1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja
Download 4.7 Mb.
|
etika,estetika,mantiq
Hadis
Oila turli xil sabablarga ko’ra buziladiki, ularning asosiylaridan biri farzandlar tarbiyasi bilan bog’liqdir. Shuningdek oila tabiiy sabablarga ko’ra ham buziladi. Bu, asosan, ota-onadan birining vafotidan so’ng janjal, nizolar tufayli yuz beradi. Bundan tashqari oila nikohning bekor qilinishi munosabati bilan ham buziladi. Nikohning bekor qilinishning turlicha sabablari bor. Xususan farzandsizlik, turmush o’rtog’iga xiyonat va boshqalar. Ota-onaga bo’ysunishdan bosh tortishga yo’l qo’yish bolaning qo’pol, badxulq bo’lib yetishuviga olib keladi. Shu bois oila ilk axloqiy tarbiya o’chog’i, maskani sifatida katta ahamiyat kasb etadi. Oila mustahkam, tinch, farovon, sog’lom, baxtli bo’lsagina jamiyatda barqarorlik vujudga keladi. Shuning uchun ham mamlakatimizda oilani mustahkamlashga alohida e’tibor berilmoqda. Asosiy Qonunimizning «Oila» deb atalgan 14-bobidagi 64-65-moddalarida oilaning mavqyei quyidagicha belgilanadi: “oila jamiyatning bir bo’g’inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega”. “Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi”. Axloqiy maskan bo’lgandagina oila jamiyatni, millatni tashkil etadi. Mamlakatimizda barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati oila va davlat o’rtasidagi muhim bosqichdir. Mazkur fuqarolik jamiyatining o’ziga xos xususiyati shundaki, unda fuqarolarning axloqiy madaniyati jamiyatning o’z-o’zini boshqrish bosqichiga o’tishning asosiy omili bo’lib xizmat qilishligi bilan izohlanadi. Bu o’rinda Prezidentimizning quyidagi fikrini esda olish maqsadga muvofiqdir: “ Fuqarolik jamiyatining eng asosiy belgisi–bu davlatning vazifasi–vakolatlarini jamoat tashkilotlariga bosqichma-bosqich o’tkazish orqali fuqarolarning ijtimoiy faoliyatini, siyosiy-axloqiy madaniyatini oshirishdan iboratdir.”32 Fuqarolik jamiyati mohiyatan oila va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarning nisbatan uyg’unlashgan darajadagi jamiyat tizimidir. Chunki fuqarolik jamiyatning asosiy xususiyatlaridan biri bu o’z-o’zini boshqarish(tamoyili) hisoblanadiki, bunda ushbu tamoyil oila bilan boshqaruvchi siyosiy tashkiloti bo’lgan davlat o’rtasidagi munosabatni uyg’unlashtirish omili bo’lib xizmat qiladi. O’z-o’zini boshqarish tizimiga o’tish jarayonida davlat funksiyalari asta-sekinlik bilan jamoat, nodavlat tashkilotlari zimmasiga o’ta boradi. O’zbekiston Konstitusiyasining 105- moddasi va “Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi Qonunning 1-moddasiga binoan, shahar qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda fuqarolarning yig’inlarini –o’zini-o’zi boshqarish organlari deb belgilanadiki, ular 2,5 yil muddatga raisi(oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. O’zini-o’zi boshqarish organlari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda fuqarolarga o’z huquqlarini ro’yobga chiqarishga ko’maklashadilar, o’z hududlaridagi ijtimoiy va xo’jalik vazifalarini hal etish, ommaviy-madaniy tadbirlarni o’tkazish, davlat hokimyati, boshqaruv organlari hamda O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezidentning farmonlarini, hukumatning, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va hokimlarning qarorlarini bajarishda fuqarolarni birlashtiradilar. O’zini-o’zi boshqarish tamoyili har bir fuqarodan jamiyatdagi siyosiy-ijtimoiy jarayonlarda faol subyekt sifatida ishtirok etish bilan birga, ulardan o’zida yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirishlarini talab qiladi. Ushbu vazifa barcha tarbiya yo’nalishlarining axloqiy tarbiya bilan o’zaro birligi orqali amalga oshiriladi. Shunga ko’ra mamlakatimizda (barpo etilayotgan fuqarolik jamiyati) G’arb mamlakatlaridagi fuqarolik jamiyatidan ana shu jihati bilan farq qiladi. Agar G’arb mamlakatlari boshqarish tizimida qonunchilik yetakchilik qilsa, bizda ma’naviy axloqiy yo’nalish belgilovchi mavqyeini egallaydi. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishda davlat bosh islohotchi vazifasini o’taydi. Davlat turli-tuman boshqaruv va tashkiliy institutlar majmuasi bo’lib, uning eng muhim vazifalardan biri-bu jamiyat va shaxs munosabatlarini uyg’unlashtirishdirki, buni u eng avvalo ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish, mukammalashtirish orqali amalga oshiradi. 1997 yildan boshlab amalga oshirilayotgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” bu sohadagi asosiy yutuqlarimizdan biri bo’lib, uning maqsadi xalqimizning intellektual salohiyatini oshirish bilan birga ularning axloqiy madaniyatini shakllantirishga fuqarolik jamiyatiga muvofiq keluvchi yetuk kadrlar yetishtirishga qaratilgandir. 2. Rejadagi ikkinchi savol axloqiy madaniyat va kasbiy odob masalasi bo’lib, u axloqshunoslikdagi asosiy mavzulardan biri bo’lib hisoblanadi. Davlat va fuqarolik jamiyati uchun xos bo’lgan jamiyat va shaxs uyg’unligiga muayyan darajadagi fuqarolarning axloqiy madaniyati orqali erishiladi. Axloqiy madaniyat shaxsning jamiyat tomonidan qabul qilingan, insonda zavq uyg’otuvchi tajribalarning o’z hayoti faoliyatida amal qilishi , qo’llashi, hayot tarziga singib borishi, o’z-o’zini muntazam takomillashtirib borishi singari jihatlarni o’z ichiga qamrab oladi. Shunga ko’ra axloqiy madaniyat umumiy madaniyat tizimining tarkibiy qismi bo’lib , shaxsning jamiyat axloqiy tajriba, normalarini e’tiqod darajasida o’zlashtirishi, xatti-harakatlari, hayotiy faoliyatida namoyon etish malaka ko’nikmalaridir. Mazkur madaniyat shaxs va jamiyat o’rtasidagi munosabatlari, ularning maqsad, manfaatlarini uyg’unlashtirishning omili bo’lib hisoblanadi. Chunki ijtimoiy munosabatlar taraqqiyoti darajasi eng avvalo axloqiy norma, tamoyillarning jamiyat a’zolari tomonidan qay darajada o’zlashtirilganligi bilan belgilanadi. Download 4.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling