1-Mavzu: Biologiya fan sifatida


Download 1.03 Mb.
bet19/39
Sana11.11.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1765733
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39
Bog'liq
Ma\'ruza matni biologiya

12 Organizmlarning jinsiy ko’payishi. Jinssiz va jinsiynaslgallanishi .Amaliy mashg’ulot. O’simliklar hayot siklida jinssiz va jinsiy bo’g’ingallanishini modellashtirish
Reja

1 Jinsiy koʻpayish 
2 Jinssiz koʻpayish 
Jinsiy koʻpayish - urgʻochi va erkak jinsiy hujayralar — gametalarning qoʻshilishidan hosil boʻladigan zigotadan yangi organizmning rivojlanishi, organizmlar koʻpayishining har xil shakllari. Jinsiy koʻpayishda genetik jihatdan har xil gametalarning urugʻlanish jarayonida qoʻshilishi tufayli bir-biriga oʻxshamaydigan organizmlar paydo boʻladi, yaʼni urugʻning oʻzgaruvchanligi ortadi. Evolyusiya jarayonida Jinsiy koʻpayishning kelib chiqishi gametalarning differensiatsiyasi va organizmlarda jinsiy belgilarning rivojlanishi bilan bogʻliq. J. k. barcha eukariotlar uchun xos boʻlsada, biroq hayvonlar va yuksak oʻsimliklarda koʻp uchraydi. Infuzoriyalar va ayrim bakteriyalar uchun xos boʻlgan konʼyugatsiya jarayoni ham irsiy material almashinuvidan iborat boʻlgani tufayli genetik jihatdan Jinsiy koʻpayishga yaqin turadi. Jinsiy koʻpayishning partenogenez shakli evolyusion jihatdan keyinroq paydo boʻlgan. Hayvonlar orasida ayrim jinsli turlari bilan bir qatorda germafroditlar ham koʻp uchraydi. Gametalarning shakli, katta-kichikligi va harakatchanligiga binoan Jinsiy koʻpayishning izogamiya, oogamiya, geterogamiya shakllari boʻladi.[
Jinssiz koʻpayish - organizmlarning jinsiy jarayon sodir boʻlmaydigan, jinsiy hujayralar ishtirok etmaydigan koʻpayish usuli. Jinssiz koʻpayish ayniqsa bir hujayrali organizmlar orasida koʻp uchraydi, ammo koʻpchilik koʻp hujayralilar: zamburugʻlar, oʻsimliklar va hayvonlar ham jinsiy koʻpayish xususiyatiga ega. Jinssiz koʻpayish faqat toʻgarak chuvalchanglar va mollyuskalarda uchramaydi, boʻgʻimoyoqlilar va umurtqalilarda istisno tariqasida (poliembrioniya shaklida) uchraydi. Jinssiz koʻpayish ona organizmdan uning bir qismini ajralib chiqqan, yangi qiz organizmga aylanishi, shuningdek, koʻpayish vazifasini bajaradigan maxsus tuzilmalar (bir hujayralilarda — sporalar, gʻovaktanlilarda — gemmulalar, mshankalarda — statoblastlar) hosil qilib, keyinchalik yangi qizlik organizmini hosil qilish orqali sodir boʻlishi mumkin. Nemis biologi M. Gartman (1924) va ayrim biologlar Jinssiz koʻpayish agam sitogoniya, yaʼni jinssiz hujayralarning teng ikkiga va koʻp marta (shizogoniya) boʻlinishi (bir hujayralilarda) va ayrim qujayralar sporalarning boʻlinishi (koʻp hujayrali oʻsimliklarda) tarzida sodir boʻlishini koʻrsatishadi. Ona organizmdan uning bir kiyem hujayralari ajralishi orqali koʻpayish vegetativ koʻpayish deyiladi. Odatda, birturning oʻzida Jinssiz koʻpayish bilan birga jinsiy koʻpayish ham boʻladi. Shuning bilan birga bitta tur bir necha xil usulda Jinssiz koʻpayish mumkin. Masalan, oʻsimliklar spora hosil qilish, novdasi, ildizmevasi, tuganagi orqali; gʻovaktanlilar tashqi va ichki kurtaklar (gemmulalar, statoblastlar) orqali koʻpayadi. Jinssiz koʻpayish jinsiy koʻpayish bilan gallanib turishi mumkin (qarang Nasl gallanishi)

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling