1-Mavzu: Biologiya fan sifatida
Energetik almashinuv – dissimilatsiya
Download 1.03 Mb.
|
Ma\'ruza matni biologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Energetik almashinuv bosqichlari
- 1. Tayyorgarlik bosqichi.
- 2. Kislorodsiz bosqich
Energetik almashinuv – dissimilatsiya. ATF barcha hujayralarning
universal energiya zaxirasi bo‘lib hisoblanadi. ATF hujayrada fosforlanish reaksiyasi natijasida hosil bo‘ladi. ATFning sintezi uchun kerak bo‘ladigan energiya hujayrada organik moddalarning parchalanishidan hosil bo‘ladi. Bu energiya ATFning kimyoviy bog‘larida saqlanadi. Energetik almashinuv bosqichlari. Hujayrada kechadigan energetik al- mashinuv jarayoni hujayraning nafas olishi deb ham ataladi. Nafas olish jarayonida kisloroddan foydalanadigan organizmlar aerob organizmlar, nafas olish jarayoni kislorodsiz muhitda kechadigan organizmlar anaerob orga- nizmlar deyiladi. Aerob organizmlarda energetik almashinuv 3 bosqichda o‘tadi: 1. Tayyorgarlik bosqichi. 2. Kislorodsiz bosqich – glikoliz. 3. Kislorodli bosqich – hujayraning nafas olishi. 1. Tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqich tirik organizmlarning ovqat hazm qilish organlarida va hujayra lizosomasi fermentlari ishtirokida o‘tadi. Bu bosqichda ovqat hazm qilish organlarida ishlab chiqiladigan fermentlar ta’sirida yuqori molekulali organik birikmalar kichik molekulalarga, ya’ni oqsillar aminokislotalarga, lipidlar glitserin va yog‘ kislotalariga, polisaxaridlar esa monosaxaridlarga parchalanadi. Tayyorgarlik bosqichida hosil bo‘lgan energiya issiqlik sifatida to‘- liq tarqalib ketadi. Bu bosqichda hosil bo‘lgan moddalarning bir qismi hu- jayraning hayotiy jarayonlari uchun zarur bo‘ladigan organik moddalarining sintezlanishiga sarfl anadi, bir qismi esa parchalanadi. 2. Kislorodsiz bosqich. Kislorodsiz bosqich (glikoliz)da tayyorgarlik bosqichida hosil bo‘lgan kichik molekulali organik moddalar, masalan glukoza kislorod ishtirokisiz fermentlar ta’sirida parchalanadi. Glikoliz – glukozaning ko‘p bosqichli kislorodsiz parchalanishidir. Glikoliz natijasida bir molekula glukozadan 2 molekula sut kislotasi 2 molekula ATF hosil bo‘ladi, hamda 2 molekula suv ajralib chiqadi. Bir molekula glukozaning kislorodsiz parchalanishi natijasida jami 200 kJ energiya ajraladi. Bu energiyaning 40% I ATFning fosfat bog‘lariga to‘planadi. Qolgan 60% energiya esa issiqlik sifatida tarqalib ketadi. Anaerob parchalanish jarayoni o‘simlik, hayvon, zamburug‘, bakteriya hujayralarida sodir bo‘ladi. Odam kuchli jismoniy mehnat qilishi natijasida muskul to‘qimalarida kislorod yetishmay qoladi va glukozadan ko‘p miqdorda sut kislotasi hosil bo‘ladi. Natijada muskullarda charchash holatlari yuz beradi. 3. Kislorodli parchalanish. Aerob organizmlarda glikolizdan so‘ng energetik almashinuvning oxirgi bosqichi – kislorodli parchalanish sodir bo‘ladi. Bunda glikoliz jarayonida hosil bo‘lgan moddalar metabolizmning oxirgi mahsulotlari (CO2va H2O)gacha parchalanadi. Bunda 2 molekula sut kislotadan 36 molekula ATF, 42 molekula H2O va 6 molekula CO2 hosil bo‘ladi. Kislorodli bosqichda 2 molekula sut kislotasining to‘liq parchalanishi natijasida 2600 kJ energiya ajralib chiqadi. Shundan 1440 kJ energiya ATFning fosfat bog‘lariga bog‘lanadi. Qolgan 1160 kJ energiya issiqlik sifatida tarqalib ketadi. Hujayradagi energetik almashinuv reaksiyalarining yig‘indisi quyidagicha: Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling