1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja


-mavzu. Oila, fuqarolik jamiyati va davlatning axloqiy asoslari


Download 4.7 Mb.
bet12/44
Sana04.11.2023
Hajmi4.7 Mb.
#1746956
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44
Bog'liq
etika,estetika,mantiq

3-mavzu. Oila, fuqarolik jamiyati va davlatning axloqiy asoslari.
Reja:
1. Oila ma’naviy-ijtimoiy muhit sifatida. Nikoh axloqiy munosabat ekanligi. Fuqarolik jamiyati oila bilan davlat o’rtasidagi o’ziga xos bosqich ekanligi. Davlat mustaqilligi tushunchasining axloqiy talqini.
2. Axloqiy madaniyat va kasbiy odob. Muomala odobi, etiket. Kasbiy odobning axloqiy madaniyat tuzilmasidagi o’rni.
3. Shaxs axloqiy tarbiyasi. Zamonaviy axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyil, vosita, yo’llari.

Tayanch iboralar: Oila, mikro ma’naviy maskan, farzand tarbiyasi, oilaviy mulk, fuqarolik jamiyati, axloqiy madaniyat, muomala odobi, etiket, kasbiy odob, axloqiy tarbiya

Oila jamiyatning asosi, muhim hujayrasi va ayni paytda u ma’naviy ijtimoiy muhit hisoblanadi. Shunga ko’ra u jamiyatning boshlang’ich axloqiy asosi vazifasini o’taydi.


Avvalambor, oila mikro ma’naviy maskan bo’lib, u qanday tashkil topsa, shakllansa, jamiyat ham shunday taraqqiy etadi. Shu ma’noda oila jamiyat tizimining tarkibiy qismiki, ayni paytda uning o’zi ham makrooiladir. Inson ana shu mikro ma’naviy-maskan muhitida voyaga yetadi va unda axloqiy fazilatlar egasi kamol topadi.
Oila insoniyatning sivilizasiya bosqichiga o’tmishida asosiy omil vazifasini o’taydi. Tarix, qadimshunoslik (arxeologiya) fanlarining ko’rsatishicha, insoniyat ma’lum davr mobaynida oilasiz davrni boshidan kechirgan. Oilaning tarixan shakllanishi jarayonida insonning tabiiy-biologik jihati, munosabatlari axloqiy talab, normalar asosida ijtimoiylashadi. Va buning natijasi o’laroq ijtimoiy xarakterga ega bo’lgan er-xotinlik, ota-ona, qarindoshlik urug’chilik munosabatlari va nihoyat siyosiy tashkilot-davlat shakllanadi. Oilaning bunday xususiyatiga birinchilardan bo’lib qadimgi yunon faylasufi Aflotun e’tiborini qaratgan va davlat oilalarning o’zaro birlashishi natijasida yuzaga keladi deb tushuntiradi.29
Oilaning jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit sifatida yuzaga kelishi uning quyidagi uchta jihatlarini o’zida mujasamlashtirishligi bilan izohlanadi. Ayni paytda ular uning asosiy vazifasi ham sanaladi. Bular: 1)nikoh; 2)oilaviy mulk va unga egalik qilish; 3) Farzand tarbiyasi.
Nikoh oila tizimining negizi hisoblanadi. Oila va nikoh turli darajadagi ijtimoiy tuzilmalaridir. Oila kishilarning tabiiy-biologik(jinsiy munosabatlar, uy-ro’zg’or yuritish, farzand ko’rish), huquqiy-ma’naviy munosabatlarga (sevgi-muhabbat, mas’uliyat, burch, vijdon va h.) asoslangan birlikdir.
Nikoh esa oilaning faqat huquqiy asosi bo’lib, oila boshliqlarining bir-birlari va jamiyat oldidagi axloqiy va huquqiy burch majburiyatlarini, mas’uliyatini belgilaydi. Shunga ko’ra uning mohiyatan ijtimoiy-ma’naviy hodisa tarzdagi maqomati belgilovchi jihatdir.
Nikoh-bu ikki jinsdagi kishining ixtiyor erkinligiga asoslangan oila qurishlariga berilgan fatvodir.
Tarix, qadimshunoslik, etnografiya fanlarining ko’rsatishicha, nikoh kishilik jamiyatining sivilizasiya tomon tadrijiy rivojlanib borishi jarayonida takomillashib borgan.
Nikohning dastlabki shakli – ekzogamiya , ya’niguruhiy nikoh bo’lib, uning o’zi ham quyidagi shakllarda – bochqichlar bo’yicha oddiydan murakkabga qarab o’zgarib boradi. Bular: 1)poligamiya (ko’pnikohlik); 2)poliginiya (ko’pxotinlilik); 3)poliandriya (ko’perlilik).
Urug’chilikning paydo bo’lishi bilan ko’pnikohlilik(poligamiya) yuzaga keladi, yaqin qarindoshlar o’rtasida jinsiy munosabat-aloqada bo’lishni tabu taqiqlarning yuzaga kelishi bilan izohlanadi. Poliginiya – erkak kishining chegaralangan miqdordagi ayollar bilan poliandriya esa ayol kishining chegaralangan, bir qancha erkaklar bilan nikohli ittifoqidir.
Nikoh bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan huquqiy va axloqiy jihatlarni o’z ichiga oladi. Bular: huquqiy, axloqiy, diniy jihatlar. Huquqiy tomondan, u sosial norma, talablar majmui bilan shartlangan bo’ladiki, ular muayyan qonun-qoidalarda mustahkamlangan bo’ladi. Masalan, uning shartlaridan eng muhimi–nikohga kiruvchilarning o’zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga yetganliklari ( bizning mamlakatimizda yigitlar 18 yosh, qizlar 17 yoshdan nikoh tuzish huquqiga ega). Shuningdek nikohning davlat tomonidan rasmiy ro’yxatga qayd etilishi oilada er-xotining huquqlariga doir talablar uning huquqiy jihati hisoblanadi. Nikohning huquqiy jihati uning axloqiy jihatini zaruran taqozo etadi. Ushbu jihatlar uyg’unlashgan paytdagina qurilgan oila mustahkam bo’ladi. Oila buzilishlarining asosiy sabablaridan biri ham ana shu uyg’unlikning buzilishi hisoblanadi.

Download 4.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling