1-Mavzu: Biologiya fan sifatida


Download 1.03 Mb.
bet21/39
Sana11.11.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1765733
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
Bog'liq
Ma\'ruza matni biologiya

14-Mavzu Jins genetikasi. Amaliy mashg’ulot.Kodominantlik va pleyetropiyaga doir masalalar yechish
Reja
1 Jins genetikasi.
Jins irsiy axborotning avlodlarga berilishi va nasl qoldirishni ta’minlaydigan
hamda erkak va urg‘ochi organizmlarni farqlash imkonini beradigan belgi
va tuzilmalar majmuyidir. Tirik organizmlarda ikki xil jins: urg‘ochi va
erkak jins farq qilinadi. Organik olam evolutsiyasining ma’lum bosqichida
yer yuzida ayrim jinsli organizmlar paydo bo‘lgan. Hayvonlarda jinsning
belgilari morfologik, fi ziologik, biokimyoviy xususiyatlari, murakkab xatti-
harakatlari orqali namoyon boʻladi. Jinsiy belgilar birlamchi va ikkilamchi
boʻladi. Birlamchi jinsiy belgilarni jinsiy organlar sistemasi ifoda etadi, ular
gametalar hosil boʻlishi va urugʻlanishni taʼminlaydi. Ikkilamchi jinsiy belgilar
gormonlar taʼsirida voyaga yetgan davrda rivojlanadi va hayot davomida
saqlanadi. Masalan, qushlar va sutemizuvchi hayvonlarning erkagi gavdasining
yirikligi, chiroyli bo‘lishi, odamlarda esa erkaklarda soqol-mo‘ylovning
bo‘lishi, ovozning yo‘g‘on bo‘lishi. Erkak va urg‘ochi organizmlarning
tash qi ko‘rinishidagi farq jinsiy dimorfi zm deyiladi. Jinsiy dimorfi zm
ko‘p gi na hayvonlarda, odamda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Odam, hayvon va
о‘simliklarda jinslarning nisbati bir xil 1:1 bо‘ladi. Jins ko‘pincha urug‘lanish
jarayonida ma’lum bo‘ladi. Jinsni aniqlashda kariotip asosiy rol o‘ynaydi. Har
bir organizmning kariotipi har ikkala jinsda bir xil bo‘lgan xromosomalar –
autosomalar, erkak va urg‘ochi jinslarni bir-biridan farq qilishini ta’minlaydigan
xromosomalar – jinsiy xromosomalardan iborat. Masalan, drozofi la pashsha-
sining kariotipi 6 ta autosoma va ikkita jinsiy xromasomadan iborat.
Kariotipi bir xil jinsiy xromosomalarga ega, bir xil gametalar hosil qiladigan
jins gomogametali jins deyiladi. Kariotipi har xil jinsiy xromosomalarga ega,
har xil gametalar hosil qiladigan jins geterogametali jins deyiladi. Odam,
sutemizuvchilar, ayrim hasharotlarning urg‘ochilari gomogametali, erkaklari
geterogametali bo‘ladi. Qushlar, sudralib yuruvchilar va ayrim hasharotlarda
esa aksincha, erkaklari gomogametali, urg‘ochisi geterogametali bo‘ladi.Meyoz jarayonida geterogametali individlar bir xil miqdorda X va Y
xromosomali gametalar hosil qiladi. Shu sababli, jinsiy ko‘payishdan keyin
hosil bo‘lgan erkak va urg‘ochi individlar soni teng bo‘ladi. Masalan, erkaklari
geterogametali bo‘lgan organizmlar (drozofi la)da jinsning irsiylanishi
48-rasmda berilgan.
Ba’zi organizmlarda geterogametalilik
bir jinsiy xromosomani yo‘qolishi bilan
aloqador. Shunga ko‘ra gomogametali
organizm XX, geterogametali organizm
XO bo‘ladi. Qandalalar va ninachilarning
urg‘ochi organizmda XX, erkagida XO,
kuyakapalagida esa aksincha urg‘ochilarida
XO, erkaklarida XX jinsiy xromosomalar
mavjud. Shunga ko‘ra qandala erkagida 48-rasm. Drozofi la meva pashshasi da
jinsning irsiylanishi.
13 ta xro mosoma, urg‘ochisida 14 ta xro-
mo soma bo‘ladi. Undan 12 tasi autosoma
xromo soma lari hisoblanadi.Erkaklari gomogametali bo‘lgan orga-
nizmlar (qushlar)da jinsning irsiyla nishi
49-rasmda berilgan.
Jinsni aniqlashni progam, epigam,
singam tiplari mavjud. Jinsni aniq lash-
ning progam tipida jins urug‘lan guncha
ma’lum bo‘ladi. Masalan, ko lovratkalarda
sitoplazmaga boy tuxum hujayradan urg‘o-
chi, sitop lazmasi kam tuxum hujayradan
erkak organizm rivoj lanadi.
Jinsni aniqlashning epigam tipida jins
tashqi muhitga bog‘liq bo‘ladi. Masalan,
ayrim halqali chuvalchanglarning ota-
langan tuxum hujayrasi mustaqil hayot
Qushlarda jinsning
kechirsa urg‘ochi, parazitlik qilib hayot
irsiylanishi.
kechirsa erkak organizm rivojlanadi. Jinsni
aniqlashning singam tipi keng tarqalgan
bo‘lib, jins urug‘lanish vaqtida ma’lum bo‘ladi.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling