1-Mavzu. Axloqshunoslik fanining tadqiqot doirasi, maqsadi va vazifalari Reja


-mavzu. Ixtiyor erkinligi va axloq tuzilmasi. Axloqshunoslikning asosiy tushunchalari. Axloqiy tamoyillar va me’yorlar


Download 4.7 Mb.
bet5/44
Sana04.11.2023
Hajmi4.7 Mb.
#1746956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
etika,estetika,mantiq

2-mavzu. Ixtiyor erkinligi va axloq tuzilmasi. Axloqshunoslikning asosiy tushunchalari. Axloqiy tamoyillar va me’yorlar.


Reja:
1. Ixtiyor erkinligi. Axloq tuzilmasi: axloqiy ong, axloqiy hissiyot, axloqiy munosabatlar. Axloqshunoslik asosiy tushunchalarining mohiyati. Axloqshunoslik atamalarining qutb tushunchalar sifatdagi mohiyati; axloqshunoslikning tushunchalari ibtidosining axloqiy hissiyotga borib taqalishi.
2. Muhabbat – axloqshunoslikning eng qamrovli mezoniy tushunchasi sifatida. Muhabbatning turlari: Allohga, Vatanga, millatga, ota-onaga, farzandga, insoniyatga muhabbat.
3. Ezgulik mezoniy tushunchasi. Ezgulik va haqiqat, go’zallik, ezgulik va yovuzlik. Yaxshilik va yomonlik. Adolat, burch, vijdon, baxt tushunchalari.
4. Axloqiy me’yorlar va ularning talab shakllari sifatidagi mohiyati. Axloqiy me’yorlar: halollik va nopoklik, rostgo’ylik va yolg’onchilik, xushfe’llik, shirinsuxanlik; kamtarlik. Axloqiy tamoyillar: insonparvarlik, erkparvarlik, vvatanparvarlik, tinchlikparvarlik.
Tayanch iboralar: Ixtiyor erkinligi. Axloqiy tanlov. Axloq tuzilmasi, axloqiy ong, axloqiy hissiyot, axloqiy munosabat, muhabbat, ezgulik, yovuzlik, yaxshilik, yomonlik, adolat, burch, vijdon, baxt, axloqiy me’yorlar, axloqiy tamoyillar.

Ushbu mavzuning savol-masalalarini ko’rib chiqish, ularning mohiyatini anglash, eng avvalo, uning( mavzuning) maqsadini yaxshi tushunib olishni talab etadi. Bu uning uchun talabadan faqat ushbu mavzu bo’yicha ma’ruza tinglash va uning materiallarini o’zlashtirish kifoya qilmaydi. Bu ayni paytda undan ko’rsatilgan zaruriy va qo’shimcha adabiyotlarni mustaqil o’rganish, mutolaa qilishni ham talab etadi.Ushbu mavzu matni, boshqa mavzularnikidek, qayd etilgan tegishli adabiyotlarni ana shu yo’nalishda tuzilgan.
Ushbu mavzuning maqsadi- (O’tgan ma’ruzamizda ko’rib o’tganimizdek) axloqning mohiyati, uning paydo bo’lishi va inson faoliyatining motivi, ijtimoiy munosabatlar tarzida amal qilishi masalasi bo’lib, uning axloqshunoslik fanida qanday tarzda talqin qilinishi haqida muhokama yuritishdir. Shuni ta’kidlash kerakki, axloqning mohiyati falsafaning azaliy muamolaridan bo’lgan inson(odam)ning mohiyati talqini bilan bevosita bog’liq bo’lib, unga diniy va ateistik-dahriylik (materialistik) qarashlar mavjud. Diniy qarashda axloqning mohiyatini inson Xudo tomonidan yaratilgan oliy mavjudot degan umumiy qoidadan kelib chiqqan holda tushuntiriladi.
Dahriylik qarashga ko’ra esa, inson tabiat tadrijiy taraqqiyotning mahsulidir, binobarin, axloqining mohiyatini ham ana shu jarayon tamoyili bo’yicha anglab olish mumkin. Mazkur qarashga sobiq ittifoq davrida mafkuraviy tus beriladiki, bunda barcha tabiiy fan yutuqlaridan uning mutlaq haqiqat tarzidagi ta’limot ekanligini ko’rsatish uchun foydalanildi. Xususan, Ch. Darvinning evolyusion nazariyasi eng asosiy dalil sifatida keltiriladi. Lekin bunda «Xo’sh, borliq organik tabiatning o’zi qanday paydo bo’lgan?” degan hozirgacha ochiq qolib kelayotgan muammodan ko’z yumiladi.
Din Xudo insonni faqat aqlan mukammal qilib yaratganligini, axloqiy kamolatga erishishi esa uning o’zining zimmasiga yuklatilganligini e’tirof etadi. Agar Odam Ato va Momo Havo axloqan mukammal bo’lganlarida edi, Shayton qutqusiga uchib taqiqlangan daraxt mevasini yemagan va buning uchun Arshdan haydab chiqarilmagan bo’lurdi.
Insonlar to hozirgacha ham uni axloqsizlikka boshlagan Shayton qutqusidan qutilaolgan emas, chunki qachonlardir Shayton uning vujudiga kirib olishga muvaffaq bo’lgan.
Diniy talqindagi ushbu fikrni O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov”Odam va shayton” she’rida quyidagicha ifodalaydi;
”Shayton Odam Atoga:
Yo’ldan urdim seni mudom,
Azob berdim joningga,
Men g’alaba qildim oxir
Kirdim endi qoningga!
Koinotga sukut cho’kdi,
Pirpiradi yulduzlar,
Shundan buyon o’tdi qancha
Yillar, kecha-kunduzlar
Ko’rdik qancha shaytonlikni,
Qancha shayton insonni,
Chiqarilmay ovoramiz
Qonimizdan Shaytonni.
(«Jahon adabiyoti» jurnali, mart, 2006,54-bet)
Muxtasar qilib aytganda, dinda axloq insonga Xudo tomonidan in’om etilgan ne’mat deb emas, balki, o’z-o’zini tarbiyalash, kamol toptirish jarayonida shakllanadigan oliy fazilat sifatida talqin qilinadi.Va shunga ko’ra axloq mohiyatining diniy talqini axloqshunoslikning amaliy falsafa tarzidagi maqsad va vazifalarin amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Axloqning uning shaxs faoliyati, ijtimoiy munosabatlar maqomatida amal qilishi masalasining mohiyati ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov mohiyati orqali anglashiladi.

Ixtiyor erkinligi tushunchasi keng ma’noda insonnning o’z dunyoqarashi, e’tiqodiga muvofiq xatti-harakatining maqsadini taziyiqsiz, erkin tarzda belgilashi va unga yo’naltirilgan faoliyatini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, mazkur tushuncha kishining o’z xatti-harakati, faoliyatida axloqiylik(ezgulik, yomonlik) tanlashni ifodalaydi. Ixtiyor erkinligi tufayli kishi har qarashda axloqiy tanlov muammosiga duch keladi.




Axloqiy tanlov – bu shaxsning muayan axloqiy me’yorlar, tamoyillar tizimini e’tiqod darajasida anglashi va shunga muvofiq uni o’z faoliyatining maqsad, motivi tarzida qabul qilishdir. Aniqrog’i, axloqiy tanlov – shaxsning axloqiy talab, qoidalarni tashqi taziyqsiz, ixtiyoriy, ya’ni o’z-o’ziga amr qilishi orqali bajarishdir. Masalan, biror kishining yong’in ichida qolgan yosh bolani qutqarishi uning axloqiy tanlov doirasidagi xatti-harakatidir.
Ixtiyor erkinligi tushunchasi keng ma’noda insonning o’z dunyoqarashi, e’tiqodiga muvofiq hatti-harakatining maqsadini tashqi tazyiqsiz, erkin tarzda belgilashi va unga yo’naltirgan faoliyatini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda mazkur tushuncha kishining o’z hati-harakati, faoliyatida axloqiylik (ezgulik, yaxshilik) va axloqsizlik(yovuzlik, yomonlik)ni tanlashini ifodalaydi. Ixtiyor erkinligi tufayli kishi har qadamda axloqiy tanlov muammosiga duch keladi.
Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov axloqning muayan tuzilma maqomatida shaxs va jamiyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismi sifatida amal qilishini belgilaydi. Shunga ko’ra axloq tuzilmasi-bu axloqning ijtimoiy munosabatlar shaklida amal qilishdir.
Axloq tuzilmasi quyidagi tarkibiy qismdan iborat: axloqiy ong, axloqiy his etish, axloqiy munosabat(faoliyat).
Bunda talaba « Falsafa» fanida o’tilgan « Ang va ruhiyat» mavzuda o’tilgan individual ong, ijtimoiy ong masalalariga ega bo’lmag’i lozim. Chunki axloqiy ong jamiyat va shaxs ma’naviy hayotining tizim tashkil etuvchi tarkibiy qismi hisoblanadi.
Axloqiy ong—ijtimoiy ong shakli bo’lib, kishilarning xulqi odobiga taaluqli talab, me’yor, tamoyillarining mohiyatini anglashi va ular haqidagi qarashi, tasavvurlarining majmuidir.
Axloqiy ongda voqyelik qonun-qoidalar tarzida emas, balki ixtiyor erkinligiga asoslangan ijtimoiy norma, tamoyillar sifatida aks ettiriladi. Shu bois mazkur ong jamiyat ma’naviy hayoti tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Axloqiy ong aqliy bilish bilan bevosita bog’liq bo’lib, uaxloqiy hissiyot orqali amal qiladi.
Axloqiy hissiyot –shaxsning axloqiy talab, me’yorlar doirasida o’z-o’zini his qilishdir. Shunga ko’ra mazkur hissiyot tipi axloqiy ongning ixtiyor erkinligi tarzidagi shakli hisoblanadi. Axloqiy hissiyot shafqat, achinish, hamdardlik, uyalish-hayo, tavba-tazarru holatlarida namoyon bo’ladi. Axloqiy hissiyot axloqiy ong (anglash)ning axloqiy munosabat(faoliyatga) motivi-sababiga aylanishining zaruriy shartidir. Zotan kishi achinish, hamdardlik hissiyotini tuygandagina yaxshilikka qo’l uradi.
Axloqiy munosabat (faoliyat) axloq tuzilmasining amal qilishi, ya’ni axloqiy ong va axloqiy hissiyotning kishi hatti-harakatlari tarzida ro’yobga chiqishi jarayonidir. Kishi axloqiy talab, tamoyillarni yaxshi anglagan, o’zlashtirgan bo’lishi, lekin ularning mazmuni uning faoliyatining motiviga aylanmagan bo’lishi mumkin. Faqat axloqiy hissiyot bilan “to’yingan” munosabatlar doirasidagina axloqiy talab, tamoyillar shaxs xatti-harakatlarida reallashadi. Shunga ko’ra axloqiy munosabatlar kishilar o’rtasidagi o’zaro hamda ularning jamiyatga bo’lgan munosabatida namoyon bo’ladi. Aniqroq qilib aytganda, mazkur munosabat axloqiy tamoyil, me’yorlarning kishi faoliyatining barcha sohalarida amal qilish jarayonidir.
Kishining axloqiylik darajasi uning axloqiy tamoyil, talablarni qay darajada anglashi, o’zlashtirganligi bilan emas, balki ularga kundalik turmushda, kasbiy faoliyatida ichki e’tiqod darajasida amal qilishi bilan belgilanadi.
Axloq tuzilmasi ikkinchi savolni o’rganishda o’z funksiyasini bilish bosqichlarini o’tovchi muayyan mezoniy tushunchalar (kategoriyalar) tizimi orqali amalga oshirishligini yaxshi anglab olmoq lozim.
Ma’lumki, har bir fan o’zining muayan mezoniy tushunchalari (kategoriya)lariga egaki, ular o’rganilayotgan soha mohiyatini bilish usuli, bosqichlari vazifasini o’taydi. Shuningdek axloqshunoslik fanining predmeti ham muayyan mezoniy tushunchalar mazmuni orqali tadqiq qilinadi.
Axloqshunoslik fani mezoniy tushunchalari o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, bu mazkur fanning predmeti bilan belgilanadi. Chunki fan tushunchalarida tadqiq qilinayotgan sohaning eng muhim jihatlari aks etadi. Shunga ko’ra axloqshunoslik mezoniy tushunchalarning quyidagi ikki xususiyatini ajratib ko’rsatish mumkin:
1) bahoviy qadriyatlilik tabiatiga egaligi; 2) ular mazmunining hissiy bilish shakllari orqali anglashilishi.
Axloqshunoslikning mezoniy tushunchalari nisbiy, qutbli xarakterga ega bo’lib, ularning birining mazmuni ikkinchi orqali anglashiladi. Bular: Muhabbat-nafrat, ezgulik-yovuzlik, yaxshilik-yomonlik, adolat -adolatsizlik, burch, nomus- benomus, vijdon-vijdonsizlik, baxt- bebaxtlik. Shunga ko’ra mazkur tushunchalar axloqning mohiyatini ochib berib qolmasdan, ayni paytda shaxs va jamiyat ma’naviy hayot uchun ham mezon vazifasini o’taydi.

Download 4.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling