1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja
Download 4.7 Mb.
|
etika,estetika,mantiq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Axloqiy tamoyillar
- Insonparvarlik
Hayotning ma’nosi muammoviy tushuncha bo’lib, unda insonning o’zligini anglagan holda yashash, umr o’tkazishning maqsadini tanlovi va uni ro’yyobga chiqarish yo’lidagi faolligi ifodalanadi. Hayotning ma’nosi tushunchasining mazmunini “Kishi nima uchun dunyoga keladi va nima uchun yashaydi?-degan azaliy falsafiy savolga beriladigan javob tashkil etadiki, barcha davrlarda faylasuf, mutafakkirlar unga javob axtarganlar. Bu o’rinda Umar Xayyomning quyidagi ruboiysi xarakterlidir:
Bu bexabar dil ham tegdi-ku jonga, Sitamidan jonim keldi fig’onga. Olamga baribir boru yo’qligim, Bas, men nima uchun keldim jahonga? “Hayotning ma’nosi” tushunchasi falsafiy mazmunga ega bo’lib, u quyidagi ikki jihatga ega: dunyoqarash va psixologik. Uning dunyoqarash jihatida shaxsning individuallashgan qarashlari, maqsadlari majmui orqali namoyon bo’ladigan, uning dunyoga va o’zining borlig’iga bo’lgan munosabati ifodalanadi. Psixologik jihatida esa shaxsning axloqiy hissiyoti bilan bog’liq ruhiy-botiniy ko’rsatmasi(ustanovka) ifodalanadi. Mazkur jihat nazariy mazmun darajasida shaxs dunyoqarash jihatining uning axloqiy faoliyati motiviga aylanishida muhim omil vazifasini o’taydi. 4.Axloqiy tamoyillar axloqiy ong shakli bo’lib, ular qonun-qoidalarning umumlashgan, jamiyat tomonidan shaxsga qo’yiladigan ijtimoiy norma, talablar tarzida namoyon bo’lish usullaridir. Shunga ko’ra axloqiy tamoyillar ijtimoiy, umuminsoniy xarakter-mazmunga egadirlarki, ular irqi, millati, mazhabi turlicha bo’lgan kishilar uchun birdek umumiy-talablar hisoblanadi. Va mazkur tamoyillar insonning oliy qadriyat sifatidagi mohiyatini belgilaydigan jihatlar tarzida namoyon bo’ladi. Bular: insonparvarlik, jo’mardlik, erksevarlik, vatanparvarlik, tinchlikparvarlik. Insonparvarlik – axloqiy tamoyillar tizimidagi markaziy qism bo’lib, unda insonning tom ma’nodagi mohiyatini belgilovchi axloqiy fazilatidir. Insonning insonga oliy qadriyat sifatida munosabatda bo’lishi insonparvarlikning muhim belgisidir. Zardushtiylik ta’limotining muqaddas kitobi “Avesto”da insonga ana shu tarzda munosabatda bo’lish ezgulikning ibtidosidir degan g’oya qizil ip bo’lib singdirilgan. Shuningdek 3-4 ming yil avval Somir(Shumer) mixxatlarida ham ana shu g’oya qayd etilgan. Shunga ko’ra aytish mumkinki, insonparvarlik(gumanizm)g’oyasi, ko’pgina mavjud ilmiy adabiyotlarda qayd etilganidek, Ovro’padagi Uyg’onish davrida emas, balki Sharqda axloqiy ta’limot sifatida yuzaga kelgandir. Download 4.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling