1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja


Download 4.7 Mb.
bet8/44
Sana04.11.2023
Hajmi4.7 Mb.
#1746956
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
Bog'liq
etika,estetika,mantiq

И.А.Каримов

Tarixan shakllangan qat’iy axloqiy talablar majmui va ularning kishilar tomonidan bajarilishi bilan bog’liq hatti-harakatlar burch tushunchasida ifodalanadi. Burchning ikki jihati mavjud: rigorizm(lot. rigor- qat’iy)- so’zsiz bajariladigan qoidalar va deontalogiya(lot.dcontos-lozim)- bajarilishi kerak bo’lgan talablar.


Birinchi jihatiga huquqiy qonun-qoidalar bilan mustahkamlangan majburiyatli ahamiyatga molik axloqiy talablar kiradi. Masalan, harbiylar, shifokorlarning qasamyodi va boshqa. Ushbu turlardagi burchlarning buzilishi muayyan moddalar bo’yicha jinoyat deb belgilanadi.
Deontalogiya- axloqiy talablarning ixtiyor erkinligi bo’yicha bajariladigan burchdir. Masalan, kishining Vatan, el-yurt oldidagi va boshqa shu kabi burchlari.
Qayd etilgan burchning har ikki jihati bir-birini taqozo etadi, ular kishi faoliyatida o’zaro birlikda amal qiladi. Chunki burchning bajarilishi kishidan o’z kasbiy vazifasini faqat majburiyat tarzida (rigorizm) emas, balki axloqiy (deontologiya) tanlov orqali bajarilishni talab etadi. Masalan, askar harbiy qasamyodni faqat unga nisbatan yuklatilgan harbiy—so’zsiz bajarilishi talab etiladigan qoida-vazifa deb emas, balki axloqiy tamoyillar sifatida bajarmog’i kerak. Va shunday holdagina u o’z burchini tom ma’nodagi vatan himoyachisi darajasida bajaradi.
Shunday qilib, burch – bu muayyan axloqiy me’yor va tamoyillarning bajarilishni talab qiladigan vazifa, majburiyat bo’lib, bu kishidan unga nisbatan vijdonan munosabatda bo’lishni taqozo etadi.
Shunga ko’ra burchning axloqiy tanlov darajasida bajarilishi vijdon bilan bevosita bog’liqdir.
Vijdon keng mazmunga ega axloqiy tushuncha bo’lib, unda shaxsning o’z burchini anglashi, uning ado etilishini ixtiyor erkinligi, e’tiqod darajasida nazorat qilish qobiliyati ifodalanadi. Vijdon shaxsning o’z hatti-harakatlarini oliy qadriyatli axloq normalari, xususan, burch talablaridan turib baholashi va uni ado etishidir. Shunga ko’ra aytish mumkinki, vijdon axloqiy amr, majburiyatlarning axloqiy tanlov doirasida bajarilishiga bo’lgan ma’naviy-ruhiy ma’suliyatidir. Vijdon yuksak axloqiy hissiyot- uyat tuyg’usi bilan bog’liq botiniy-ruhiy o’z-o’zini anglash, o’z-o’ziga bo’lgan munosabatdir. Nemis faylasufi I.Kant vijdonning bunday xususiyatini nazarda tutgan holda, uni «Dilda yashaydigan qonundir», deb ta’riflaydi.
Agar kimda-kim ana shu qonun sohibi bo’lsa, u o’z ustidan hukm chiqaruvchisi hakam bo’ladi. Shu bois vijdon azobidan qochib qutilib bo’lmaydi va bu eng oliy jazo hisoblanadi.
Diniy ta’limotga ko’ra, vijdon (iymon)da - Xudo tajallisida namoyon bo’ladi. Shu bois iymon Xudo va inson o’rtasida bog’lovchi vazifasini o’taydi. Bunda Xudo insoniyat iymonining timsoli sifatida talqin qilinadi.
Vijdon talablari ijtimoiy normalarining mohiyatini o’zida ifodalaydi. Ba’zan ular o’rtasida ichki ziddiyat yuzaga keladi. Buning sababi jamiyat qonunlari ijtimoiy normalarning eskirganligi, tor mafkuraviy yo’nalishga ega ekanligi bilan izohlanadi. Vijdon ijtimoiy miqyosda yuksak axloqiy qadriyatlilikni ifodalaydi va shunga ko’ra u jamiyat talablari ijtimoiy normalarga nisbatan belgilovchidir.
O’zining hatti-harakatlarini ma’naviy o’lchovda baholay bilmoq va o’z gunohlarini xotiralab, ular ustidan hukm chiqarmoq vijdonlilikning mezonidir. “Vijdon ham aslida gunohni ma’naviy jihatdan baholash bilan uyg’unlashib ketgan xotiradir, - deb yozadi taniqli rus madaniyatshunos olimi, akademik Dmitriy Lixachyov,- agar qilingan gunoh xotirada saqlanib qolmagan bo’lsa, uni muhokama etib, baholab bo’lmaydi. Xotirasiz vijdon yo’q”.22
Burch vijdon tushunchalarining mazmuni orqali anglashiladigan tushuncha “nomus” tushunchasidir.
Nomus tushunchasi dastlab Rim stoiklar maktabi vakillari Seneka, Mark Avreliy tomonidan falsafiy jihatdan talqin qilinadi. Ular nomusni insonning qadr-qiymatini ko’rsatuvchi fazilat deb hisoblaydilar.
Nomus tushunchasida insonning oliy qadriyat sifatidagi o’z qadr-qiymatini anglab yetishi va buni saqlash, e’zozlashga qaratilgan hatti-harakati ifodalanadi. Inson uchun jon qanchalik qadrli aziz bo’lsa, nomus undan ham qimmatliroqdir. Zotan, nomus uchun kishi kerak bo’lsa, jonidan ham kechadi. Or-nomusdan ajralib yashash –bu tirik holdagi o’limdir.
Nomus kishining indivudual qadr-qiymati bilan bog’liq bo’lish barobarida ijtimoiy xarakterga ega. Unda shaxsning jamiyat, millati, Vatani oldidagi burchini anglashi va bu yo’ldagi fidoiyligi ifodalanadi. Bunday fidoiylik esa vijdon amriga bo’ysunadi. Shunga ko’ra nomus tashqi vijdon, vijdon esa ichki, botiniy nomus(A. Shopengauer), deb ataladi.
Bugungi kunda jamiyatimiz a’zolarida o’zlikni anglash, milliy g’urur, Vatan tuyg’usi kabi xislatlarni ularda or-nomus axloqiy fazilatlarni kamol toptirish orqali shakllantirish mumkin.
Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, mezoniy tushunchalar bilan birgalikda yana bir qator muammoviylik tabiatiga ega bo’lgan axloqiy tushunchalar mavjud. Bular: axloqiy ideal, baxt, hayotning ma’nosi. Mazkur tushunchalarning muammoviylik xususiyati shu bilan izohlanadiki, ularning mazmuni to hozirgacha falsafada to’liq o’z yechimini topmagan inson mohiyati muammosining talqini bilan bog’liqdir.
Axloqiy ideal tushunchasida axloqiy fazilatlarni o’zida mujassamlantiradigan komil inson va mukammal (adolatli) jamiyat haqidagi tasavvur, orzu va unga yetishishga bo’lgan intilish ifodalanadi.
Komil inson, odil podshoh, har bir kishining maqsad, manfaatlarini o’zida mujassamlantiruvchi jamiyat haqidagi qarashlar, tasavvurlar majmui-axloqiy idealdir. Mazkur ideal axloqiy ong shakli bo’lib, unda orzu qilingan komil inson, mukammal jamiyat mavjud ijtimoiy talab (sosial norma), maqsad va manfaatlar mezonidan turib baholaniladi.
Axloqiy ideal estetik, diniy, ijtimoiy-siyosiy ideallar tarzida nomoyon bo’ladi va ijtimoiy – yo’naltiruvchilik, uyushtiruvchilik vazifalarini o’taydi.
Bugungi kunda istiqlol g’oyasining asosiy tamoyili- komil insonni kamol toptirish vazifasi kishilarda, xususan yoshlarda axloqiy idealni shakllantirishni talab etadi.
Baxt axloqshunoslikdagi eng bahsli mavzu. Mazkur masalaga xilma-xil qarashlar bo’lib, turlicha ta’riflar beriladi. Bu o’rinda polyak faylasufi V. Tatarkevichning “Hyech kim baxtning nimaligini aniq bilmaydi” degan so’zini keltirish kifoya.
Baxt haqida turfa qarashlarning sababi shundaki, uni har bir kishi o’z shaxsiy manfaat maqsadlardan kelib chiqqani holda talqin qiladi, tushunadi. Chunki birovga baxt bo’lib ko’ringan narsa boshqa kishi uchun ahamiyatsiz bo’lishi mumkin va aksincha.
Barcha davrlarda faylasuflar baxt(baxtiyorlikning) hamma uchun umumiylikni(mezonni) aniqlashga harakat qilib kelganlar. Masalan fransuz faylasufi Klod Adrion Gelvesiy(1715-1771) faqat bilim – ma’rifat taraqqiyoti baxt(baxtlilik)ning umumiy jihati deb ko’rsatadi. Chunki, uningcha, ma’rifat ezgulikka eltuvchi yo’ldirki, busiz baxt yo’q.”Ma’rifatli hukmdor (qirol)lar,-deb yozadi u, -birdan-bir real lazzatlanishni kishilarga yaxshilik qilishda, ezgulikda ko’radilar. Ma’rifatlangan va yaxshi boshqariladigan kishilar o’zgalarni baxtli qilganlari holda baxtli bo’ladilar”.23
To hozirgi vaqtgacha ham faylasuflar baxtning umumiy jihati-mezoni borasida yakdil fikrga kelisha olgan emaslar. Shunga ko’ra axloqiy baxt tushunchasi talqiniga nisbatan quydagi to’rt xil qarashni ajratib ko’rsatish mumkin:

  1. Baxtni ta’rif berib bo’lmaydi.

  2. Baxt-o’ziga xos hissiyot, ko’tarinki rohatlanish, huzurlanish holati

  3. Baxt-bu mavhumot va u haqiqatda mavjud emas.

  4. Baxt voqyelikda bo’lishi mumkin.(Ushbu qarashlar haqida batafsil qarang: E.U. Umarov. F.B. Zagыrtdinovna Etika. T.,2005, 85-86-betlar).

Bizningcha baxt tushunchasining mazmun-mohiyati uning muqobili- baxtsizlik bilan taqqoslash orqali anglashiladi.
Xalqimizda “Yomonni ko’rmay yaxshining kimligini bilmaysan”, degan naql borki, uni baxtga nisbatan berib «Baxtsizlikni bilmasdan baxtning nimaligini bilmaysan” deb aytish mumkin.
Baxtsizlikni quyidagi belgilari bilan tavsiflash mumkin: turmushdan yolchimaganlik, kulfat, g’am-g’ussa, dard-alam, ro’shnosizlik, omadsizlik, tolesizlik.24
Baxtsizlik kishi boshiga jamiyatdagi muayan muhit, shart-sharoitlari bilan zaruran shartlangan holda ro’y beradigan hodisadir. Baxtsizlik bu tasodifiy hodisa emas, balki zaruriyatning namoyon bo’lish shaklidir. Shunga ko’ra baxtsizlik muqobiligi baxt tushunchasi keng ma’noda jamiyat va shaxs ehtiyoj manfaatlarining o’zaro uyg’un holda qondirilishi va buning natijasi o’laroq kishining hayotdan lazzatlanib yashashi holatini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, baxt-bu insonning hayotdan, turmushdan lazzatlanib, undan to’lasincha mamnun bo’lib yashashidir.

Download 4.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling