1-Mavzu: Biologiya fan sifatida


Hujayra tanasining boʻlinishi


Download 1.03 Mb.
bet18/39
Sana11.11.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1765733
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
Bog'liq
Ma\'ruza matni biologiya

Hujayra tanasining boʻlinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Eukariot hujayra tanasining boʻlinishi (sitokinez) natijasida yangi va eski hujayralar oʻrtasida sitoplazma va organoidlar boʻlinishi roʻy beradi.


11- Organizmlarning jinssiz ko’payishi. Gametogenez.
Reja
1 Jinssiz koʻpayish 
2 Koʻpayish
Jinssiz koʻpayish - organizmlarning jinsiy jarayon sodir boʻlmaydigan, jinsiy hujayralar ishtirok etmaydigan koʻpayish usuli. Jinssiz koʻpayish ayniqsa bir hujayrali organizmlar orasida koʻp uchraydi, ammo koʻpchilik koʻp hujayralilar: zamburugʻlar, oʻsimliklar va hayvonlar ham jinsiy koʻpayish xususiyatiga ega. Jinssiz koʻpayish faqat toʻgarak chuvalchanglar va mollyuskalarda uchramaydi, boʻgʻimoyoqlilar va umurtqalilarda istisno tariqasida (poliembrioniya shaklida) uchraydi. Jinssiz koʻpayish ona organizmdan uning bir qismini ajralib chiqqan, yangi qiz organizmga aylanishi, shuningdek, koʻpayish vazifasini bajaradigan maxsus tuzilmalar (bir hujayralilarda — sporalar, gʻovaktanlilarda — gemmulalar, mshankalarda — statoblastlar) hosil qilib, keyinchalik yangi qizlik organizmini hosil qilish orqali sodir boʻlishi mumkin. Nemis biologi M. Gartman (1924) va ayrim biologlar Jinssiz koʻpayish agam sitogoniya, yaʼni jinssiz hujayralarning teng ikkiga va koʻp marta (shizogoniya) boʻlinishi (bir hujayralilarda) va ayrim qujayralar sporalarning boʻlinishi (koʻp hujayrali oʻsimliklarda) tarzida sodir boʻlishini koʻrsatishadi. Ona organizmdan uning bir kiyem hujayralari ajralishi orqali koʻpayish vegetativ koʻpayish deyiladi. Odatda, birturning oʻzida Jinssiz koʻpayish bilan birga jinsiy koʻpayish ham boʻladi. Shuning bilan birga bitta tur bir necha xil usulda Jinssiz koʻpayish mumkin. Masalan, oʻsimliklar spora hosil qilish, novdasi, ildizmevasi, tuganagi orqali; gʻovaktanlilar tashqi va ichki kurtaklar (gemmulalar, statoblastlar) orqali koʻpayadi. Jinssiz koʻpayish jinsiy koʻpayish bilan gallanib turishi mumkin (qarang Nasl gallanishi).[
Koʻpayish (biologiyada) — barcha mavjudotlarning oʻziga oʻxshash organizmlar hosil qilish orqali oʻz hayoti uzluksizligi va uzviyligini taʼminlash xususiyati. Koʻpayish jinssiz va jinsiy boʻladi. Jinssiz Koʻpayish 2-marta yoki koʻp marta boʻlinish, yaʼni shizogoniya (bir hujayralilarda); spora hosil qilish (tuban va sporali oʻsimliklarda); vegetativ koʻpayish (organlar bir qismining aj-ralib chiqib, yangi organizm hosil qilishi) va kurtaqlanish (koʻp hujayralilarda) orqali sodir boʻlishi mumkin. Boʻlinish va spora hosil qilib Koʻpayishda organizm jinsiy jihatdan ixtisoslashmagan bitta xujayradan rivojlanadi. Vegetativ Koʻpayishda esa yangi organizm ova organizmning bir qismidan hosil boʻladi.
Jinsiy Koʻpayish 2 xil jinsiy hujayraning koʻpayishi, yaʼni urugʻlanish yoki partenogenez (tuxum hujayraning urugʻlanmasdan rivojlanishi) orqali roʻy beradi. Koʻpchilik hayvonlarning hayot siklida Koʻpayishning turli shakllari, mas, jinssiz va jinsiy, urugʻlanish va partenogenez, urugʻlanish va vegetativ koʻpayish qonuniy almashinib turadi. Oʻsimliklarning Koʻpayishi ham jinssiz (sporofit) va jinsiy (gametofit) naslning gʻallanib turishi orqali boradi. Koʻpayish muddati va tezligi harorat, kun uzunligi, oziq miqdori va tashqi muhitning b. omillari bilan bogʻliq. Yuksak hayvonlarda Koʻpayish organlari faoliyati nerv sistemasi va ichki sekretsiya bezlari tomonidan boshqarib turiladi.[1


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling