1-Mavzu: Biologiya fan sifatida


Energetik almashinuv – dissimilatsiya


Download 1.03 Mb.
bet16/39
Sana11.11.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1765733
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
Bog'liq
Ma\'ruza matni biologiya

Energetik almashinuv – dissimilatsiya. ATF barcha hujayralarning
universal energiya zaxirasi bo‘lib hisoblanadi. ATF hujayrada fosforlanish
reaksiyasi natijasida hosil bo‘ladi. ATFning sintezi uchun kerak bo‘ladigan energiya hujayrada organik moddalarning parchalanishidan hosil bo‘ladi. Bu energiya ATFning kimyoviy bog‘larida saqlanadi.
Energetik almashinuv bosqichlari. Hujayrada kechadigan energetik al-
mashinuv jarayoni hujayraning nafas olishi deb ham ataladi. Nafas olish
jarayonida kisloroddan foydalanadigan organizmlar aerob organizmlar, nafas
olish jarayoni kislorodsiz muhitda kechadigan organizmlar anaerob orga-
nizmlar deyiladi. Aerob organizmlarda energetik almashinuv 3 bosqichda
o‘tadi:
1. Tayyorgarlik bosqichi.
2. Kislorodsiz bosqich – glikoliz.
3. Kislorodli bosqich – hujayraning nafas olishi.


1. Tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqich tirik organizmlarning ovqat hazm
qilish organlarida va hujayra lizosomasi fermentlari ishtirokida o‘tadi. Bu
bosqichda ovqat hazm qilish organlarida ishlab chiqiladigan fermentlar ta’sirida
yuqori molekulali organik birikmalar kichik molekulalarga, ya’ni oqsillar
aminokislotalarga, lipidlar glitserin va yog‘ kislotalariga, polisaxaridlar esa
monosaxaridlarga parchalanadi.
Tayyorgarlik bosqichida hosil bo‘lgan energiya issiqlik sifatida to‘-
liq tarqalib ketadi. Bu bosqichda hosil bo‘lgan moddalarning bir qismi hu-
jayraning hayotiy jarayonlari uchun zarur bo‘ladigan organik moddalarining
sintezlanishiga sarfl anadi, bir qismi esa parchalanadi.
2. Kislorodsiz bosqich. Kislorodsiz bosqich (glikoliz)da tayyorgarlik
bosqichida hosil bo‘lgan kichik molekulali organik moddalar, masalan glukoza
kislorod ishtirokisiz fermentlar ta’sirida parchalanadi. Glikoliz – glukozaning
ko‘p bosqichli kislorodsiz parchalanishidir. Glikoliz natijasida bir molekula
glukozadan 2 molekula sut kislotasi 2 molekula ATF hosil bo‘ladi,
hamda 2 molekula suv ajralib chiqadi. Bir molekula glukozaning kislorodsiz
parchalanishi natijasida jami 200 kJ energiya ajraladi. Bu energiyaning 40% I ATFning fosfat bog‘lariga to‘planadi. Qolgan 60% energiya esa issiqlik sifatida tarqalib ketadi.

Anaerob parchalanish jarayoni o‘simlik, hayvon, zamburug‘, bakteriya


hujayralarida sodir bo‘ladi. Odam kuchli jismoniy mehnat qilishi natijasida
muskul to‘qimalarida kislorod yetishmay qoladi va glukozadan ko‘p miqdorda
sut kislotasi hosil bo‘ladi. Natijada muskullarda charchash holatlari yuz beradi.
3. Kislorodli parchalanish. Aerob organizmlarda glikolizdan so‘ng
energetik almashinuvning oxirgi bosqichi – kislorodli parchalanish sodir
bo‘ladi. Bunda glikoliz jarayonida hosil bo‘lgan moddalar metabolizmning
oxirgi mahsulotlari (CO2va H2O)gacha parchalanadi. Bunda 2 molekula sut
kislotadan 36 molekula ATF, 42 molekula H2O va 6 molekula CO2 hosil bo‘ladi.
Kislorodli bosqichda 2 molekula sut kislotasining to‘liq parchalanishi
natijasida 2600 kJ energiya ajralib chiqadi. Shundan 1440 kJ energiya
ATFning fosfat bog‘lariga bog‘lanadi. Qolgan 1160 kJ energiya issiqlik sifatida
tarqalib ketadi. Hujayradagi energetik almashinuv reaksiyalarining yig‘indisi
quyidagicha:



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling