1-Mavzu: Biologiya fan sifatida
-Mavzu Sitoplazma .Hujayraning membranasiz va membranali organoidlari
Download 1.03 Mb.
|
Ma\'ruza matni biologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sitoplazma strukturasi
7-Mavzu Sitoplazma .Hujayraning membranasiz va membranali organoidlari.Labaratoriyamashg’uloti. Plazmatik membrane o’tkazuvchanligiga haroratning ta’sirini o’rganish.
Reja 1 Sitoplazma haqida tushuncha 2 Sitoplazma strukturasi Sitoplazma endigina dunyoga kelgan va o`sayotgan hujayrani to'liq egallab olgan bo`ladi. U rangsiz, yarim quyuq, yarim suyuq shilimshiq donachasimon tuzilgan. Hujayra oʻsa borgan sari sitoplazma uning devori boʻylab joylashadi yoki toʻr shaklini egallab, uning iplari orasida juda koʻp sonli hujayra shirasi biian tomib turgan vakuolalarni hosil qiladi. Hujayra shirasi - hujayraning hayot faoliyati mahsuli bo`lib, turli moddalarning suvdagi eritmasi hisoblanadi. Hujayra oʻsa borgan sari koʻp sonli vakuolalar ham birlashib, bir butun markaziy vakuolani hosil qiladi. Bunday holda sitoplazma hujayra devori boʻylab joylashadi. Sitoplazmaning hujayra devori bilan chegaralanadigan qatlami bir qadar quyuqlashgan bo`lib, mustahkam qismi plazmolemma deb ataladi. Sitoplazma vakuoladan o'zining ichki qatlami biian chegaralanib, bu qatlam tonoplast deb ataladi. Plazmolemma va tonoplast sitoplazmaga turli-tuman moddalar oʻtishida muhim rol o'ynaydi. Tonoplast bilan plazmolemma oralig'ida joylashgan sitoplazmaning asosiy massasi mezoplazma deb ataladi. Aniqrog`i, mezoplazma, gialoplazma va endoplazmatik to'rdan iborat. Gialoplazma sitoplazmaning shaklsiz asosi bo`lib, differensialalashgan endaplazmatik to`rni o`rab turadi. Unda hujayraning barcha tirik organoidlari joylashgan. Kimyoviy tarkibiga ko'ra, sitoplazma oqsil, yog` va lipidiardan tashkil topgan bo`lib, uning kimyoviy tarkibi doimiy ravishda unda ro`y beradigan almashinish reaksiyalari natijasida o`zgarib turadi. Hujayraning hayot faoliyati davomida sitoplazmada turli-tuman moddalar to'planadi. Sitoplazma tarkibining asosiy qismini (85-90% gacha) suv tashkil etadi. Sitoplazma tarkibining asosiy qismini tashkil etuvchi oqsil sitoplazmada zaxira holda to'planadigan oqsildan farqli ravishda konstitutsion oqsil deb ataladi. Oqsil va lipidlar odatda, sitoplazmaning zaxira moddalari hisoblanib, energiya manbayi siiatida foydalaniladi. Oqsil va lipidlar sitoplazmaning lipoprotein kompiekslarini hosil qiladi. Sitoplazma tarkibidagi muhim moddalardan у ana biri - ribonuklein kislotasi (RNK)dir. U hujayrada sodir bo`ladigan har qanday almashinish reaksiyalarida faol ishtirok etadi. RNK tarkibiga azot asoslari (admin, guanin voki sitozin)dan riboza, urosil singari shakarlar ham kiradi. RNK hujayrada oqsil sintez bo'lish jarayoni va sitoplazma biian yadro o`rtasida boradigan o'zaro aloqa jarayoni muhim rol o`ynaydi. Bu holatning o'zgarishi yoki buzilishi tabiatning o'zgarishi (masalan, haddan tashqari yuqori voki past harorat, kuchli elektr toki, zaharli moddalar ta’siri) natijasida sodir bo`ladi. Bunday holda sitoplazma kolloidlari коogulatsiуalanadi, konstitusion oqsil va lipoproteidlar cho'kmaga tushadi hamda sitoplazma halok bo'ladi. Uning kolloid holati qayta tiklanmaydi, natijada o`simlik halok bo`ladi. Sitoplazmaning harakatida suv o`tlarining (xlamidomonoda, volvoks), shilimshiqsimonlar (miksornisetlar) va koʻp hujayrali yuksak o'simliklaming hujayrasi ham kuzatiladi. Вunday harakatning asosiy sababi, sitoplazmada almashinish reaksiyalarining doimiy ravishda sodir bo`lib turishida turlicha bo'ladi. Odatda, sitoplazma harakati ikki xil ko'rinishda narnoyon bo`ladi. Sitoplazma strukturasi Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling