1-Mavzu: Biologiya fan sifatida
-Mavzu Nuklein kislotalar tuzilishi va funksiyasi
Download 1.03 Mb.
|
Ma\'ruza matni biologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nuklein kislota spirali ikkilamchi tuzilishning hosil bo‘lishi
- DNK — molekulasida H — bog’larining hosil bo’lishi (komplementarlik shartining bajarilishi).
5-Mavzu Nuklein kislotalar tuzilishi va funksiyasi.
Reja 1 Nuklein kislotalar tuzilishi DNK — molekulasining tuzilishi. DNK molekulasi monomeri dezoksiribonukleotidlar (yoki dezoksiribotidlar) bo‘lib, ular: D — dezoksiriboza (pentoza)ning 1—C atomidagi glikozid gidroksil gruppasi (purin yoki pirimidinli) azotli asos qoldig’i (shartli N holida belgilangan) ga almashinuvi, C3 va C5 — atomidagi gidroksilning fosfat kislota qoldig‘i (HO)2P(O)O shartli — P bilan efirlanishidan hosil bo’lgan. Masalan: nukleotidlar ichida adenozin nukleotidi (adenin+riboza)ning bir (AMF), ikki (ADF) va uch (ATF) fosfatli turi mavjud. Adenozin fosfatlar tirik organizmlaming energiya zaxirasi energiya manbaidir. Bu dezoksiribonukleotidlar o‘zaro polikondensanlanib, yuqoridagi DNK molekulasini hosil qiladi. Nukleotid gruppalarining o’zaro ketma-ket birikib hosil qilgan uzun (makromolekulyar) zanjiri nuklein kislotalaming birlamchi tuzilishi deyiladi. Birlamchi tuzilishni tashkil etgan nukleotidlar ketma-ketligi va ularning nisbatlari har bir organizm uchun o‘ziga xos bo‘lib, DNK molekula sining biologik va kimyoviy xossalari jihatidan bar xir bo‘lishini ta’minlaydi. Birlamchi tuzilishlar bitta nuklein kislota makromolekulasi yanada barqaror tuzilishga ega bo’lish uchun ikkinchi nuklein kislotaning o’ziga o’xshash uzun zanjiri bilan o’ralib spiralsimon ikkilamchi tuzilishni hosil qiladi. Bunday tuzilish ikkala nuklein kislotadagi azotli asos qoldiqlarining o‘zaro vodorod va gidrofob bog’lar hosil qilishi tufayli yuzaga keladi. Bunda I zanjirdagi purin asosidagi azotli asos qoldig’i II zanjirdagi pirimidin azotli asos qoldig’i bilan batartib joylashgan vodorod bog’lanishli “ko‘priklar” hosil qilib, juda “mustahkam tuzihna”ga aylanadi (1-rasm). Nuklein kislota spirali ikkilamchi tuzilishning hosil bo‘lishi Vodorod bog‘lari hosil bo’lishida birinchi zanjirdagi azotli asos qoldig’i ikkinchi zanjirdagi azotli asos qoldig‘iga tuzilishi va vodorod bog‘i hosil qiluvchi atomlari soni jihatidan mos kelishi azotli asos qoldiqlafining komplementarligi deyiladi.DNK molekulasi spirali hosil bo’lishida quyidagi komplementarlik sharti bajariladi: adenin (A)—timin (T); guanin (G) — sitozin (C) va aksincha, timin (T) — adenin (A); sitozin (C)—guanin (G) (2-rasm). DNK — molekulasida H — bog’larining hosil bo’lishi (komplementarlik shartining bajarilishi). Bu komplementarlik natijasila “adenin-timin” va “timin- adenin” o’rtasida 2 ta, “guanin-sitozin” va “sitozin-guanin” o’rtasida 3 ta vodorod bog‘i hosil bo’ladi . Har bir azotli asoslar juftliklari hosil qilgan vodorod bog’lari telcisliklari o’zaro 3,4 A masofada joylashib, spiralning bir o’rami uzunligi 10 ta nukleotid juftligidan iborat bo’lib, 34 A ni tashkil etadi. Spiralning radiusi 10 A ga teng. Agar vodorod bog’lari uzilib, spiralni tashkil etgan zanjirlar ikkiga ajratilsa, shu paytda har bir ajralgan asosli qoldiqlarga mos keluvchi ikkita nukleotid hosil bo’lib, uzilgan joyni to’ldiradi va nuklein kislotaning bitta spiralidan ikkita spiral hosil bo’ladi. Bu hodisaga nuklein kislotalarning replikatsiyasi deyiladi. Bu jarayonlar asosah tirik organizmlaming hujayralari (xromosomasi) da ro’y beradi va ulaming ko’payishiga olib keladi. DNK—molekulalarining tirik organizmdagi asosiy vazifasi oqsil sintezi jarayonida oqsil tarkibini boshqarish va irsiy belgilaming uzatilishini ta’minlashd Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling