1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja


Axloq keng qamrovli falsafiy tushuncha bo’lib, u tor ma’noda qo’llaniladi. Odob


Download 4.7 Mb.
bet3/44
Sana04.11.2023
Hajmi4.7 Mb.
#1746956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
etika,estetika,mantiq

Axloq keng qamrovli falsafiy tushuncha bo’lib, u tor ma’noda qo’llaniladi.
Odob kishining individ sifatida milliy urf-odatlar doirasidagi axloqiy me’yorlarga amal qilishi bilan bog’liq hatti- harakatidir. Masalan, salomlashish, xushmuomalalik, rostgo’ylik va b.
Xulq—kishining shaxs sifatidagi boshqalar bilan bo’lgan munosabati, xatti-harakati bo’lib, bu uning oila, mahalla- kuy va mehnat jamoasida namoyon bo’ladi.
Odob va xulq axloqiy talab,norma va tamoyillarga rioya qilishning boshlang’ich bosqichi bo’lib, bu hali ijtimoiy fikr mezoni bilan o’lchanmaydi. Lekin kishining odob va xulqi uning ma’naviyatining muhim jihati hisoblanadi.
Axloqiy norma, talab va qoidalar jamiyat va shaxs munosabatlarni uyg’unlashtiruvchi muhim omildir.
Axloq keng ma’noda ijtimoiy ongning o’ziga xos shakli bo’lib, u ijtimoiy va induvidual dunyoqarash shakli sifatida jamiyat va shaxs ma’naviy hayoti tizimining tarkibiy qismi sifatida amal qiladi.”Aslini olganda,- deb yozadi Islom Karimov,- axloq ma’naviyatning o’zagi. Inson axloqi shunchalik salom –alik, xushmuolalikdangina iborat emas. Axloq—bu avvalo, insof va adolat tuyg’usi, iymon, halollik degani”.
Axloq ijtimoiy ong shakli sifatida tarkibiy tuzilishiga ega bo’lib, ularning o’zaro birligida muayyan vazifa (funksiya)larni bajaradi.


Normalar, qadriyatlar va ideallar axloqning tarkibiy qism(elementlari)laridir. Norma- bu kishilik jamiyati yuzaga kelishi, taraqqiyoti jarayonida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish boshqarish zarurati negizida shakllangan va takomillashib borgan xulq-atvor talablari bo’lib, ular ijtimoiy fikr, qat’iy qoida, muqqadas burch, urf-odatlar shaklida amal qiladi.
Qadriyatlar—bu jamiyat shaklida mukammalligi va inson komilligi uchun ahamiyatli bo’lgan sifatlardir. Bular: haqiqat, adolat, ezgulik, juvonmardlik va b. Qadriyatlar mutlaq va nisbiy turlarga ajratiladi. Mutlaq qadriyatlar umuminsoniy qimmmatga ega bo’lib, zamon va makonda o’zining sifatini tamoyillarini o’zgartirmaydi. Masalan, adolat, haqiqat, ezgulik. Nisbiy qadriyatlar milliy xarakterga ega va muayyan ijtimoiy munosabatlar uchun ahamiyat kasb etadi.
Axloq ma’naviyat tizimida tartibga soluvchi, bilish va tarbiyaviy vazifa (funksiya)larni bajaradi. Bunda talaba ijtimoiy ongning barcha shakllari (din, san’at, fan, siyosat, mafkura ) bevosita axloq bilan bog’liq holda o’z vazifalarini amalga oshirishligiga alohida e’tibor bermog’i kerak. Bunda mazkur fan boshqa ijtimoiy falsafiy fanlar bilan aloqadorlikda o’z tadqiqot obyektini o’rganishligini yaxshi anglamog’i zarur.
Axloqshunoslik o’zining tadqiqot doirasini bevosita mantiq, estetika, dinshunoslik, huquqshunoslik, sosiologiya, ekologiya kabi fanlar bilan o’zaro aloqadorlikda o’rganadi. Chunki qayd etilgan ilm sohalari, birinchidan, jamiyat va shaxs munosabatlarini uyg’unlashtirish masalasi bilan shug’ullanadi, ikkinchidan, mazkur fan sohalarining predmeti ma’naviyat tizimining tarkibiy qismlarini tashkil etadi.

Normalar, qadriyatlar va ideallar axloqning tarkibiy qism(elementlari)laridir. Norma- bu kishilik jamiyati yuzaga kelishi, taraqqiyoti jarayonida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish boshqarish zarurati negizida shakllangan va takomillashib borgan xulq-atvor talablari bo’lib, ular ijtimoiy fikr, qat’iy qoida, muqqadas burch, urf-odatlar shaklida amal qiladi.

Axloqshunoslik qadimdan estetika bilan o’zaro bog’liq tarzda shakllanib, rivojlanib kelgan. Qadimgi Yunonistonda kalokatiya(yunon. salog-go’zal, adathos-axloqiy mukkamal) deb ataladigan ta’limot ana shu asosda yuzaga kelgan bo’lib, unga ko’ra, ezgulik, yaxshilik uchun nima xizmat qilsa, o’sha narsa go’zaldir. Mazkur ta’limot hozirgi paytda ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas. Zotan insonning tom ma’nodagi go’zalligi unig axloqiy fazilatlarida, keyingisi esa kishi ma’naviy ruhiy olami-ichki go’zalligida namoyon bo’ladi. Axloqshunoslik o’z tadqiqot doirasini ana shu tamoyildan turib o’rganadi.


Axloqshunoslikning dinshunoslik bilan uzviy aloqasi shundaki, har ikkala fan vazifalari insonlarni ezgulikka yo’naltiruvchi, axloqiy norma, qoida, tamoyilarni ularning hayoti, faoliyatining maqsad, mohiyatiga aylantirishga qaratilgandir.
Axloqshunoslik ayniqsa pedagogika bilan uzviy bog’likda ish ko’radi. Ma’lumki, pedagogikaning asosiy vazifasi tarbiya jarayonini usul, yo’llari, vositalarini ishlab chiqish va uni amalga oshirish hisoblanadi. Shuning uchun axloq tarbiyaning mezoniy o’lchovi sifatida qaraladiki, bu axloqshunoslikning pedagogika uchun metadologik ahamiyatini belgilaydi.
Axloqshunoslik o’zining amaliy—tarbiyaviy, tartibga soluvchilik vazifalarini huquqiy qonun qoidalar orqali amalga oshiradiki, bu uning huquqshunoslik fani bilan aloqada bo’lishligini taqozo etadi.
Mazkur fanlar jamiyat va shaxs maqsad va manfaatlarini uyg’unlashtirish masalasi bilan shug’ullanadilarki, shunga ko’ra axloqni jamoatchilik tomonidan qabul qilingan huquq, keyingisi esa qonunlashtirilgan, amri vojiblashtirilgan axloqdir. Aslida davlat kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bosqichida axloqiy norma, talablar ijtimoiy fikr sifatida amal qilish kuchini yo’qotgandan so’ng ularni kishilarga majburiy-amri vojib tarzida bajartiruvchi tashkilot sifatida yuzaga keladi. Axloqning mohiyati, uning amal qilishi masalasini talaba uning kelib chiqishiga alohida diqqat e’tiborini qaratishi lozim.
Axloqning paydo bo’lish masalasi axloqshunoslik fani tadqiqot doirasining muhim jihatini tashkil etadi. Ushbu masala yechimiga ikki xil yondashuv mavjud: diniy va tabiiy-ilmiy dahriylik qarash. Birinchi yo’nalish vakillari axloqning paydo bo’lishini insonni xudo yaratgan degan qarqashdan kelib chiqqan holda tushuntiradilar. Bunda ular Yer yuzidagi insoniyatning aksariyat ko’pchiligi dindor ekanligini asosiy dalil qilib ko’rsatadilar.(Masalan, Abdulla Sher. Axloqshunoslik. T. 2000,120-b.)
Tabiiy-ilmiy qarash mazkur masalani fan yutuqlari (arxeologiya, etnografiya, biologiya)ga tayangan holda talqin qiladilar. Shuni ta’kidlash kerakki, ilm-fanni yaratuvchi kuch(Xudo) ning mohiyatini anglash deb bilganki axloq mohiyatini insonga Xudo tomonidan ato etilgan mutlaq o’zgarmas ne’mat deb qaramaydilar. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy kabi dunyoviy va ilmiy bilimlarni bir-biriga mavjudlik usullari deb qaraydilar. Ular xudo insonni hayvonlardan farqli o’laroq o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini axloqiy kamol toptirish imkoniyatlari bilan yaratganki, bunga erishish uning o’z izmida deb tushuntiradilar.
A
Insondagi xulq-atvor va hayot tarziga kelganda shuni aytish kerakki, –inson o’z irodasiga ega bo’ladi. Bunda shaxs o’z nafsini (ko’nglini) nima bilan tozalasa, uni ruhoniy tabobat bilan davolay olsa va axloq kitobida aytib o’tilgan yo’l-yo’riqlar bilan asta-sekin undagi davrlardan forig’ etsa, bunday inson mazammat –(ayblanadigan) qilinadigan tomonlarini maqtanaladigan tomonlarga almishtirishga ham qodirdir”.1

Download 4.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling