1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja


Download 4.7 Mb.
bet16/44
Sana04.11.2023
Hajmi4.7 Mb.
#1746956
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
Bog'liq
etika,estetika,mantiq

Kasb odobi axloqiy madaniyatning moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish jarayonida amal qilish shaklidir. Boshqacha qilib aytganda, kasb odobi muayyan ishlab chiqarish sohasida shug’ullanuvchi shaxs–kasb egasining o’z ijtimoiy burchini axloqiy norma, me’yorlar mezonidan turib o’tash madaniyatidir. Kasb odobi bir-biri bilan uzviy bog’liq ikki jihatni o’z ichiga oladi: xuquqiy va axloqiy. Kasb egasining o’z burchini jamiyatning maqsad va manfaatlariga muvofiq majburiyat doirasida bajarishi birinchi jihat mohiyatini ifodalasa, ikkinchi jihatning mohiyati esa ixtiyor erkinligi, axloqiy tanlovga asoslanishligi bilan izohlanadi. Va qayd etilgan jihatlar o’zaro uzviy birlikda kasb egasi faoliyatida axloqiy munosabat tarzida namoyon bo’lgan paytdagina kasb odobi axloqiy madaniyatning amal qilish shakli hisoblanadi. Darhaqiqat, masalan, shifokor-vrachning kasb odobining Gippokrat qasamyodini faqat majburiyat doirasida emas, balki axloqiy tanlov tamoyillari asosida ado etishligida namoyon bo’ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, kasb odobida axloqiy jihat belgilovchi, ustuvor tomon hisoblanadi. Va shu bois hech bir tabib, hatto o’zining ashadiy dushmanini ham davolamaslikka haqqi yo’q.
Kasb odobi huquqiy va axloqiy jihatlarining birligi tamoyili barcha kasb egalariga ham birdek talluqlidir.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, kasb odobi turli toifadagi kishilar o’rtasidagi o’zaro aloqa muomala odobi bo’lib qolmasdan, ayni paytda unda shaxs va jamiyat o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ifodalanadi. Chunki har bir ijtimoiy guruh kasbiy vazifa-burchlarini bajarishiga ko’ra iyerarxiyali, mavqyega ega bo’lib, bunda ularning biri ikkinchisiga nisbatan imtiyozli huquqga ega bo’ladi. Chunonchi, o’qituvchi uquvchiga nisbatan, maktab direktori o’qituvchiga nisbatan va h.
Shu jihatdan olib qaraganda, kasb odobi madaniyati jamiyat va shaxs munosabatlarini uyg’unlashtirishda muhim mavqyeni egallaydi, bu ayniqsa bugungi kunda mamlakatimizda fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan bunday jamiyat o’z mohiyatiga ko’ra o’z-o’zini boshqa tamoyiliga asoslangan tizim bo’lib, bunda fuqarolarning axloqiy madaniyati ustivor mavqyeni egallaydi.
3. Axloqshunoslik, birinchi ma’ruzamizda ko’rib o’tganimizdek, amaliy falsafada bo’lib, bu uning axloqiy bilimlar, tamoyillar, me’yorlar, norma-talablarni kishilarning xatti-harakatiga turmush-tarzi, hayotiy faoliyatimizga aylantirish masalasi tadqiqi bilan shug’ulanishligi bilan izohlanadi. Va bunda mazkur fan bevosita axloqiy tarbiya amaliyoti, ya’ni uni amalga oshirish jarayoni bilan shug’ullanmaydi, balki mazkur tarbiyaning maqsadi, vazifalari va vosita usullarini falsafiy-nazariy, tajribaviy-bayoniy usullarini ko’rsatib beradi. Shunga ko’ra axloqshunoslik pedagogika fani va tarbiya amaliyoti uchun metodologik(dasturilamaliy) ahamiyatga ega bo’lgan ilm sohasi hisoblanadi.

Download 4.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling