1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja
Download 4.7 Mb.
|
etika,estetika,mantiq
Yaxshilik va yomonlik tushunchalari ko’pincha ezgulik va yovuzlik bilan bir ma’noda qo’llaniladi. Lekin mazkur juft tushunchalar bir-biridan mazmunan farq qiladi.
Yaxshilik va yomonlik konkret shaxsning kundalik odob va xulqiga taalluqli ijobiy va salbiy jihatlarni ifodalaydi. Shunga ko’ra yaxshilik ba’zan yomonlikka aylanishi mumkin va aksincha. Lekin ezgulik hech qachon yovuzlikka aylanmaydi. Ayni paytda yaxshilik ezgulikka, yomonlik yovuzlikka aylanadi. Adolat (arabcha “odillik”) mezoniy tushunchasida huquqiy talab, majburiyatlarning axloqiy tamoyil, me’yorlarga muvofiq ravishda amal qilishligi darajasi ifodalanadi. Qadimgi yunon faylasuflari Arastu adolatning ana shu xususiyatini nazarda tutgan holda uni “qonunga muvofiq xulq” deb ta’riflagan edi. Oliy qadriyat sifatidagi axloqiy tamoyillar, talablar huquqiy norma, qonun-qoidalarga nisbatan birlamchi, belgilovchi hisoblanadi. Insonni oliy qadriyat sifatida baholamaydigan va unga muvofiq tarzda amal qilmaydigan huquqiy norma, qonun-qoidalar adolatsizdir.. Shunga ko’ra adolat jamiyatni, kishilar o’rtasidagi munosabatlarni axloqiy va huquqiy talablarga mos tarzda tartibga solib turish vazifasini o’taydi va shunga ko’ra barcha ijtimoiy hatti-harakatlar ana shu mezon bilan o’lchanadi. Insoniyat avval – azaldan to hozirgacha adolatli jamiyat barpo etish uchun kurashib kelgan. Aytish mumkinki, o’tmishdagi barcha ijtimoiy beqarorlik, inqilobiy to’ntarishlar adolat tamoyillarining huquqiy-siyosiy qonun-qoidalarga nisbatan birlamchi, belgilovchiligi qonuniyatiga amal qilmaslik, uning buzilishining natijasida ro’y beradi. Misol tariqasida 1917 Rossiyada oktyabr to’ntarishini olib qaraylik. Bu vaqtdagi mamlakatdagi amaldagi huquqiy qonun-qoidalar, ya’ni Chor Rossiyasi davlatining qonunlari insonni oliy qadriyat sifatida qarashni talab etuvchi axloqiy tamoyillarga zid ediki, buning natijasi o’laroq mamlakat miqyosida adolatsizlik avj oladi. Va bundan Lenin boshliq bolsheviklar ustakorlik bilan foydalanadilar. Oliy qadriyat sifatidagi haq-huquqlari mehnat ahlini (ishchi-proletariat, dehqonlarni) hukumatga qarshi oyoqqa turg’izadi. Bugungi kunda mamlakatimizda barpo etilayotgan demokratik davlat yuksak umuminsoniy axloqiy tamoyillarga asoslanadi. “Biz shunchaki demokratik davlat qurishga intilyapmiz. Adolatparvarlik g’oyasi butun iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimiga singib ketishi, ijtimoiy ko’maklashuv mexanizmida o’z aksini topish mumkin”.21 Prezidentimizning ushbu fikrida adolat tamoyillari siyosiy-huquqiy qonun-qoidalarga nisbatan belgilovchiligi va mazkur qonuniyatga amal qilish bugun mamlakatimizda fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning asosiy omili ekanligi haqidagi g’oya o’z ifodasini topgan. “Biz shunchaki demokratik davlat qurishga intilyapmiz. Adolatparvarlik g’oyasi butun iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimiga singib ketishi, ijtimoiy ko’maklashuv mexanizmida o’z aksini topish mumkin”. Download 4.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling