Sillogizmning ikkinchi figurasida o’rta atama katta va kichik asoslarning predikati o’rnida keladi. Ya’ni:
R------ M
S------ M
S - R emas.
Mazkur figuraning quyidagi ikkita qoidasi mavjud: 1) katta asos umumiy hukmlar (A, Ye); 2) asoslarning biri inkor (Ye, O) hukm bo’lishi kerak. Masalan:
«A- Hamma tabiat qonunlari (R) stixiyali amal qiladi (M).
O – Qiymat qonuni (S) stixiyali amal qilmaydi (M).
O – Qiymat qonuni (S) tabiat qonuni emas» (R).
Mazkur qonunning biri buzilsa, xulosa xato yoki noaniq bo’ladi. Masalan:
A – «Metallar elektr toki o’tkazadi.
J - Suv metalldir
J- Suv elektr toki o’tkazadi.
Ko’rinib turibdiki, bunda asoslarning biri inkor hukm bo’lishi kerak, degan qoida buzilib, katta va kichik asoslar tasdiqlovchi hukmlar sifatida olinmoqdaki, ulardan chiqarilayotgan xulosa ham xatodir.
Ikkinchi figuraning quyidagi to’rtta modusi bor: YeAYe AYeYe YeJO AOO
REM RAM REM RAM
SAM SYeM SJM SOM
SYeR SYeR SOR SOR
Endi ushbu moduslarga misollar keltiramiz.
AOO – Varokko modusi.
A – «Umuminsoniy oliy qadriyatlarni o’zida mujassamlashtirgan g’oyalargina(R) kishilarning e’tiqodiga aylanadi (M).
O – Kommunistik mafkura (S) yetmish yil davomida kishilarning
e’tiqodiga aylanmadi (M)___________
O --- Demak, kommunistik mafkura (S) umuminsoniy oliy va qadriyatlarni mujassamlashtirmagan g’oyadir (R).
YeAYe – Sesare modusi.
Ye – Hech bir totalitar davlat (R) fuqarolik jamiyatiga ko’tarila olmaydi (M). A – Fuharolarni ijtimoiy himoyalash tamoyiliga amal qiladigan davlatlar (S) fukarolik jamiyatiga ko’tarila oladilar (M).
Ye – Demak, fuqarolarni ijtimoiy himoyalash tamoyiliga amal qiladigan davlatlar totalitar davlat emas.
AYeYe – Samestres modusi.
A- Hamma tovarlar (R) o’z qiymati va bahosiga ega (M).
Ye – Mehnat sarflanmagan hech bir narsalar(S ) o’z qiymati va bahosiga ega emas (M).
A – Demak, mehnat sarflanmagan hech bir narsa (S) tovar hisoblanmaydi (M).
Do'stlaringiz bilan baham: |