, odob ko’nikmalari bolada yoshlikdan bevosita ota-onaning namunaviy xatti-harakatlari ta’sirida shakllanadi. “Qush uyasida ko’rganini qiladi”degan xalq hikmatida ana shu oddiy haqiqat mujassamlashgandir.
Etiket muomala odobi sifatida faqat muayyan millat, xalq munosabatida emas, balki xalqaro ijtimoiy-siyosiy miqyosida, xususan, diplomatiya sohasida qabul qilingan qonun-qoidalar tarzida ham amal qiladi. Bunday qonun-qoidalar rasmiy xaraterga ega bo’lib, ularga elchilardan tortib, davlat boshliqlarigacha birday rioya qilishlari talab etiladi. Va ularni buzish qat’iyan taqiqlanadi, bunga yo’l qo’yilgan holda esa katta jarima ham to’lanadi.(Sobiq sho’rolar mamlakatining boshlig’i N, S, Xrushchev 1962 yilda BMT assambleyasida ma’ruza qilish etiketini buzganligi uchun katta miqdordagi jarima belgilangan edi).

Download 4.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling